Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

Yo‘lovchi musofir – musofir to ko‘zlagan manziliga yetib olgunicha, unga taom va 
boshpana berish vojib. 
Qo‘llaringizdagi qullaringiz – qul (cho‘ri)larning rizqini yaxshilab, xatolarini afv etish 
lozim. 
 
Zero, Alloh O‘zining ko‘rsatmalariga amal qilishdan bo‘yin tovlaydigan mutakabbir va U 
bergan ne’matlar sababli boshqa bandalardan o‘zini ustun qo‘yuvchi maqtanchoq 
kimsalarni suymas. 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dunyodan ketish oldidan, so‘nggi kasallik 
chog‘larida namoz va qul-cho‘rilarga yaxshi munosabatda bo‘lish haqida vasiyat qilib: 
«Namoz, namoz (ya’ni, namozga qattiq e’tibor beringlar). Qo‘l ostingizdagilar xususida 
Allohdan qo‘rqinglar», degan edilar (Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati). 
 
Rivoyat qilishlaricha, yaxshi hulq – baxt, yomon hulq esa – ko‘ngilsizlik (baxtsizlik). 
Yana bir hadisi sharifda: «Yomon xulqli kishi jannatga kirmaydi», deyilgan (Termiziy 
rivoyati). 
 
Abu Mas’ud Badriy aytadilar: «Bir qulimni qamchi bilan urayotgan edim. Ortimdan: «Ey 
Abu Mas’ud, bilib qo‘y», degan ovoz eshitildi. Fazabdan ovozni anglamay qoldim. Menga 
yaqin kelgach, qarasam u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ekanlar. U zot: 
«Abu Mas’ud, bilib qo‘y, sen bu g‘ulomdan qudratli bo‘lsang, Alloh sendan qudratlidir», 
dedilar. «Endi bironta ham qulni urmayman, dedim». 
 
Ushbu hadisning boshqa rivoyatida: «U zot sollallohu alayhi vasallamning haybatlaridan 
qo‘limdan qamchi tushib ketdi», deyilgan. Yana bir rivoyatda: «Yo Rasululloh, u 
Allohning roziligi uchun ozoddir», degan edim, u zot: «Agar shunday qilmaganingda, 
shubhasiz, do‘zax olovida kuygan bo‘larding», dedilar», deyilgan (Muslim rivoyati). 
 
Ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Kimki qulini qilmagan ishi uchun jazolab ursa 
yoki kaltaklasa, uni ozod qilish bilangina shu gunohi yuviladi» (Muslim rivoyati). 
 
Hakim ibn Hizom roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Dunyoda odamlarni azoblaydigan kimsalarni Alloh, albatta, jazolaydi» (Muslim 
rivoyati). 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki zulm qilib qamchi ursa, qiyomat 
kunida undan qasos olinadi» (Bazzor va Tabaroniy rivoyati). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Xizmatkorni necha marta afv etish lozim?» 
deb so‘rashgan edi, «Har kuni yetmish marotaba», deb javob berdilar (Abu Dovud, 
Termiziy rivoyati). 
 
Kunlardan bir kuni qo‘llarida misvok tutib turgan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
xizmatkorini chorladilar. U sustkashlik qilgan edi, u zot: «Agar qasos olish xafvi 
bo‘lmaganida, ana shu misvok bilan senga ozor bergan bo‘lardim», dedilar (Imom 
Ahmad rivoyati). 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin