Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
148
Ummu Salama roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Bironta
hukmda pora beruvchini ham, pora oluvchini ham Alloh la’natlasin»
(Tabaroniy rivoyati).
Ulamolar aytganlarki: «Pora beruvchining maqsadi musulmonga ozor yetkazish yoki haqi
bo‘lmagan narsani qo‘lga kiritish bo‘lsa, u mal’undir. Bordi-yu, o‘zining haqqini qo‘lga
kiritishi yoki o‘zidan zulmni daf qilish uchun pora bersa, u mal’un bo‘lmaydi.
Hokim esa
biron bir haqni bekor qiladimi yoki zulmni daf qiladimi farqi yo‘q, uning pora olishi
haromdir. O‘rtasidagi kishi esa pora beruvchi kabi maqsadiga qarab baholanadi. Agar
niyati yaxshi bo‘lsa, mal’un bo‘lmaydi. Bordi-yu niyati yomon bo‘lsa, u mal’undir».
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlar: «Hukmdagi pora kufrdir. Odamlar orasidagi esa
haromdir» (Tabaroniy rivoyati).
Fasl
Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir birodari uchun vositachilik qilsa-yu, buning
evaziga unga hadya berganda
hadyani qabul qilsa, batahqiq, u sudxo‘rlikning katta eshiklaridan biriga yaqinlashibdi»,
dedilar» (Abu Dovud rivoyati).
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Birodaringning hojatini bilib, uni ravo qilsang-u,
(buning evaziga)
senga hadya berganda, qabul qilsang, bu ishing haromdir».
Masruq (rahmatullohi alayh) Ibn Ziyod bilan gaplashib, uni zulmdan qaytardilar. Shunda
zulmdan xalos bo‘lgan kishi u zotga xizmatkor hadya qilgan edi, qabul etmadilar va:
«Ibn Mas’udning: «Kimki
musulmondan zulmni daf etsa-yu, buning evaziga unga oz yoki
ko‘p narsa bersa, u narsa haromdir», dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Abu Abdurahmon,
faqat hukmdagi
porani harom, deb o‘ylardik», degan edi, u zot roziyallohu
anhu: «U kufrdir», deya javob bergandilar», dedilar.
Allohdan barcha balo-ofatlardan sog‘-salomat saqlashini so‘raymiz.
Imom Abu Amr Avzo’iy (rahmatullohi alayh) Bayrutda yashayotgan chog‘larida
huzurlariga bir nasroniy keldi-da: «Ba’labakka (shahrining) hokimi menga zulm qildi.
Unga bir maktub yozib bersangiz», deb bir ko‘za asal uzatdi. Avzo’iy (rahmatullohi
alayh): «Xohlasang asalni qaytarib,
maktub yozib beraman, xohlasang asalni olaman»,
dedilar. So‘ngra hokimga: «Bu nasroniyning yer solig‘ini kamaytir», deb maktub yozib
berdilar. U asal bilan maktubni olib, hokimga uchrashdi va unga maktubni berdi.
Imomning sharofati sababli hokim undan o‘ttiz dirhamni olib tashladi.
Oltmish beshinchi gunohi kabira
Dostları ilə paylaş: