Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
1
Abu Homid G’azzoliy
Ihyou ulumid-din
TAVBA KITOBI
Tarjimon va lug‘at tuzuvchi filologiya fanlari nomzodi
Rashid Zohid
"Movarounnahr" 2003
Ushbu kitob ulug’ imom, “Hujjatul-Islom” Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad Abu Homid At-
Tusiy Al-G’azzoliyning Bayrutda nashr qilingan IV jildlik “Ihyou ulumid-din” (“Din ilmlarini jonlantirish”)
asaridan tanlandi.
Kitobda tavba amali bilan bog’liq barcha holat-xususiyatlar Qur’on, hadis va solih
salaflarimizning so'zlari asosida batafsil yoritilgan.
“Tavba kitobi”dan
Islom tarixi, iymon asoslari va taqvo masalalariga qiziqqan keng kitobxonlar
ommasi foydalanishlari mumkin.
ِﻢﻴِﺣﱠﺮﻟا
ِﻦَﻤْﺣﱠﺮﻟا
ِﻪﱠﻠﻟا
ِﻢْﺴِﺑ
TAVBA SABOG’I
Jamiki maxluqoti ichra insonni mukarram etib yaratgan, insonlar ichida bizni musulmonlar
jumlasidan qilgan Alloh taologa hamdlar bo‘lsin!
Insonni jaholatdan ma’rifatg‘a. zulmdan
adolatga, halokatdan iajotga boshlagan hidoyat elchisi
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga durud va salovotlar aytamiz.
"Odam farzandlarining barchasi ko‘p xato qilguvchidir. Xato qilguvchilarning yaxshisi tavba
qiluvchilaridir",- deb marhamat qiladi so‘zlaguvchilarining eng rost-go‘yi Rasululloh sallAllohu alayhi
vasallam.
Demak,
xato qilish, adashish bandaga xos tabiat. Undan qochib qutilishning iloji yo‘q.
Mavlono Jaloliddin Rumiy aytganlaridek:
Zindagi omad baroyi bandagi,
Zindagi bebandagi sharmandagi.
Ya’ni: "Tiriklik shubhasiz bandalikdur,
Bandaliksiz tiriklik sharmandalikdur"
Darhaqiqat, banda borki,
gunohdan holi emas, muhimi, sodir etilgan xatoni tan olish, uni o‘z
vaqtida tuzatish. Bu ish esa, faqat tavba bilangina amalga oshadi. Zero, Qur’oni Karimda zikr etilgan
mavzularning barchasi jiddiy e’tiborga molik mavzulardir. "Tavba"
aynan shunday markaziy
mavzulardan biri desak, yanglishmaymiz.
Binobarin, Alloh Rasulining biz ummatlarga ko‘rsatgan yo‘li ham tavba yo‘lidir. Hidoyat tavba
yo‘lidan bosh-lanadi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning sa-hobalari ham,
ulardan
so‘nggilar va ulardan so’nggilar ham shu yo‘ldan yurdilar. Agar tarixga nazar solsangiz, ulamo
ummatning butun hayoti tavba sabog‘idan iborat.
Hujjatul islom Abu Homid G’azzoliyning "Ihyou ulum-id-din" asaridan olingan ushbu kitob ham
tom ma’noda tavba sabog‘idan dars beruvchi qo‘llanmadir. Bu qo‘llanma
bizni tavba jarayoniga olib
kiradi, shu jarayon ichida biz tavba neligini, tavbasiz yashash mumkin emasligini, anglaymiz, nihoyat,
tavba qilishni o‘rganamiz.