Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
27
daraxtiga to‘kayotgaimmni ko‘rdim", - dedi u. "Agar qaramog‘ingda sotib olgan cho‘ring bo‘lsa, uning 
ilgarigi taqdirini surishtir. Albatta, sen go‘dak paytingda onang asirga tushgan. Chunki zaytun daraxti 
zaytun yeg‘ining aslidir. Asldan chiqqan narsa, albatta, aslga qaytadi", deb javob qildi Ibn Sirin. Keyin 
u kishi bu holatni o‘rganib, shunga amin bo‘ldiki, qaramog‘idagi cho‘ri u go‘daklik paytida asir tushib 
ketgan o‘z onasi ekan. 
Yana bir kishi Ibn Siringa: "Tushimda to‘ng‘izlarning bo‘yinlariga marjon taqayotganimni ko‘rdim", 
- dedi. Ibn
 
Sirin unga: "Hikmatni hikmat ahliga emas, hikmatdan begona odamlarga sochayotgan 
ekansan", deb aytdi. Bu tush ta’biri ham Ibn Sirin aytganidek bo‘lib chiqdi. 
Ta’bir yo‘li boshda-noxir ramzlardan iborat bo‘ladi. Ta’birlardagi ramziy masallar qissadan hissa 
chiqarishni o‘rgatadi. Biz masal deganda suratdagi ma’noni nazarda tutyapmiz. Agar masal 
ma’nosiga diqqat qilsang, to‘g‘rilikni topasan. Agar surati, shakliga boqsang, yolg‘ondek tuyuladi. 
Masalan, uzukdagi muhrning faqat shakliga nazar solgan muazzin u bilan farjlarni muhrlash 
mumkinligiga ishonmaydi. Chunki, hech qachon farjlar muhr bilan muhrlanmagan. Agar muazzin 
ramzlar ma’nosiga nazar solsa, masalning to‘g‘riligiga ishonadi. Negaki, ramzlar masalning ma’nosini 
ochib beryapti. Og‘izlarning muhrlanishi yeyishichishdan tiyilish, farjlarning muhrlanishi — jinsiy 
aloqadan tiyilish ma’nosini anglatyapti. 
Darhaqiqat, payg‘ambarlar (alayhimussalom) ham ummatlariga haqni izhor qilar ekan, masallar 
bilan murojaat etganlar. Chunki, ularga odamlarning aqllari ko‘taradigan darajada gapirish vazifasi 
topshirilgan. Odamlarning aql darajasiga kelsak, ular uykudadirlar. Uyqudagi kishiga narsalar 
mohiyati tush orqali namoyoi bo‘ladi. Zero, insonlar o‘lgach, uyg‘onurlar va tushning haqiqat ekanini 
anglaydilar. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
"Mo‘minning qalbi Rahmonning ikkala barmog‘i orasidadir", deganlar. 
Bu misolni olim kishilargina anglaydi. Johillar ta’vil deb nomlanmish tafsir ilmidan bexabar 
bo‘lgani uchun bu misolning zohiridan nariga o‘tolmaydi. Natijada Alloh taoloni qo‘l va barmoq bilan 
tasavvur qiladilar. Alloh taolo bunday noqis tasavvurlardan yuqori va ulug’dir. Shuningdek, 
"Albatta. Alloh Odamni o‘zining suratida yaratdi", hadisidagi "surat" so‘zini ham rang, shakl, 
hay’at sifatlari bilan izohlashadi. Lekin Alloh taolo bandaga xos
 
bunday sifatlardan pok va yuksak 
zotdir. Ba’zida xudosiz kishilar oxirat manzaralari xususida keltiridaan masallarni uydirma deb topib, 
inkor qilishadi. Chunki, ularning nazari zohiriy surat atrofida qotib qolgan, ichlari esa ziddiyatga to‘la. 
Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: 
"Qiyomat kuni o‘lim ko‘zlariga oq tushgan qo‘y suratida keltiriladi, so‘ngra so‘yiladi" (Muttafaqun 
alayh). Xudosiz ahmoqlar bunday xabardan jazavaga tushishadi. Bu xabarni payg‘ambarlarning 
yolg‘onchi ekaniga dalil sifatida keltirib: "Ajabo! o‘lim moddiy bo‘lmagan borliq, qo‘y esa moddiy bir 
jism bo‘lsa, qanday qilib moddiy bo‘lmagan borliq moddiy jismga aylanishi mumkii? Yo‘q, bu muhol 
narsa!" deyishadi. 
Ha, o‘sha ahmoqlarning bu ish sir-asroridan voqif bo‘lishlari anchayin mushkul. Alloh taolo ularni 
bu ma’rifatdan uzoqlashtirgan: 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin