Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
6
I bob
Tavbaning mohiyati haqida
Tavba nima?
Bilgilki, tavba uch bosqichdan iborat. Birinchi
bosqich -
ilm,
ikkinchi bosqich -
hol
va uchinchisi -
fe’l.
Bu bosqichlarning har biri o‘zidan keyingi bosqich uchun zaruratdir.
Chunki Allohning mulk va
malakutga joriy etgan qonunidagi uzluksizlik shuni taqozo qiladi.
Ilm — gunohlar tufayli sodir bo‘lib, banda bilan uning suyukli narsalari orasini to‘sadigan ulkan
zararni aiglash.
Bu ulkan zararni to‘la anglagan kishi qalbiga g‘olib bo‘ladi.
Bu anglash suyukli
narsasini boy bergan qalbda alam-og‘riq paydo qiladi. Qalbda yo‘qotish hissi ortgani sayin alamning
shiddati ham kuchayadi. Mahbubini o‘zining bir yomon fe’li sabab boy
bergani uchun qalb afsus
chekadi. Qalbning bu og‘rig‘i — nadomat deyiladi. Og‘riq ichkarini butunlay egallab olganidan so‘ng
qalbda iroda esa qasd deb atalgan o‘zgacha bir holat namoyoya bo‘ladi (qasd - gunohni tark etishni
maqsad qilish, shu maqsad tomon qadam tashlash).
Tavbaning bugun, kelajak, o‘tmishg‘a bog‘liq jihatlari bor: mahbubdan to‘suvchi gunohlarni
bugun
tark qilyapsan; mahbubdan
ayiruvchi gunohga kelgusida
minba’d qaytmaslikka azm etding;
shu azm o‘tmishdagi xatoning o‘nglanishiga umid uyg‘otadi. Bu yaxshiliklarning avvali ilmdir. Ilm
deyilganda iymon va yaqin (shak-shubhasiz, aniq va haqiqiy bilish) nazarda tutilyapti. Gunohlarning
do‘zaxdan
tinimsiz esib turadigan, badanlarni ilma-teshik qilib yuboradigan samum shamoli yanglig‘
halokatli ekanini tasdiqlash iymondir. Bu tasdiqni ta’kidlab, shubhalardan butkul xalos bo‘lish va
tasdiqning qalbni to‘la egallashi esa yaqindir.
Dostları ilə paylaş: