Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
47
Mana shu ma’nolar yordamida "gunohlarning ba’zisidangina tavba qilish mumkin emas, negaki 
ular dunyoni istash (shahvat) va Alloh taoloning g‘azabiga duchor bo‘lish jihatidan o‘xshashdir", 
degan qarashning noto‘g‘riligi ayon bo‘ladi. Ha, kimdir aroq ichishdan tavba etib, musallas ichishdan 
tiyilmasligi mumkin. Har holda u gunohning ozini qilib, ko‘pidan tavba qilyapti. Chunki, gunohning ko‘p 
bo‘lishi azobning ko‘payishiga sababdir. U ojizligi darajasida istaklariga bo‘ysunadi. Aksincha, Alloh 
taolo uchun ba’zi istaklaridan voz kechadi ham. Bamisoli, tabib tomonidan meva-chevalarni 
yeyishdan ogohlantirilgan bemor kabi. U ba’zan mevadan oz-oz totadi, ammo undan yeyishni 
ko‘paytirmaydi. 
Demak, aynan o‘xshash ikkita gunohning bittasidan tavba qilib, ikkinchisidan tavba qilmaslik 
mumkin. Tavba qilmngan gunoh yo shiddatda, yo shahvatga maylda tavba qilinmagan gunohdan 
farqlanadi. Qachon tavba qiluvchining e’tiqodida mana shu tafovut hosil bo‘lsa, uning qo‘rqinchi va 
nadomatidagi farqni tasavvur etish mumkin. Keyin gunoh tarkidagi farqlar ham oydinlashadi. 
Gunohga nadomat chekishi, nadomatiga sodiq qolishi gunohni tark etish uchun qiliigan azmiga 
bog‘liq. Mana shulardan so‘nggina u gunoh qilmagan kishilar safiga qo‘shiladi, garchi Allohning 
barcha buyruq va qaytariqlariga itoat qilmagan bo‘lsa ham. 
"Zinoga ojiz bo‘lib qolgan odam, ojiz bo‘lishidan ilgari sodir etgan gunohidan tavba qilsa, tavbasi 
durust bo‘ladimi?" 
degan savolingga: "Yo‘q, durust bo‘lmaydi", deb javob beramiz. Chunki, tavba 
pushaymonlikdan iborat. Pushaymonlik gunohni tark etishga rag‘bat uyg‘otadigan azmni paydo qiladi. 
"Gunohni tark etish" deganimizda, gunohni qilishga qodir bo‘lmay qolish natijasidagi tarkni emas, 
balki gunoh ishga qodir bo‘la turib, uni tark etishni nazarda tutyapmiz. 
Balki kimdir zinoga qodir bo‘lmay qolganidan so‘ng, daf’atan butun qalbri bilan zinoning zararini 
to‘la anglab, nafsida zinoga qarshi cheksiz nafrat tuyishi mumkin. Bu o‘t, bu hasrat, bu nadomat shu 
darajaga yetadiki, shu tobda u kishida shahvat istagi uyg‘onsa edi, nadomat alangasi uni kuydirib kul 
qilardi. Umid qilamiz, kechikib bo‘lsa ham qilingan bu pushaymon gunohga kafforat bo‘ladi, 
yomonlikni o‘chiradi. Bamisoli, jinsiy zaif bo‘lib qolishdan oldinroq tavba qilib, keyin o‘lib qolgan kishi 
shubhasiz tavba qiluvchilar jumlasidan hisoblangani kabi. Garchi shahvatga undovchi, shahvatga 
imkon beruvchi holat unga yuzlanmagan bo‘lsa ham. Uning tavba qiluvchilar jumlasidan bo‘lishining 
sababi shuki, nadomati yuksak darajaga yetdi, shu maqomda uning maqsadi yomonlikdan yaxshilik 
tomon burildi. 
Demak, jinsiy zaiflashib qolgan kishi ham ilgari sodir etgan gunohi — zinodan qattiq 
pushaymonga botib, tavbasi maqbul bo‘ladigan darajaga yetishi mumkin. Chunki, kishi nimanidir 
xohlasa, ozgina xavf yordamida o‘zini o‘sha narsani tark qilishga qodir deb biladi. Holbuki, Alloh taolo 
uning qalbini. uning kanchalik nadomat chekayotganini bilguvchi Zotdir. Ehtimol, Alloh uning tavbasini 
qabul qilar. 
Bu ma’nolarni anglash gunohning zulmat ekanini anglashga borib taqaladi. Ikki narsa gunoh 
zulmatini qalbdan ketkazadi: nadomat o‘ti va kurash shmddati (ya’ni kelajakda gunohni takrorlamaslik 
bilan nafsga qarshi kurashni kuchaytirish). Shahvat yo‘qolishi bilan kurash to‘xtaydi. Albatta, agar 
nadomat kuchaysa, kurashning ishtirokisiz, nadomatning o‘zi ham gunoh zulmatini yo‘q qilishi 
mumkin, bu muhol emas. Aks holda: "Agar tavba qiluvchi tavbadan so‘ng ozgina muddat yashab, shu 
muddat ichida tavbaga sabab bo‘lgan gunoh xususida nafsi bilan bir necha marta tortishmas ekan, 
tavbasi qabul emas", degan bo‘lar edik. Lekin shariat tavbada bunday shartga dalolat qilmaydi. 
Faraz qilaylik, ikkita tavba qiluvchidan birining nafsi gunohga mayl qilishdan to‘xtadi. Ikkinchining 
nafsida esa, bu mayl hali o‘lgani yo‘q, lekin nafs egasi unga qarshi kurashyapti, imkon darajasidan 
uning yo‘lini to‘sishga harakat qilyapti. Bu tavba qiluvchilardan qay biri afzal? 
Bilgilkim, bu masalada olimlar ixtilofga borishgan. Ahmad ibn Abu Havoriy va Abu Sulaymon 
Doroniyning ashobi deydi: "Nafsiga qarshi kurashyotgan tavba qiluvchi afzaldir. Chunki, unda tavba 
bilan birga nafsga qarshi jihod fazilati ham bor". 
Basralik olimlar: "Avvalgi tavba qiluvchi afzaldir. Chunki, u sustlik qilayotgan bo‘lsa ham, 
gunohdan to‘xtadi. Narigisi esa nafsiga qarshi kurashayotgan bo‘lsa-da, hali gunohdan to‘xtamadi. 
Shuning uchun avvalgi kishining tavbasi keyingisinikidan sog‘lomroq va haqqa yaqinroqdir", - 
deydilar. 
Darvoqe’, bu ikkala qarash ham to‘g‘ri, shu bilan birga, qusurdan ham holi emas. Nafsi gunohga 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin