Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
3) tasarruf o‘rnining e’tibori bilan bilinadi. Zargarlik ko‘nchilikdan
afzaldir, chunki
zargarning ish o‘rni oltin, teri oshlovchining ishi o‘lgan hayvonning terisi ustidadir.
Shubhasiz, oxirat yo‘lining fiqhi bo‘lgan diniy ilmlar yetuk aql va sof zakovat bilan qo‘lga
kiritiladi. Aql insoniy sifatlarning eng ulug‘i va sharaflisidir. Buning bayoni keyinroq
keladi. Zero, aql bilan Allohning
omonati qabul qilinadi, Uning roziligiga erishiladi.
Ilmning umumiy manfaatlari xususida hech qanday shubha yo‘q. U oxirat saodatini
qozontiradi. Ilmning ulug‘ligi hech kimga maxfiy emas, chunki
muallim kishilarning qalbi
va ruhiga ta’sir o‘tkazib, ularni boshqaradi. Yer yuzidagi mavjudotlarning eng sharaflisi
inson bo‘lsa, undagi eng ulug‘ va aziz javhar qalbdir. Muallim shu qalbni kamolga
yetkazish,
unga jilo berish, uni polash va Allohga yaqin bo‘lishga chorlash bilan
mashg‘uldir.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, ilm o‘rgatish bir jihatdan Allohga ibodat bo‘lsa,
ikkinchi
jihatdan Allohga xalifa-vakil bo‘lishdir. Alloh xalifasi bo‘lgani uchun olimning qalbiga
O‘zining xos sifati bo‘lmish ilmni beradi. Olim Allohning eng qimmatbaho xazinasiga
xazinachi demakdir. Bu xazinaga muhtoj bo‘lgan har
qanday kishiga undan ulashish,
ehson qilish huquqi muallimga berilgan.
Alloh taologa yaqinlik hosil qilishda va jannatga yetaklashda banda bilan Allohning
orasida vositachi bo‘lishdan-da ulug‘ martaba bo‘lishi mumkinmi?! Alloh taolo fazlu
karami bilan bizni shunday ulug‘ vositachilar jumlasidan aylasin.
Barcha
payg‘ambarlarga Uning salotu salomi bo‘lsin.
Dostları ilə paylaş: