www.ziyouz.com kutubxonasi
156
Sahobalarning fazilatu martabalarini sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Sunnat ulamolari
eng afzal sahobalar «asharai mubashshara» (jannatiyligi bashorat qilingan o‘nta sahoba)
ekanligiga va ularning eng afzali Abu Bakr Siddiq, so‘ng Umar ibn Xattob, so‘ng Usmon
ibn Affon, so‘ng Ali ibn Abu Tolib ekanligiga ijmo’ qilganlar. Bu narsada faqatgina
munofiq, bid’atchi, nopok kimsagina shubhalanadi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Mening sunnatimni va hidoyatlangan, haq
yo‘lda yuruvchi xalifalarimning sunnati mahkam tutinglar. Uni oziq tishlaringiz bilan
tishlanglar. Yangi paydo bo‘lgan (ya’ni, bid’at) ishlardan saqlaninglar», deganlar (Abu
Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Ibn Hibbon rivoyati).
«Oziq tishlaringiz bilan tishlanglar», degani, sunnatni mahkam ushlanglar, unga
intilinglar, haris – ishtiyoqli bo‘linglar, kabi ma’nolarni anglatadi.
Haq yo‘lda yuruvchi xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali roziyallohu anhumlardir.
Abu Bakr roziyallohu anhuning fazilatlari xususida Alloh taolo bir qancha oyatlar
tushirgan. Jumladan: