Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

 
َﺔَﺌِّﻴﱠﺴﻟا
 
ِﺔَﻨَﺴَﺤْﻟﺎِﺑ
 
َنوُءَرْﺪَﻳَو
 
اوُﺮَﺒَﺻ
 
ﺎَﻤِﺑ
 
ِﻦْﻴَﺗﱠﺮَﻣ
 
ْﻢُهَﺮْﺟَأ
 
َنْﻮَﺗْﺆُﻳ
 
َﻚِﺌَﻟوُأ
 
"Ana o‘sha zotlarga sabr qilganlari sababli ajr-mukofotlari qayta-qayta ato etilur. Ular 
yaxshilik bilan yomonlikni daf qilur..." 
(Qasas surasi, 54). 
Uchinchi tabaqa: 
Bu tabaqadagi kishi tavba qiladi, biron muddat tavbasiga sodiq qoladi. Keyin 
shahvatlar g‘olib kelib, istaklarga taslim bo‘ladi. Ba’zi gunohlarni sodir etadi. Lekin shu bilan birga u 
toatlarga beriladi, qilishni xohlab, qilishga qodir bo‘la turib, ayrim gunohlarni tark etadi. Ha, u bir yoki 
ikki istakka taslim bo‘lgan. Lekin Alloh taolo agar qudrat bersa, u bu istaklarni to‘la mag‘lub etishni, 
shu bilan ularning yomonligidan saqlanishni juda istaydi. Istagi amalga oshib, orzusi poyoniga yetgan 
zahoti u pushaymon bo‘lib deydi: "Koshki bu gunohni qilmasam edi. Endi tavba qilaman. Gunohga 
yetaklaydigan bu istakni mag‘lub etish uchun nafsim bilan kurashaman!" Lekin u nafsining 
vasvasasiga uchadi, tavbani iloji boricha orqaga suradi, kundan kunga kechiktiradi. Bu nafs "an-
nafsul musavvila", ya’ni tilanuvchi nafs deyiladi. U haqda Alloh taolo aytadi: 
 
ﺎًﺌِّﻴَﺳ
 
َﺮَﺧﺁَو
 
ﺎًﺤِﻟﺎَﺻ
 
ﻼَﻤَﻋ
 
اﻮُﻄَﻠَﺧ
 
ْﻢِﻬِﺑﻮُﻧُﺬِﺑ
 
اﻮُﻓَﺮَﺘْﻋا
 
َنوُﺮَﺧﺁَو
 
"Yana boshqa bir kishilar borki, gunohlarini e’tirof qilurlar. Ular yaxshi amalni
boshqa — 
yomoniga aralashtirib yuborganlar" 
(Tavba surasi, 102). 
Toki ibodatda davom etib, gunohlaridan nadomat chekar ekan, bu toifaning taqdiri umidlidir. 
Alloh taolo ularning tavbasini qabul qilsa, ajabmas. Agar tavbani orqaga surib, kechiktirsalar, buning 
oqibati xatarli. Tavba qilmasdan burun vafot etib qolsalar, ishi Yaratuvchining xohishiga havola. Alloh 
o‘z fazli bilan ularning xatolarini o‘nglab, afv etsa, peshqadamlar safiga qo‘shiladilar. Mabodo, 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin