Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
16
َو
ْﻢِﻬِﺗﺎَﻧﺎَﻣﻷ
ْﻢُه
َﻦﻳِﺬﱠﻟاَو
َنﻮُﻋاَر
ْﻢِهِﺪْﻬَﻋ
)
٨
(
"Ular
(ya’ni mo‘minlar)
o‘zlariga ishonilgan omonatlarga va bergan ahdu paymonlariga
rioya qiluvchi
kishi
lardir"
(Mo‘minun surasi, 8).
Shartlar to‘liq bo‘lganida tavbaning shubhasiz maqbulligi
Bilgilki, agar "qabul" (qabul bo‘lish) so‘zining ma’nosini fahmlasang,
har qanday sahih tavbaning
maqbul ekaniga shubhang qolmaydi. Qur’on nurlaridan quvvat olib, basirat ko‘zi bilan ko‘ruvchilar
biladilar: har qanday salim qalb Alloh huzurida maqbuldir; oxiratda Alloh taologa qo‘shni —
yaqin
bo‘lish saodati bilan ne’matlangandir; Alloh taoloning diydoriga boqiy ko‘z bilan nazar solishga
hoz1fdir. Qalb aslan salim yaratilishi, har bir chaqaloq islomiy
fitratda dunyoga kelishi, keyinchalik
gunohlar g‘ubori va zulmati qalb salomatligini yemirishi ularga ma’lum. Ular biladilar: nadomat o‘ti
gunohlar g‘uborini .kuydirib kul qiladi, yaxshi amallar nuri yomon amallar zulmatini qalbning yuzidan
sidirib
tashlaydi,
Kir quyqasi sovunning ko‘pirtirishiga, tun sharpasi Kuyosh yog‘dusiga dosh berolmaganidek,
ma’siyatlar zulmati
savob amallar nuriga toqat qilolmaydi. Bu dunyo sultonlari kir ko‘ylakni libos
o‘rnida
qabul qilmas ekan, nechun butun olamlar rabbi bo‘lgan Alloh taolo qoraygan qalbni o‘ziga
qo‘shni — yaqin bo‘lishga munbsib bilsin?! * Iflos yumushlarda ishlatilgan libos kir bo‘lgani kabi
shahvatlar yo‘lida ishlatilgan qalb ham kirlanadi. Kirini ketkazib, toza qilish uchun libosni issik suvda
sovun bilan yuvish lozim.
Qalb esa, tavba ko‘z yoshlari va nadomat o‘ti bilan govilsaptna, bunday
kirg‘uborlardan poklanadi. Har qanday toza libos yoqimli bo‘lganidek, qalb ham po kiza bo‘lsagina
maqbuldir. Tozalik va poklash sizning zimmangizda. Qabul esa taqdiri azaliyda bitib qo‘yilgan,
Alloh
taolo huzuridan beriladigan ne’matdir. Ulug‘ va qudratli Alloh uni o‘z kalomida "falah" (najot) deb
nomladi:
Dostları ilə paylaş: