Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
18
Abdulloh ibn Umar rozmyallohu anhu deydi: "Kimki
gunohini eslab alam cheksa, keyin qalbida
bundan qo‘rquv hosil bo‘lsa, uning bu gunohi Ummul kitobdan (Lavhul mahfuz) o‘chiriladi".
Rivoyat qilinadi: "Bani Isroil payg‘ambarlaridan biri gunoh sodir etdi. Alloh taolo unga vahiy qildi:
"...Ulug‘ligim haqqi, agar yana takrorlasang, albatga seni azoblayman". Shunda u: "Ey Rabbim, Sen
Sensan, men menman. Ulug‘ligingga qasamki, agar o‘zing
meni asramasang, shaksiz yana gunohga
botaman". Keyin Alloh taolo uni gunohdan saqladi".
O’tgan azizlardan biri deydi: "Banda bir gunohni sodir etar ekan,
to jannatga kirguncha undan
pushaymon yeydi. Shunda Iblis: Koshkiydi, uni gunohga botirmagan bo‘lsam", deb afsus chekadi".
Habib ibn Sobit deydi: "Qiyomat kuni kishiga gunohlari ko‘rsatiladi. Keyin u gunohi yonidan
o‘tayotib: "Axir men gunohdan qo‘rqmasmidim?!" deb aytadi. Shunda uning gunohi kechiriladi.
Rivoyat qilinishicha, bir kishi Ibn Mas’ud
roziyallohu anhudan; "Sodir etgan gunohim uchun tavba
bormi?" deb so‘radi. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu undan yuzini o‘tirdilar. Keyin yana unga qayrilib
qaradi va ko‘zlaridan yosh oqayotganini ko‘rdi. So‘ng unga dedi: "Jannatning
sakkizta eshigi bor,
bittasidan boshqa barchasi ochiladi va yopiladi. Faqat bitta tavba eshigigina doimo ochiqdir.
Eshikning yopilmasdan ochiq turishi uchun bitta farishta tayinlangan. Bas, noumid bo‘lma, solih
amal qil!"
Abdurahmon ibn Abu Qosim deydi: "Alloh taoloning:
Dostları ilə paylaş: