ilm (gunoh neligini anglash),
nadomat va
azm bilan mukammal bo‘ladi. Kimki
gunohlar mahbubdan uzoqlashishga sabab bo‘lishini anglamas ekan, nadomat neligini anglamaydi.
Nadomat chekmagan kishi dard neligin anglamaydi. Kimki dard chekmas ekan, demak, qaytmaydi.
"Qaytish"ning ma’nosi gunohlarni tark etish va ularni qayta qilmaslikka azmdir. Shubhasiz, bu
uch ma’no, ya’ni ilm, nadomat va azm mahbubga yetish yo‘lidagi zaruratlardir. Xullas, basirat nuridan
hosil bo‘lgan iymon quvvati shu tarzda namoyon bo‘ladi.
Aksar xalq bu baland cho‘qqiga ko‘tarila olmaydi. Taqlid va ergashish ularning najot qal’asidir.
Keling, tavba haqida Alloh taoloning kalomi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va
salaflarimizning so‘zlariga diqqat qilaylik:
َنﻮُﺤِﻠْﻔُﺗ ْﻢُﻜﱠﻠَﻌَﻟ َنﻮُﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا ﺎَﻬﱡﻳَأ ﺎًﻌﻴِﻤَﺟ ِﻪﱠﻠﻟا ﻰَﻟِإ اﻮُﺑﻮُﺗَو "Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki (shunda)
najot topsangizlar" (Nur surasi, 31). Bu mlohiy amr hammaga qarata aytilgan:
ﺎًﺣﻮُﺼَﻧ ًﺔَﺑْﻮَﺗ ِﻪﱠﻠﻟا ﻰَﻟِإ اﻮُﺑﻮُﺗ اﻮُﻨَﻣﺁ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﺎَﻬﱡﻳَأ ﺎَﻳ "Ey mo‘minlar, Allohga holis tavba qilinglar" (Tahrim surasi, 8). Oyatdagi "nasux" so‘zining
ma’nosi: "Holis Alloh taolo uchun", "shubhalardan holi bo‘lib", deganidir. Alloh taoloning ushbu so‘zi
tavbaning fazilatiga ochiq dalolat qiladi: