www.ziyouz.com кутубхонаси
36
edilar (Muslim rivoyati).
Demak, bu mavzudagi xabarlar ancha ziddiyatli va ishtibohga to‘ladir.
To‘rtinchi rutba. U saodatga erishganlar rutbasi. Bu rutba egalari muqallid (taqlid qiluvchi)
emas. Balki, ular barcha yaxshi amallarga peshqadam bo‘lguvchi, Alloh taologa yaqin qilinguvchi orif
zotlardir.
Muqallidlar jannatda nechog‘li yuksak darajalarga erishmasinlar, ularning bari ashobul yamin
jumlasidan bo‘ladilar. Peshqadamlar esa, muqarrab, ya’ni Allohga yaqin qilinuvchilardir. Bu toifa
haqida Qur’onda bayon qilingan. Alloh taoloning bayonidan so‘pg yana qanday bayon bo‘lishi
mumkin! Bu olamda u tomfani ta’birlashga imkon yo‘q:
َنﻮُﻠَﻤْﻌَﻳ اﻮُﻧﺎَآ ﺎَﻤِﺑ ًءاَﺰَﺟ ٍﻦُﻴْﻋَأ ِةﱠﺮُﻗ ْﻦِﻣ ْﻢُﻬَﻟ َﻲِﻔْﺧُأ ﺎَﻣ ٌﺲْﻔَﻧ ُﻢَﻠْﻌَﺗ ﻼَﻓ ) ١٧ ( "Bas ularning amallariga mukofot qilib, ular uchun yashirib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini biron jon bilmas" (Sajda surasi, 17).
Ushbu qudsiy hadis ham shu ma’noga ishoradir: "Solih bandalarim uchun shunday bir ne’matni
hozirlab qo‘ydimki, uni na ko‘z ko‘rgan, na quloq eshitgan, hech bir inson zoti uni xayoliga ham
keltirmagan" (Buxoriy. Muslim rivoyati).
Oriflar bu dunyoda inson tasavvuri sig‘dirolmaydigan bir holat sog‘inchida yashaydilar. Ular
jannatdagi ko‘shk hurlar, mevalaru sharoblar, sutlaru asallar, zebuziynatlarga och emas, ular bu
ne’matlar bilan qanoatlanmaydilar. Ularning yagona orzusi - Alloh jamoli. Aslida, eng buyuk saodat va
eng oliy lazzat ham shudir.
Alloh rahmatiga olsin, Robia al-Adaviyadan: "Jannatda nimaga rag‘bat qilgan bo‘lardingiz?" deb
so‘rashibdi. "Avval qo‘shni, keyin uy", deb javob bergan ekan Robia.
Bu shunday qavmki, ularni uy va uning ziynatidan ko‘ra, uy egasiga muhabbat ko‘proq mashg‘ul
qilgan. Bu muhabbat ular uchun barcha narsadan, hatto o‘zlaridan ham ortiqdir. Ular ma’shuqiga
butkul berilgan, bor g‘ami, butun fikru zikri ma’shuqining diydoriga yetish bo‘lgan oshiqqa o‘xshaydi. U
ma’shuqining ishqiga g‘arq, ishq yo‘lida bexudu benavo, oyoqlariga sanchilgan tikonlarni sezmaydi.
Bu holat "o‘zidan foniy bo‘lmoq", deb ta’bir qilinadi. Buning ma’nosi, o‘zining o‘zgaga singib
ketmog‘i, qalbidagi har xil g‘amlarning bitta g‘amga aylanmog‘idir. Bu g‘am uning mahbubi, endi uning
vujudida boshqa mahbub uchun joy yo‘q. Endi u na o‘ziga, na o‘zidan boshqasiga boqadi.
Oxiratda ko‘zlar quvonchini hadya etadigan holat mana shudir. Bu quvonch dunyo kishisining
ko‘ziga notanish, tasavvuridan yiroq. Xuddi ko‘rning ko‘zlariga ranglar, karning quloqlariga saslar
notanish bo‘lgani kabi. Qachonki, ko‘rish va eshitishni to‘sib turgan pardalar ko‘tarilsagina, ular o‘z
holatini idrok qila boshlaydi, ko‘z va quloqlari ochilmasdan ilgari bunday holatni tasavvur ham qila
olmaganlarini aniq anglaydilar.
Darhaqiqat, dunyo pardadir. Parda ko‘tarilishi bilan haqiqat ochiladi. Ana o‘sha payt shkiza
hayot epkini joilanadi: