Ya’ni, xohlasangiz old tarafdan, xohlasangiz orqa tarafdan, faqat bir o‘ringa – farjga.
Zero, u ziroatgoh, urug‘lik tashlaydigan o‘rin hisoblanadi. Orqa esa najosat o‘rnidir.
Orqaga yaqinlik qilish nopok, jirkanchli ishdir.
Mazkur oyatning nozil bo‘lish sababi quyidagichadir: «Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam zamonlaridagi yahudiylar: «Agar er xotinining oldiga orqa tomonidan yaqinlik
qilsa, bola g‘ilay bo‘ladi», deyishar edi. Bu oyat ularning da’volarini inkor qilib tushgan.
«Xotinlaringiz ziroatgohingizdir. Bas, ziroatgohingizga xohlagan holatingizda
yaqinlashavering». Xohlasa yuz tuban yotib, xohlasa yuz tuban yotmay, biroq bu ish bir
o‘ringa qilinishi lozim» (Muslim rivoyati).
Bir rivoyatda: «Orqaga va hayz ko‘rayotganga yaqinlik qilishdan saqlaninglar», deyilgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Xotinining orqasiga yaqinlik qilgan kimsa mal’undir», dedilar» (Abu Dovud rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Ayollarning orqalariga yaqinlik qiladigan
kimsalarni Alloh la’natlasin» (Tabaroniy rivoyati).
Ko‘pgina johillar bu gunohni sodir etadilar. Bu ularning bilimi kamligi va ilmni
tinglamasliklarining natijasidir. Shu sababli ham, Abu Dardo roziyallohu anhu: «Olim
yoki ta’lim oluvchi yoki quloq soluvchi yoxud yaxshi ko‘ruvchi bo‘l. Beshinchisi bo‘lma,
aks holda halok bo‘lasan», deganlar. Bu beshinchi bilmaydigan, ta’lim olmaydigan,
tinglamaydigan va amal qiladiganlarni yaxshi ko‘rmaydigan kimsadir. Har bir banda
barcha gunohu xatolari uchun Allohga tavba qilishi, ilgari bilmasdan qilgan gunohlarini
afv etishini Allohdan astoydil so‘rashi va qolgan umrining ofiyatli bo‘lishini tilashi lozim.
Ey Allohim, biz Sendan din va dunyoyu oxiratda afvu ofiyat tilaymiz. Albatta, Sen
rahmlilarning rahmlirog‘idirsan.