Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
22
«Fazilat» so‘zi ziyodalik ma’nosidagi «fazl» so‘zidan olingan.
Agar ikki narsada bir xil
sifat mavjud bo‘lib, birining sifati boshqasinikidan ko‘proq bo‘lsa, afzalroq, ziyodaroq,
deyiladi. Bunda mazkur narsaning mukammalligiga dalolat qiluvchi ziyodalik miqdori
ahamiyatli emas. Masalan, ot eshakdan afzal, deyilsa, ot
bilan eshak yuk tashishda teng,
ammo ot chopish, tez yurish va chiroyli suratda eshakdan ortiqroq, afzalroq ekani
tushuniladi. Hatto birorta eshak otdan kattaroq bo‘lsa-da, u otdan afzal deyilmaydi.
Chunki eshak jussada otdan kattaroq bo‘lgani bilan yuqoridagi ma’nolarda ustun emas
va u mukammallikka dalolat qilmaydi.
Shu singari, ilmning fazilati ham boshqa sifatlar bilan qiyoslanganda anglashiladi. Tez
yugurishda ot eshakka
nisbatan afzal sanalsa-da, u mutlaq fazilatli emas. Ilm esa aynan
fazilatdir, boshqa narsaga qiyos qilinmaganida ham mutlaq afzal bo‘lib qolaveradi. Zero,
ilm Alloh taoloning komil sifati, maloika va payg‘ambarlarning sharafidir.
Bilgilki, nafis marg‘ub narsa uchga bo‘linadi: boshqa narsa u orqali yetiladigan, aynan
o‘sha narsaning o‘ziga yetiladigan va o‘zidagi hamda
boshqadagi narsaga barobar
yetiladigan narsalar.
«Aynan o‘zi istaladigan narsa» «boshqasiga u orqali yetishiladigan narsa»dan ustundir.
«Boshqasiga u orqali yetishiladigan narsa»ni oltin va kumush misolida ko‘rish mumkin.
Alloh taolo u ikkisini o‘zaro muomala vositasi qilib qo‘ymaganida, oddiy toshdan farqi
bo‘lmas edi.
«Aynan o‘zi istaladigan narsa» oxirat saodatiga erishish va Allohning jamolini ko‘rish
lazzatidir.
«Aynan o‘zi va boshqasi uchun istaladigan narsa» esa, badan salomatligidir. Chunki kishi
maqsad-hojatlariga erishishi uchun ham, o‘zi uchun ham tan-joni salomat bo‘lishi
kerak. Shu e’tibor bilan qarasak, ilm lazzatli va ayni
talab qilinadigan narsa ekani,
shuningdek, uning saodatga eltuvchi yo‘l va Allohga yaqinlashtiruvchi vosita ekani
bilinadi.
Odam farzandi yetishi mumkin bo‘lgan eng ulug‘ martaba, eng oliy daraja saodati
abadiyadir. Demak, unga vasila bo‘ladigan narsa eng afzal narsa. Saodati abadiyaga ilm
va amalsiz hargiz erishish mumkin emas. Amalga esa,
qanday amal qilish ilmini
bilmasdan erishish mahol. Dunyo va oxiratdagi saodatning asosi ilmdir. Shu jihatdan ilm
amallarning eng afzalidir. Nega bunday bo‘lmasin?! Axir bir narsaning fazilati uning
samarasi bilan bilinadi. Bildikki, ilmning samarasi olamlar Parvardigoriga qurbat hosil
qilish va farishtalar darajasiga erishish ekan. Bu narsalar
oxiratga oid ilmning
foydalaridir.
Ilmning dunyodagi manfaatlari esa, azizlik, viqor, hukmdorlarga so‘zi ta’sir qilishi va
boshqalar tarafidan hurmatga sazovor bo‘lish kabilardir. Hattoki har bir millatning esi
pastlari ham olimlarni ilmlari tufayli hurmat qiladi. Bu narsa ilmning mutlaq fazilatidir.
Qolaversa, ilmlar ham bir-biridan fazilatda farq qiladi, bu haqda keyinroq to‘xtalamiz.
Ta’lim berish va ta’lim olish fazilat ekani biz zikr etgan narsalarda ochiq ko‘rinib
turgan
ishdir. Zero, ilm eng afzal narsa bo‘lgach, uni o‘rganish va o‘rgatish ham afzal ish
bo‘ladi. Buni quyidagicha bayon qilishimiz mumkin. Insonlarning g‘oyasi, maqsadi din va
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: