Ona tili asosiy blok
1.Bir olim shunday degan ekan:
-Nodonga nodonligi tufayli til tekkiza ko'rma! Aks holda sendan ibrat olib,seni ... o'rnida ko'radi.
Ushbu gapdagi nuqtalar o'rniga qo'yilishi kerak bo'lgan so'z berilgan javobni toping.
A)oqil B)ziqna C)do'st D)raqib
2.Deyl Karnegi unga shunday ta'rif beradi: ,, U hech qancha turmaydi, ko'p narsaga qodir emas.U hadya qilingan odam boy bo'ladi,hadya qilgan odam esa kambag'allashib qolmaydi.Uning davomiyligi bir lahza,ammo xotiramizda abadiy qoladi.Uni sotib olish,so'rab olish,o'g'irlab olish behuda.Chunki u chin dildan taqdim etilgandagina qadrli. ,,U'' nima?"
A)nigoh B)diyor C)tabassum D)ishonch
3.Og'ir taqdiringizdan istaganingizcha shikoyat qilishingiz mumkin,biroq hammada ham muammo bor.Qulay fursat tasodifan kelib qolmaydi,o'zingiz uni yaratishingiz kerak bo'ladi.Hech kim siz uchun qaror qabul qilmaydi.Biror reja tuzganingizda o'z maqsadingizga yaqinlashayotgandek bo'lasiz.Agar rejalar qog'ozda qolib ketsa,hech qanday ahamiyatga ega bo'lmaydi.
Ushbu gapdagi olmoshlar haqidagi to'g'ri fikr berilgan javobni toping.
A)gapda gumon,so'roq,ko'rsatish olmoshlari ishtirok etmagan.
B)olmoshning tuzilishiga ko'ra to'rt turi ishtirok etgan
C)gapda belgilash,bo'lishsizlik,o'zlik,kishilik,ko'rsatish olmoshlari qatnashgan
D)gapda sodda yasama olmosh besh o'rinda qatnashgan
...Matnni o'qing va savollarga javob bering.
1.,,Boburnoma" -kitobxon uchun go'yo ko'p seriali film.Bu ulug' ko'zguda deyarli 50 yillik Movarounnahr,Xuroson,Hindiston va ularga yondosh mamlakatlarda kechgan voqea-hodisalar tizilishadi va kitobxon ko'z o'ngida namoyish etiladi.
2.Bobur-buyuk podshoh,mumtoz shoir,nazariyotchi adabiyotshunos,faqih,tilshunos,san'atshunos,etnograf,hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida ko'pqirrali faoliyat va ijod sohibi edi.Birgina "Boburnoma" uning yigirmadan ortiq sohalarga qiziqqaniga yaqqol misoldir.
3.Asardagi voqea-hodisalar muayyan ma'noda uning qismat sarguzashtlariga chambarchas tutashib ketgan.Shuning uchun asarni boshdan oxirigacha o'qigan kitobxon o'smir Boburni ,yigit shahzoda Boburni,oshiq Boburni,umrbod jangovar lashkarboshi Boburni,podshoh va mutafakkir,mehribon ota Boburni barcha zafar-u mag'lubiyatlari,fazilatlari-yu,nuqsonlari bilan ravshan tasavvur eta oladi.Muallif ,, Boburnoma"ni yozish uchun qo'liga qalam olgan kunidan boshlab voqea-hodisalar talqini va kishilar shaxsiyatiga doir fikr-mulohaza,ma'lumotlarning faqat rostini yozishga ahd qilgan: " Bo'lgan voqealarni rost yozganman.Chunki bu asarda shu narsa lozim topilganki,har so'zning rosti bitiladi va har ish aynan qanday voqe bo'lgan bo'lsa, shunday aytiladi",-deb yozadi u.
4.Bobur mardlikda himmati yuksak davlat arbobi edi.Hirotdan Kobulga borishda qor otning qornidan keladigan yo'llarda o'zi oldinga tushib qor tepib,lashkarga yo'l ochadi.Boshqalar g'orda qor bo'ronidan jon saqlasalar,Bobur qorda o'ra qozib,o'sha yerda tong ottiradi.Shuning uchun ham ,, Boburnoma"ni fransuz tiliga tarjima qilgan Pave de Kurteyl Boburga quyidagicha haqqoniy baho beradi: "Bobur-har qanday sinovga bardosh bera oluvchi,o'zida iroda va matonatni mujassamlashtirgan shaxs.U ishning ko'zini biladigan,qo'shinni mohirlik bilan boshqara oladigan,ularning ishonchini qozona olgan sarkarda edi".
4.Muallif nima sababdan ,, Boburnoma" ni ko'p seriali filmga qiyoslagan?
A) Kitobda Movarounnahr,Xuroson,Hindistonda kechgan 50 yillik voqea-hodisalar batafsil yozilgani va o'quvchiga juda ko'p ma'lumot berilgani uchun.
B) Kitobda Movarounnahr,Xuroson,Hindistonda kechgan 50 yillik voqea-hodisalar tizimli yozilgani va o'quvchi ma'lumotlar bilan tizimli tanisha olgani uchun
C)Kitobda Movarounnahr,Xuroson,Hindistonda kechgan 50 yillik voqea-hodisalar tizimli aks etgani va muallif bularni o'quvchining ko'z o'ngida jonlantira olgani uchun
D)Kitobda Movarounnahr,Xuroson,Hindistonda kechgan 50 yillik voqea-hodisalar tizimli aks etgani va o'quvchi buni o'z ko'zi bilan ko'rgani uchun
5."Boburnoma" da Boburning butun umr yo'li aks etgani haqidagi xulosa matnning qaysi qismida berilgan?
A) 1-qismida
B) 2-qismida
C) 3-qismida
D) 4-qismida
6.Muallif "Boburnoma" dan olingan quyidagi fikrlarni aynan keltirishdan nimani maqsad qilgan?
Bo'lgan voqealarni rost yozganman.Chunki bu asarda shu narsa lozim topilganki,har so'zning roati bitiladi va har ish aynan qanday voqe bo'lgan bo'lsa,shunday aytiladi.
A)Muallif ushbu parchani keltirish orqali Boburning rostgo'yligi haqida ma'lumot bermoqchi bo'lgan.
B)Muallif ushbu parchani keltirish orqali o'zining Bobur haqidagi fikrlarini dalillamoqchi bo'lgan.
C)Muallif ushbu parchani keltirish orqali "Boburnoma" ning shakli va mazmunidan o'quvchilarni xabardor etmoqchi bo'lgan.
D)Muallif ushbu parchani keltirish orqali o'quvchilarni asarni o'qishga qiziqtirishni maqsad qilgan.
7.Bo'lishsizlik ifodalovchi -ma qo'shimchasi fe'l tarkibida -moq; -moqda; -moqchi kabi qo'shimchalar mavjud bo'lganda fe'lga qo'shila olmaydi.
Ushbu ma'lumot...
A)to'g'ri B)noto'g'ri
8.Inkor ma'nosi ba'zan so'zlashuv uslubida,demakki,badiiy uslubda ham ohang (intonatsiya) yordamida ifodalanishi mumkin.
Ushbu qoidaga mos gap berilgan javobni toping.
A) Men hech qachon bu ishni qilmayman.
B) Ammo mendan so'rasang, Marg'ilondagi na qudamizni va na kelinimizni hech bir vajh bilan kamsita olmayman,balki bizga quda bo'lmoqqa eng muvofiq kishilar edi.
C)Bir kuni egarga o'ngarib,opqochaman-ketaman,-dedi o'tni tizzasiga bosib.
-Topib bo'ptilar keyin!
D)Otabek na Yusufbek hojiga,na O'zbek oyimga va na Hasanaliga Marg'ilondan tez qaytib kelish sababini aytmagan.
9.Mamlakat ichkarisida yoki chet elda,foyda ko'rish maqsadida,biror korxona yoki iqtisodiyotning muayyan tarmog'iga kapital qo'yish,kiritish va shunday kapitalning o'zi.
Ushbu ma'lumotga oida atama berilgan javobni toping.
A) investitsiya B) barter C)birja D)marketing
10.Ayiruv bog'lovchisi qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lab kelgan javobni toping.
A)Avazjon goh kitobga,goh daftarga chizib o'ynar edi.
B) Bozorga borganimizda na choyxonaga kirdik,na boshqa joyga borib ovqatlandik
C)Bu bola bir menga qaraydi,bir ustozimga qaraydi
D) Azizxon o'quvchilarga ba'zan kulib,ba'zan jahl qilib gapirar edi
11.Olloh taolo Odamga yaproq berganligi uchun anjir daraxtini jazoladi.Ma'lumki,barcha yeguliklar uch turli bo'ladi: birining tashi yeyilur-olma,nok kabi,birining ichi yeyilur-yong'oq,bodom singari,birining tashi yeyilmas,ichi yeyilur-qovun,tarvuz kabi.Ammo anjirning tashi ham yeyilur,ichi ham yeyilur.
Ushbu parchada narsa otlari necha o'rinda ishtirok etgan?
A) 9 o'rinda B)10 o'rinda C)11 o'rinda D)12 o'rinda
12.ISHONCHLI so'ziga sinonim bo'lgan so'z ishtirok etgan gapni belgilang.
A)Marg'ilon fuqarosi Mirzakarim qutidor ham shu jazoga sazovor tutiladir.
B)Ziyo shohichi vaqtida hukumatka ma'lim qilmag'ani uchun zindong'a mahkum bo'lur.
C)Otabek otasining vakolati bilan bu yerdagi fuqarolarni oyoqlandirmoqchi bo'lgan.
D) E'timodlik bir kishining shahodatiga binoan Otabekning bog'iylig'i ma'lum bo'lgan.
13.Qaysi qatordagi gapda paronimlarning qo'llanishi bilan bog'liq xato mavjud?
A)Ot chopsa,gumburlar tog'ning darasi
B)Majlisda kamchiliklar birma-bir sanalib,ularni tezda bartaraf etish kerakligi qayt etilsin.
C)Butun qishloq ahli hasharga chiqib,jonbozlik ko'rsatdi.
D)Yaxshiga yondash,yomondan qoch,bolaginam.
14.Bu mo'ysafid Hotamtoy emas,
Valiy emas,keksa nuroniy.
U olamga berib turgan dars-
O'zbeklarning toza iymoni.
Yuqoridagi parchada to'liqsiz fe'l qatnashgan.
Ushbu ma'lumot....?
A)to'g'ri B)noto'g'ri
15.,,Ertaga" degan so'z ikkilanuvchan odamlar va bolalar uchun o'ylab topilgan.
Berilgan gapda fe'l yasovchi qo'shimchalar qaysi so'z turkum(lari)dan fe'l yasashga xizmat qilgan?
A)ot va sifatdan B)son va otdan C)ravish va sondan D)son va fe'ldan
16.Grammatik nomoslik berilgan javobni toping.
A)otasini suyandi B)qarg'a sayradi C)shomda oy bo'zardi D)takror-takror aytdi
17.Imlo qoidasiga ko'ra to'g'ri yozilgan so'z berilgan javobni toping.
A)audiovezual B)audiovezuol C)audiovizual D)audiovizuval
18.Olmoshning qaysi ma'no turi deyarli har doim turlangan bo'ladi?
A)ko'rsatish B)kishilik C)o'zlik D)birgalik
19.Quyidagi qaysi gapda -dir qo'shimchasi yuklama hisoblanadi?
A) Kimdir eshikni qattiq taqillatdi.
B) Sening kechagi o'rtoqlaring kelgandir.
C)Sen bu bolaga yaxshilab yozdir
D)O'zbekistonning poytaxti toshkentdir.
20.Quyidagi qaysi so'zlarga DEMOQ,TORTMOQ,SOLMOQ so'zlarini qo'shish orqali fe'l hosil qilishimiz mumkin?
A)taqlid so'zlarga B)undov so'zlarga C)modal so'zlarga D)ko'makchilarga
21." Bir devonaman,mendan qochar devonalar.
Suvda ko'rsam aksimni,o'z aksimdin alhazar,
Xasta soyamga solmasman nazar.
Ushbu parcha qaysi asar qahramoni tilidan aytilgan?
A),, Ulug'bek xazinasi" B),,Ruhlar isyoni" C),, Jaloliddin Manguberdi" dramasi D),, Sohibqiron" dramasi
22.Hasbi hol tarzida yozilgan ,, Endi qaytmam uyimga" she'ri muallifini toping?
A)G'afur G'ulom B)Sergey Yesenin C)Pushken D)Erkin Vohidov
23.Bu asarda ,jumladan,buyuk sohiqiron bobomiz Amir Temur,diniy ma'rifatning ulug' namoyondalari,
<> Ismoil ota,Avliyo ota, <> Xo'ja Ahmad Yassaviy,<< Navoiyni mahliyo qilgan donishmand>>, mashhur shoir Otoyi singari ulug'lar hayoti va faoliyati chuqur ehtirom bilan tilga olinadi.
Ushbu ma'lumot qaysi asar haqida ekanligini toping.
A),,Yulduzli tunlar" B),, Navoiy" romani C),,Sohibqiron" dramasi D),, Yetti zog'ora qissasi"
24.Abdulla Qodiriy nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan asar berilgan javobni toping.
A),,Sharqdan kelayotirman" B),,Otamdan qolgan dalalar" C),,Chinor" D),,Ot kishnagan oqshom"
25.,, To'g'ri,urush qurbonsiz bo'lmaydi,buni ona ham yaxshi tushunadi,biroq o'g'lining jasadi ko'milmasdan jang maydonida qolib ketgani unga sira ham tinchlik bermasdi.Achchiq qayg'u,poyoni yo'q o'y-xayollar ona qalbini poralar edi".
Ushbu ma'lumot qaysi asardan olingan?
A),,Urushning so'nggi qurboni" B),,Asrga tatigulik kun" C),,Dunyoning ishlari" D),,Ikki eshik orasi"
26.Bu ijodkor mashhur hind eposi ,, Kalila va Dimna" , Abdurahmon Jomiyning ,, Silsilat uz zahab" asarlaridan xabardor bo'lgan.
Ushbu ma'lumot qaysi ijodkor haqida?
A) Xoja B)Gulxaniy C)Abay D)Navoiy
27.,,...Tahoratda qo'l-oyoqni bandigacha yuvmoqning farz-sunnat ekanini bilmay,uch barmog'idan birini yuvib,ikkisini yuvmay qo'yar edi".
Ushbu ma'lumot quyidagi qaysi asar qahramoni haqida?
A),,Zarbulmasal" B),,Qissasi Rabg'uziy" C),,Shum bola" D),,Ufq"
28.Qaysi asar bilan badiiy adabiyotimizga fojia tasviri qayta kirib kelgan?
A),,Sevgim sevgilim" B),,Yoz yomg'iri" C),,Ufq" D),,Chinor"
29.Asqad Muxtor qaysi asari orqali katta ijodkorlar nazariga tushgan?
A),,Opa -singillar" B),Po'lat quyuvchi" C),,Chinor" D),,Bizning avlod"
30.,, Yetti dengiz" asari muallifi berilgan javobni toping.
A)Navoiy B)Fuzuliy C)Jomiy D)Ganjaviy
Muallif: Suhrob Sadatov