www.ziyouz.com kutubxonasi
114
Ellik birinchi gunohi kabira BOSHLIQNING QO‘L OSTIDAGILARNI ALDASHI VA ULARGA ZULM QILISHI
Alloh taolo aytadi:
«Faqat odamlarga zulm qiladigan va yerda nohaq hadlaridan oshadigan kimsalar(ni ayblash va zulmu zo‘ravonliklari uchun jazolash)gagina yo‘l bordir. Ana o‘shalar uchun alamli azob bordir» (Sho‘ro surasi, 42).
«(Ey Muhammad), siz hargiz: «Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g‘ofil», deb o‘ylamang!» (Ibrohim surasi, 42).
«Zolim kimsalar esa yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar» (Shuaro surasi, 227).
Bu tahdid har qanday zolimga taalluqlidir. Ya’ni, zolim kimsalar xunuk, yomon oqibatga
– azobga, do‘zaxga qarab ketmoqdalar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bizni aldasa, u bizdan emas»
(Muslim rivoyati).
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Zulm qiyomat kuni zulmat bo‘lur» (Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har biringiz nozir (boshliq) va qo‘l
ostingizdagilar xususida mas’uldirsiz» (Muttafaqun alayh).
Abdulloh ibn Mug‘affal roziyallohu anhu aytadilar: «Guvohlik berib aytamanki, men
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qaysi bir boshliq yoki hokim qo‘li
ostidagilarni aldagan holda bir qorong‘u tunni o‘tkazsa, Alloh unga jannatni harom
qiladi», deganlarini eshitdim» (Tabaroniy rivoyati).
Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:
«Alloh azza va jalla qaysi bandani bir raiyyatga boshliq qilib qo‘ysa va u raiyyatini
aldagan holda vafot etsa, Alloh unga jannatni harom qiladi», deganlarini eshitdim»
(Muttafaqun alayh).
Boshqa bir rivoyatda: «... u jannat hidini ham hidlamaydi», deyilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki o‘nta odamga amir bo‘lsa, u
qiyomat kunida kishanlangan holda keltiriladi. Alal-oqibat, uni adolat xalos etadi yoki
jabr-zulm halok qiladi» (Bazzor, Tabaroniy rivoyati).
Ya’ni, odil bo‘lgan bo‘lsa, kishandan najot topadi, zolim bo‘lgan esa, halok bo‘ladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Amirlarning holiga voy, oriflarning holiga
voy, aminlarning holiga voy. Qiyomat kuni kokillaridan Surayyo (yulduzi)ga ilinib, yer
bilan osmon orasida muallaq turgan kimsalar: «Bironta ishga ham boshchilik
qilmaganimizda edi», deb orzu qiladilar» (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qiyomat
kuni shunday bir soat keladiki, unda odil qozi: «Ikki kishi orasida bir meva xususida