َﻦﻳِﺮِّﻬَﻄَﺘُﻤْﻟا ﱡﺐِﺤُﻳَو َﻦﻴِﺑاﱠﻮﱠﺘﻟا ﱡﺐِﺤُﻳ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ "Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutuvchilarni sevadi" (Baqara
surasi, 222).
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam deydilar:
"Tavba qiluvchi kishi Allohning suyg‘an qulidir. Gunohdan tavba qilar ekan, go‘yo u
gunohi yo‘q
kishi kabidir" (Ibn Moja rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Mo‘min bandasining tavbasi Allohni ko‘nroq
quvontiradi... yonida ulovi, ulovida taomi va suvi bo‘lgan bir yo‘lchi qo‘rqinchli, xavf-xatarga boy,
notanish bir joyda to‘xtadi. Safar davomida horib-charchagani bois o‘sha yerda ozgina mizg‘idi.
Uyg‘onib qarasa, yonida ulovi yo‘q. Ulovini rosa izladi. Borgan sari kun qizib, tashnalik ichini
yondirardi. "Allohning xohlagani bo‘ldi, endi joyimga qaytib, o‘sha yerda bo‘lay. Balki, ko‘zim ilinib,
uyquda jonim chiqqanini sezmay qolarman", - dedi o‘ziga o‘zi. Keyin boshini bilagiga qo‘yib, go‘yoki
jon taslim qilishga hozirday bir holda yotdi. Bir payt uyg‘onib qarasa, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, yo‘l ozig‘i
va suvlari ortilgan ulovi qarshisida turardi. Shunday paytda ulovini topgan kishining quvonchi
qanchalik kuchli, samimiy bo‘ladi! Mo‘min bandasi qilgan tavbadan Alloh taoloning quvonchi
bundanda kuchliroqdir" (Muttafaqun alayh).
Hasan Basriydan rivoyat qilinadi: "Odam alayhissalom Alloh taologa tavba qilgach, farishtalar
bundan mamnun bo‘lishdi. Jibril va Mikoil (ularga Allohning salomi bo‘lsin) Odam alayhissalom oldiga
tushib deyishdi:
- Ey Odam, Alloh bergan, ko‘zlaringni quvontirgan bu tavba senga muborak bo‘lsin!
Odam alayhissalom so‘radilar: