Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc


ْﻢُآِﺪْﻬَﻌِﺑ ِفوُأ يِﺪْﻬَﻌِﺑ اﻮُﻓْوَأَو ْﻢُﻜْﻴَﻠَﻋ ُﺖْﻤَﻌْﻧَأ ﻲِﺘﱠﻟا َﻲِﺘَﻤْﻌِﻧ اوُﺮُآْذا َﻞﻴِﺋاَﺮْﺳِإ ﻲِﻨَﺑ ﺎَﻳ



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/88
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73856
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

 ْﻢُآِﺪْﻬَﻌِﺑ ِفوُأ يِﺪْﻬَﻌِﺑ اﻮُﻓْوَأَو ْﻢُﻜْﻴَﻠَﻋ ُﺖْﻤَﻌْﻧَأ ﻲِﺘﱠﻟا َﻲِﺘَﻤْﻌِﻧ اوُﺮُآْذا َﻞﻴِﺋاَﺮْﺳِإ ﻲِﻨَﺑ ﺎَﻳ
 
"Allohga tavba qiling. Shunda men ham ahdga vafo qilaman..." (Baqara surasi, 40) 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
16
َو ْﻢِﻬِﺗﺎَﻧﺎَﻣﻷ ْﻢُه َﻦﻳِﺬﱠﻟاَو
 َنﻮُﻋاَر ْﻢِهِﺪْﻬَﻋ
)
٨
(
 
"Ular (ya’ni mo‘minlar) o‘zlariga ishonilgan omonatlarga va bergan ahdu paymonlariga 
rioya qiluvchi kishilardir" (Mo‘minun surasi, 8). 
Shartlar to‘liq bo‘lganida tavbaning shubhasiz maqbulligi 
Bilgilki, agar "qabul" (qabul bo‘lish) so‘zining ma’nosini fahmlasang, har qanday sahih tavbaning 
maqbul ekaniga shubhang qolmaydi. Qur’on nurlaridan quvvat olib, basirat ko‘zi bilan ko‘ruvchilar 
biladilar: har qanday salim qalb Alloh huzurida maqbuldir; oxiratda Alloh taologa qo‘shni — yaqin 
bo‘lish saodati bilan ne’matlangandir; Alloh taoloning diydoriga boqiy ko‘z bilan nazar solishga 
hoz1fdir. Qalb aslan salim yaratilishi, har bir chaqaloq islomiy fitratda dunyoga kelishi, keyinchalik 
gunohlar g‘ubori va zulmati qalb salomatligini yemirishi ularga ma’lum. Ular biladilar: nadomat o‘ti 
gunohlar g‘uborini .kuydirib kul qiladi, yaxshi amallar nuri yomon amallar zulmatini qalbning yuzidan 
sidirib tashlaydi, 
Kir quyqasi sovunning ko‘pirtirishiga, tun sharpasi Kuyosh yog‘dusiga dosh berolmaganidek, 
ma’siyatlar zulmati savob amallar nuriga toqat qilolmaydi. Bu dunyo sultonlari kir ko‘ylakni libos 
o‘rnida qabul qilmas ekan, nechun butun olamlar rabbi bo‘lgan Alloh taolo qoraygan qalbni o‘ziga 
qo‘shni — yaqin bo‘lishga munbsib bilsin?! * Iflos yumushlarda ishlatilgan libos kir bo‘lgani kabi 
shahvatlar yo‘lida ishlatilgan qalb ham kirlanadi. Kirini ketkazib, toza qilish uchun libosni issik suvda 
sovun bilan yuvish lozim. Qalb esa, tavba ko‘z yoshlari va nadomat o‘ti bilan govilsaptna, bunday 
kirg‘uborlardan poklanadi. Har qanday toza libos yoqimli bo‘lganidek, qalb ham po kiza bo‘lsagina 
maqbuldir. Tozalik va poklash sizning zimmangizda. Qabul esa taqdiri azaliyda bitib qo‘yilgan, Alloh 
taolo huzuridan beriladigan ne’matdir. Ulug‘ va qudratli Alloh uni o‘z kalomida "falah" (najot) deb 
nomladi: 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin