َنﻮُﺗﻮُﻤَﻳ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﻻَو َنﻵا ﺎًﻤﻴِﻟَأ ﺎًﺑاَﺬَﻋ ْﻢُﻬَﻟ ﺎَﻧْﺪَﺘْﻋَأ َﻚِﺌ ) ١٨ ( "Mudom gunoh ishlar qilib yurib, qachonki (birovla
riga) o‘lim kelganida: "Endi tavba qildim" deydigan va kofir holda o‘lib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinmas. Ular uchun alamli azobni tayyorlab qo‘ygavmiz" (Niso surasi, 18) إ
َﻚِﺌَﻟوُﺄَﻓ ٍﺐﻳِﺮَﻗ ْﻦِﻣ َنﻮُﺑﻮُﺘَﻳ ﱠﻢُﺛ ٍﺔَﻟﺎَﻬَﺠِﺑ َءﻮﱡﺴﻟا َنﻮُﻠَﻤْﻌَﻳ َﻦﻳِﺬﱠﻠِﻟ ِﻪﱠﻠﻟا ﻰَﻠَﻋ ُﺔَﺑْﻮﱠﺘﻟا ﺎَﻤﱠﻧِ ﺎًﻤﻴِﻜَﺣ ﺎًﻤﻴِﻠَﻋ ُﻪﱠﻠﻟا َنﺎَآَو ْﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ ُﻪﱠﻠﻟا ُبﻮُﺘَﻳ ) ١٧ ( "Albatta, Alloh tavbalarni qabul qilish faqat biror gunohni nodonlik bilan qilib qo‘yib, so‘ngra darhol tavba qiladigan kishilar uchundir" (Niso, 17-oyat). Ya’ni xato qilgan zahoti xatodan pushaymon bo‘lish, xatoning izini darhol bir yaxshi ish bilan
yuvish lozim. Toki xatolar to‘planib, qalbda o‘chmas iz qoldirmasin, shuning uchun ham Rasululloh
sallallohu alayhi vasallam: "Yomonlikka uni yo‘q qiluvchi yaxshilikni ergashtir", deganlar. Shunindek,
Luqmoni Hakim ham o‘g‘liga aytganlar: "Ey o‘g‘lim, tavbani kechiktirma! Chunki o‘lim kutilmaganda
keladi. Kim tavbani kechiktirib, najotga shoshilmas ekan, ikkita katta xatar ichida qoladi. Bittasi,
gunohlar zulmati to‘planmb, qalbni to‘la qoplaydi, so‘ng uni muhrlab tashlaydi. Gunoh muhrlangan
qalbdan o‘chmaydi. Ikkinchi xatar shuki, kasallik yoki o‘lim tavbadan ilgari kelib, xatolarni o‘nglash
uchun vaqt qolmaydi".
Xabarda kelganidek:
"Jahannam ahli qichqirig‘ining aksari tavbani kechiktirishdandir".
(Ya’ni jahannam azobiga chidayolmay baqirayotganlarning ko‘ptchiligi tavbani kechiktirgan kishilardir.) Kim Alloh huzuriga sog‘lom qalb bilan borar ekan, najot topadi. Qalb Alloh taolodan bandasiga
berilgan omonatdir. Umr ham Allohning omonati. Shuningdek, toatga sabab bo‘luvchi barcha narsalar
omonat. Kimki omonatga xiyonat qilib, tavba qilmasa, xatarli jazoga yo‘liqajak.
Oriflardan biri deydi: "Alloh taoloning bandasiga tegishli ikkita siri bor. Ulug‘ va qudratli zot ilhom
yo‘li bilan bu sirlarni bandasiga bildirgan. Avvalgisi shuki, bola ona qornidan chiqar ekan, unga aytadi:
"Bandam, pok va toza holda seni dunyoga keltirdim, umringni senga ishonib topshirdim, omonatga
berdim. Bas, omonatni qanday saqlashingni o‘yla, ro‘baro‘ bo‘lursan!" Keyingisi shuki, ruh bandadan
chiqyotganida Alloh taolo aytadi: "Bandam, ishonib topshirgan omonatimni nima qilding? Ahdga ko‘ra,
Menga ro‘baro‘ bo‘lguningcha uni saqlay oldingmi? Agar omonatimni saqlagan bo‘lsang, ahdimga
vafo qilib, mukofot bilan qarshilayman. Agar omonatimga xiyonat qilgan bo‘lsang, omonatni talab
qilib, jazo bilan kutib olaman". Alloh taoloning ushbu so‘zlari bunga ishoradir: