«Endi qachonki Bizning farmonimiz (ya’ni, azobimiz) kelganida, u joylarni ostin-ustin qilib yubordik va ularning (kofirlarning) ustiga Parvardigoringiz dargohida belgilab qo‘yilgan sopol toshlarni paydar-pay yog‘dirdik. U joylar bu zolimlardan (Makka mushriklaridan) yiroq emasdir» (Hud surasi, 82–83).
Islom ummatining zolimlari ham ularning «hunari»ni takrorlasalar, ular kabi
jazolanishlari hech gap emas. Shuning uchun ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytgan edilarki: «Ummatim xususida qo‘rqqan narsalarimning eng qo‘rqinchlirog‘i Lut
qavmining amalidir» (Ibn Moja rivoyati).
Boshqa bir hadisi sharifda esa: «Lut qavmi amalini qilgan kimsani Alloh la’natlasin», deb
uch bora takrorlaganlar (Ibn Hibbon rivoyati).
Yana bir hadisda: «Lut qavmi amalini qiladigan kimsalarni uchratsangiz, qiluvchini ham,
qildiruvchini ham o‘ldiringlar», deyilgan (Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Bayhaqiy
rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «Bachchavozlarni Lut qavmi jazolagani singari,
qishloqdagi eng baland binodan uloqtiriladi. So‘ng ustlaridan tosh yog‘diriladi».
Alloh taolo payg‘ambari Lut alayhissalomning qavmi bilan munozara qilgani haqida xabar
berib, shunday deydi: