Fasl Mo‘minlarning orasiga nifoq solishdan, shuningdek, hayvonlarni urishtirishdan ogohlantirish xususida
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Shayton arab yarim orolida o‘ziga
namozxonlar ibodat qilishidan umidini uzdi. Biroq ular orasiga nifoq solishidan umidini
uzgani yo‘q» (Muslim rivoyati).
Ikki odam orasiga nizo soladigan va ular o‘rtasida bir-biriga ozor beradigan gaplarni
tashiydigan har kimsa shayton guruhidan bo‘lgan chaqimchidir, eng yaramas odamdir.
Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Sizlarga eng yomon, eng
yaramaslaringiz kimlar ekanini xabar qilayinmi?! Ular chaqimchilik qilib yuruvchilar, yor-
do‘stlar orasini buzuvchilardir» (Imom Ahmad rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Chaqimchilar jannatga kirmaydi»
(Muttafaqun alayh).
Chaqimchi – odamlar orasida, «falonchi sen haqingda undoq dedi, «falonchi bundoq
qildi» kabi gaplarni tashuvchi kimsadir. Biron yomonlikdan ogohlantirish uchun yoki
boshqa bir foydani ko‘zlab xabar keltirish bundan mustasno.
Jonivorlarni bir-biriga gij-gijlab urushtirish ham haromdir. Xo‘roz, qo‘chqor, it va boshqa
barcha jonivorlarni urishtirishdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytarganlar. Kim
bu ishni qilsa, Alloh va rasuliga osiy bo‘ladi. Shuningdek, xotinni eriga, qulni xo‘jayinga
qarshi qayrash ham harom.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Xotinni eriga va qulni xo‘jayiniga
qarshi aldab yo‘ldan urgan kimsa bizdan emas» (Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Hibbon
rivoyati).