Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
146
zolimlardir» (Moida surasi, 45).
Ya’ni, Allohning shariatiga xilof qilganlari uchun ular o‘taketgan zolimlardir.
«Kimki Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmas ekan, bas, ular fosiqdirlar»
(Moida surasi, 47).
Ya’ni, ular iymondan
va Alloh toatidan chiquvchi, osiy kimsalardir.
Burayda roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki qozi
do‘zaxda va bir qozi jannatda. Haq bilan hukm qilgan qozi jannatda. Zulm bilan (nohaq)
hukm qilgan va bilmay turib hukm qilgan qozi do‘zaxda», dedilar». «Bilmaydigan
qozining gunohi nima?» deb so‘rashgan edi, «Gunohi – bilmay turib qozi bo‘lganligi»,
deya javob berdilar» (Hokim rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-
kim qozilikka yoki odamlar orasida qozi qilib tayinlansa, darhaqiqat, u pichoqsiz
so‘yilibdi», dedilar» (Abu Dovud, Termiziy, Hokim rivoyati).
«Pichoqsiz so‘yilibdi» jumlasining ma’nosi shuki, pichoq bilan so‘yilayotgan jonliqqa
rohat baxsh etiladi. Bordi-yu pichoqsiz so‘yilsa, bu unga azob berish bo‘ladi.
Urfda, odatda pichoq bilan so‘yilsa, Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallam urf-odatga
xilof ravishda «pichoqsiz (boshqa narsa bilan) so‘yilibdi», dedilar. Bu bilan qozilarning
badani emas, dini halok bo‘lishidan xafvsiragan bo‘lishlari mumkin.
Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qiyomat
kunida odil qozi chaqirilib, shunday shiddatli hisob-kitobga duch keladiki, bundan u,
butun umrim davomida
sira qozilik qilmaganimda edi, deb orzu qiladi», deganlarini
eshitdim» (Ibn Hibbon rivoyati).
Rivoyat qilishlaricha, Alloh nozil qilgan narsadan boshqacha hukm qilgan rahbarning
namozini Alloh qabul qilmaydi.
Rivoyat qilishlaricha, kim voliy (hokim) yoki qozi bo‘lsa, u qiyomat
kunida Alloh azza va
jallaning huzuriga olib kelinadi-da, ko‘prikka turg‘azib qo‘yiladi. So‘ng siri (nomai a’moli)
fosh qilinib, butun maxluqotlar guvohligida o‘qiladi. Agar u odil bo‘lgan bo‘lsa, adolati
sababli Alloh unga najot beradi. Bordi-yu boshqacha (ya’ni, zolim) bo‘lgan bo‘lsa, ko‘prik
shunday silkinadiki, uning a’zolarining orasi falon-falon masofaga kengayib ketadi. So‘ng
ko‘prik sinib, u jahannamga qulaydi.
Fuzayl ibn Iyoz (rahmatullohi alayh) aytgan ekanlar: «Qozi bir kun qozilik qilishi,
bir kun
o‘zi uchun yig‘lashi lozim».
Muhammad ibn Vose’ aytgan ekanlar: «Qiyomat kuni hisob-kitob uchun birinchi bo‘lib
qozilar chaqiriladi».
Makhul (rahimahulloh) aytganlar: «Agar qozilikni yoki bo‘ynim chopilishini tanlashim
lozim bo‘lganida, qozilikni qo‘yib, bo‘ynim chopilishini tanlagan bo‘lardim».
Ayyub Saxtiyoniy (rahmatullohi alayh) aytgan ekanlar: «Eng ilmli odamlarning
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
147
qozilikdan qattiq qochganlarini ko‘rdim».
Sufyon Savriyga: «Shurayx qozilikka tayinlandi», deyishgan edi, u zot: «Shunday
ajoyib
kishini buzishibdi-da (rasvo qilishibdi-da)» dedilar.
Molik ibn Munzir Muhammad ibn Vose’ni Basraga qozi qilish maqsadida chorlagan edi, u
bosh tortdi. Uni qayta chorlab: «Yo qozi bo‘lasan yoki darralanasan», degan edi, u zot:
«Sen hukmdorsan, bunday qilishing mumkin. Biroq oxiratda xor bo‘lgandan ko‘ra,
dunyoda xorlangan xayrliroq», dedi.
Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Agar hukmdor jabr-zulm qilmoqchi bo‘lsa yoki qilsa,
Alloh
uning mamlakati aholisidan, ularning bozorlari-yu rizqlaridan, ekinlari-yu
chorvalaridan va barcha narsalardan barakani ko‘tarib qo‘yadi. U agar yaxshilik yoki
adolat qilmoqchi bo‘lsa, Alloh uning mamlakati aholisiga va barcha narsalarga baraka
ato etadi».
Hims hokimlaridan biri Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhuga: «Hims
shahri vayron
bo‘ldi. U islohga muhtoj», deb xat yozgan edi, Umar roziyallohu anhu unga: «Shaharni
adolat bilan mustahkamla (idora qil), ko‘chalarini jabr-zulmdan tozala. Vassalom», deb
yozib yubordilar.
Qozi g‘azablanib turganida hukm chiqarishi haromdir.
Agar qozining ilmi kam, niyati va xulqi yomon, taqvosi oz bo‘lsa, u aniq ziyonkorlardan
bo‘libdi. U qozilikdan bo‘shashi va do‘zaxdan xolos bo‘lish uchun shoshilishi lozim.
Allohdan afv-ofiyat va O‘zi yaxshi ko‘rgan, rozi bo‘lgan
ishlarga muvaffaq etishini
tilaymiz. U marhamatli va saxovatli zotdir.
Oltmish to‘rtinchi gunohi kabira
Dostları ilə paylaş: