Gunohi kabiralar. Imom
Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
113
aytdilar: «Kimki bashoratgo‘y yoki folbinning oldiga borib, aytayotgan gapini rost deb
bilsa, u shubhasiz, Muhammadga tushgan narsaga kufr keltiribdi» (Abu Dovud, Nasoiy,
Ibn Moja rivoyati).
Zayd ibn Xolid Juhaniy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
biz bilan bomdod namozini o‘qidilar. Tuni bilan yomg‘ir yog‘ib chiqqan edi. Namozni o‘qib
bo‘lgach, odamlarga yuzlanib: «Rabbingiz nima deganini bilasizlarmi?» dedilar. Ular:
«Allohning Rasuli bilguvchiroq», deb javob berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
dedilar: «U zot aytdiki: «Bandalarimdan ayrimlari menga
iymon keltirib, ayrimlari kufr
keltirib tong ottirdi. Kimki: «Allohning fazli va rahmati ila bizga yomg‘ir yog‘di», desa, u
Menga iymon keltirib, yulduzlarga kufr keltiribdi. Ammo kimki: «Bu va u hodisalar
(shamol, bulut), bo‘lib bizga yomg‘ir yog‘di», desa, u Menga kufr keltirib, yulduzlarga
iymon keltiribdi» (Muttafaqun alayh).
Ulamolar aytadilarki: «Agar bir musulmon: «Falon hodisa bo‘lib yomg‘ir yog‘di»,
desa va
bu gapini shu hodisa, masalan, havo bulut bo‘lishining o‘zi yomg‘irni paydo qiladi va
yomg‘ir yog‘averadi, degan ma’noda aytgan bo‘lsa, u, shubhasiz, murtad bo‘lib, kofirga
aylanadi. Agar bu gapni shu hodisa yomg‘ir yog‘ishining alomati,
odatda shu hodisa
bo‘lganda yomg‘ir yog‘adi, biroq yomg‘irning yaratuvchisi Alloh taolo va u Allohning fazli
ila yog‘adi, degan ma’noda gapirgan bo‘lsa, kofir bo‘lmaydi.
Har qanday holatda ham, bu jumla kofirlar gapi bo‘lgani bois uni aytish makruhdir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bashoratgo‘yning oldiga borib,
undan biron narsani so‘rasa
va uni tasdiqlasa, qirq kungacha uning bironta ham namozi
qabul qilinmaydi» (Muslim rivoyati).
Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan
folbinlar haqida so‘rashdi. U zot: «Ular haq emaslar», dedilar. Shunda: «Yo Rasululloh,
ular gohida shunday gaplarni aytadilarki, u haq bo‘lib chiqadi», deyishdi.
Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Bu haq kalimani jin o‘g‘rincha bilib oladi-da, uni do‘sti-
folbinning qulog‘iga quyadi. Folbinlar esa unga yuzta yolg‘onni aralashtirib yuboradilar»,
dedilar» (Muttafaqun alayh).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Farishtalar bulutga tushadilar va
osmonda hukm qilingan ishni zikr qiladilar. Shayton o‘g‘rincha quloq tutib, eshitib
oladi-
da, uni folbinlarga yetkazadi. Ular esa unga o‘zlaridan yuzta yolg‘on qo‘shib, yolg‘on
gapiradilar» (Buxoriy rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Kimki yulduzlar ilmidan (munajjimlikdan) bironta ilmni egallasa, sehrning bir
bo‘lagini o‘g‘irlagan bo‘ladi. U ziyoda bo‘lgan sayin bu ham ziyoda bo‘laveradi» (Abu
Dovud rivoyati).
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu aytganlar: «Folbin sehrgardir, sehrgar esa kofirdir».
Alloh taolodan dunyo-yu oxiratda ofiyat va panoh tilaymiz.