Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
152
kelmaydi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohga va oxirat kuniga
iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshi gap gapirsin yoki sukut saqlasin», deganlar (Mutafaqqun
alayh).
Abu Muso roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasululloh, qaysi musulmon afzal?»
deb so‘ragan edim, «Qo‘li va tilidan musulmonlar salomat bo‘lgan kishi», deya javob
berdilar» (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir banda e’tiborsizlik qilib bir so‘zni
aytadi-da, u sababli do‘zaxga mashriq va mag‘rib orasidan uzoqroq masofaga qulaydi»
(Buxoriy, Muslim rivoyati).
Bilol ibn Horis Muzaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Bir kishi Allohni rozi qiladigan bir so‘zni aytadi-da, u sababli Alloh taologa
uchrashadigan kunigacha unga roziligini yozib qo‘yadi. U so‘zining bu darajaga yetishini
o‘ylab ko‘rmagan bo‘ladi. Yana bir kishi Allohni g‘azablantiradigan bir so‘zni aytadi-da, u
sababli Allohga uchrashadigan kunigacha unga g‘azabini yozib qo‘yadi. So‘zining bu
darajaga yetishini u ham o‘ylab ko‘rmagan bo‘ladi», dedilar» (Molik, Termiziy rivoyati).
Bu xususda sahih hadislar bisyor bo‘lib, zikr qilganlarimizning o‘zi ham kifoya qilsa,
ajabmas.
Bir kishidan: «Odam bolasining qancha aybi bor ekan?» deb so‘rashgan edi, u: «Sanab
sanog‘iga yetib bo‘lmaydi. Men o‘zim sanaganman, sakkiz mingta ayb bo‘ldi. Biroq bir
xislat borki, u barcha ayblarni berkitib turadi. U – tilni tiyish», deya javob berdi.
Alloh barchamizni gunoh ishlardan chetlashtirsin, O‘zi rozi bo‘ladigan ishlarga yo‘llasin. U
marhamatli va saxovatli zotdir.
Oltmish yettinchi gunohi kabira
Dostları ilə paylaş: