Nazarov orif pul va bank



Yüklə 16,41 Kb.
tarix04.02.2023
ölçüsü16,41 Kb.
#82885
Komiljon mikro


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


Bank ishi fakulteti bank ishi va auditi yo’nalishi 2 kurs bia-95 guruh talabasi NAZAROV ORIF


PUL VA BANK


  1. Qog’oz pullar va kredit pullarining farqlari

Qog’oz pullar. Pulning bu turi haqiqiy pullarning vakili bo’lib, pulning
muomala funktsiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.Qog’oz pullar yuzaga kelishining quyidagi bosqichlarini keltirish mumkin.
1 bosqich - tangalarning uzoq vaqt muomalada bo’lishi, qo’ldan-qo’lga o’tish natijasida emirilishi;
2 bosqich - tanganing metall tarkibining buzilishi. Davlat tomonida ongli
ravishda davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalarning metall (oltin, kumush) miqdorining kamaytirilishi;
Bu bosqichda tanga tarkibining buzilishiga oltin, kumush va boshqa
qimmatbaho metallarni qazib chiqarishining qiyinligi, ularning zaxiralarining kamligi ham sabab bo’lgan.
3 bosqich - davlat tomonidan emission daromad olish maqsadida xazina
biletlarining chiqarilishi.
Birinchi qog’oz pullar XII asrda Xitoyda chiqarilgan deb ko’rsatiladi
adabiyotlarda. Lekin, tarixiy ma’lumotlarga asosan 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar, Buxoro davlatida qog’oz materiallardan pul sifatida foydalanilgan ekan.
Qog’oz pullar Amerika va Evropada XVII- XVIII asrlarda , Rossiyada 1769 yilda chiqarilgan.
Qog’oz pullar deb huqumat tomonidan byudjet taxchiligini qoplash uchun
chiqarilgan, metall pullar almashtirilmaydigan, lekin davlat tomonidan ma’lum kursi o’rnatilgan pul belgilariga aytiladi.
To’la oltin va kumushdan bo’lmagan tangalar muomalada pul sifatida
ishlatilsada, ularning nominal miqdori real miqdoridan farq qilgan. Shunday bo’lsa ham bu tangalar ma’lum miqdordagi metallni ifodalagan. Qog’oz pullar bo’lsa, muomalaga chiqarilgan vaqtda va keyin ham uzoq yillar davomida ma’lum bir miqdordagi oltinni o’zida ifoda qilgan. Ammo biz bilamizki, biror davlatning pulida metallning zardasi ham bo’lmagan, ya’ni ular qiymatni belgilab bergan xolos.
Qog’oz pullarning emitenti bo’lib, yoki davlat xazinasi yoki emission bank hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida muomalaga pul belgilarini O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki chiqaradi. Qog’oz pullar-ning tabiati, ularning inflyatsiyaga moyilligini ko’rsatadi. Qog’oz pullarni muomalaga chiqarishda pul muomalasi qonuni talablarini e’tiborga olish kerak. Lekin, amaliyotda har doim ham shu talablar e’tiborga olinavermaydi. Pul muomalaga tovar aylanishi ehtiyojini
qoplash uchungina chiqarilishi kerak. Yoaqiqatda pul yuqoridagidan tashqari byudjet
taqchilligini, davlatning boshqa xarajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi, ya’ni
emissiya miqdori tovarooborot bilan cheklanmasdan davlatning moliyaviy resurslarga
bo’lgan talablariga bog’liq bo’ladi. Bu albatta, muomaladagi pul massasining
o’zgarib turishiga, aksariyat hollarda uning muomalaga keragidan ortiqcha chiqib
ketishiga olib keladi. Natijada pulning barqaror-ligiga putur etadi, uning qadri
tushadi, xalqning davlatga bo’lgan ishonchi pasayadi, to’lov balansining barqarorligi
yo’qoladi, (passiv qoldiq hajmi ortadi) milliy valyutaning kursi tushadi va h. q.
Kredit pullar.
Ishlab chiqarish va tovarooborotning rivojlanishi, metall pullarning
etishmasligi kredit munosabatlarning rivojlanishiga olib keladi. Tovar va to’lov
oborotining ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir
qatorda kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan.
Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to’lov
vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.
Kredit pullar o’zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish
uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog’oz pullardan farq qilib
ular bir vaqtning o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo’lib, kreditor va qarz
oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy
turlaridan biri veksel hisoblanadi.
Yüklə 16,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin