«Yerda sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir
qush xuddi sizlar kabi (Bizning qo‘l ostimizdagi) jamoalardir» (An’om, 38), oyati
tafsirida quyidagilar aytilgan: «Qiyomat kunida insonlar to‘planib turgan vaqtda jami
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
106
hayvonlarni olib kelib, ular orasida hukm qilinadi. Hattoki shoxli qo‘chqordan shoxsiz
qo‘chqorning o‘chi olib beriladi, hattoki mayda chumolidan boshqa bir chumolining
qasosi olib beriladi. So‘ng ularga: «Tuproqqa aylaninglar!» deyiladi. Ana shunda kofir:
«Qaniydi, men ham tuproqqa aylansam», deydi».
Bu tafsir hayvonlarning o‘zaro, shuningdek, hayvonlar bilan insonlar orasida hukm
qilinishi dalildir. Binobarin, inson bironta hayvonni nohaq ursa yoki tashna-och qoldirsa
va yo toqatidan tashqari narsani yuklasa, o‘sha hayvon qiyomat kunida undan qasos
oladi.
Imom Buxoriy va Imom Muslimlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi
sharif yuqoridagi fikrimizga dalil bo‘ladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Bir ayol mushuk sababli azobga giriftor bo‘ldi. Uni qamab qo‘ygan edi, o‘lib qoldi va u
sababli do‘zaxga kirdi. Uni qamaganiga yarasha yedirib ichirmadi. Uni qo‘yib yubormadi
hamki, yerdagi hashorotlardan terib yerdi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir kishi sigir yetaklab ketayotgan edi.
Bir vaqt uning ustiga minib oldi-da, urdi. Shunda sigir: «Biz bu ish uchun emas, yer
haydash uchun yaratilmaganmiz», dedi» (Muttafaqun alayh).
Abu Sulaymon Doroniy aytadilar: «Bir marta eshakka minib, ikki-uch marotaba urdim.
Shunda eshak boshini ko‘tarib menga qaradi-da: «Ey Abu Sulaymon, bu ish uchun
qiyomat kuni qasos olinadi. Xohlasang ko‘p ur, xohlasang kam», dedi. Shundan keyin
biron narsani urmayman, dedim».
Ibn Umar roziyallohu anhumo Quraysh yoshlari yonidan o‘tdilar. Ular bir qushni osib
qo‘yib, uni mo‘ljalga olishayotgan, qushning egasiga xato ketgan har bir o‘qni berishga
kelishishgan edi. Ibn Umarni ko‘rishgach, tarqalib ketishdi. U zot: «Bu ishni kim qildi? Bu
ishni qilgan kimsani Alloh la’natlasin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham jonli
narsani nishonga olgan kimsani la’natlaganlar», dedilar (Muttafaqun alayh).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chorva hayvonlarini o‘ldirish uchun saqlab turishdan
qaytarganlar (Muttafaqun alayh).
Ilon, chayon, sichqon va quturgan it kabi shariatda o‘ldirishga izn berilgan jonivorlarni
o‘ldirayotganda ham, qiynamasdan bir daf’ada o‘ldirish lozim. Chunki Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Agar biron narsani o‘ldirsanglar, unga yaxshilik qilinglar.
Agar biron jonliqni so‘ysanglar, unga ham yaxshilik qilinglar. So‘yadiganingiz pichog‘ini
o‘tkirlab olsin va qurbonligini rohatlantirsin», deganlar (Muslim va boshqalar rivoyati).
Shuningdek, jonivorni yoqib o‘ldirish ham mumkin emas. Zero, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Men sizlarga falonchi va falonchini yoqib yuborishni buyurgan edim.
Vaholanki, olov bilan faqat Alloh azoblaydi. Shuning uchun ularni topsangizlar,
o‘ldiringlar», deganlar (Buxoriy rivoyati).
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan
safarda edik. Bir vaqt kichkina qush ko‘rib qoldik. Uning ikkita jo‘jasi bor edi. Jo‘jalarini
olib qo‘ygan edik, tepamizda gir aylanib ucha boshladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam keldilar-da, aytdilar: «Kim buni bolasi sababli bezovta qildi? Bolasini unga
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Dostları ilə paylaş: |