Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc


«Endi albatta payg‘ambar yuborilgan kishilar bilan ham, yuborilgan



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

«Endi albatta payg‘ambar yuborilgan kishilar bilan ham, yuborilgan 
payg‘ambarlar bilan ham savol-javob qilurmiz. Endi albatta ularga, bilgan 
holimizda, (qilib o‘tgan ishlari haqida) so‘ylab berurmiz. (Zotan) Biz g‘oyib-
yo‘q emas edik, (balki barcha narsaga guvoh bo‘lib turgan edik)» (A’rof, 6-7-
oyatlar). 
«Parvardigoringiz nomiga qasamki, albatta, ularning barchasidan qilib 
o‘tgan ishamallari haqida so‘raymiz» (Hijr, 92-93-oyatlar). 
Alloh savolni payg‘ambarlardan boshlab, deydi: 
«Alloh payg‘ambarlarni to‘plab: «Sizlarga (ya’ni, qilgan da’vatingizga 
ummatlaringiz tomonidan) qanday javob bo‘ldi?— deb so‘raydigan kunida, ular: 
«Biz bilmaymiz. Faqat Sening O’zinggina g‘ayb ilmlarining bilim-donisan- 
deydilar» (Moida, 109-oyat). 
U Kunning shiddati payg‘ambarlarning aqlini shoshiradi, bilganlarini unuttiradi. 
Ularga: «Xaloyiqqa payg‘ambar qilib jo‘natildingiz, qani, nima deysiz?» deyilsa, garchi 
bilsalarda, dahshatdan javob berolmay qolishadi va: «Bizda ilm yo‘q, O’zing g‘ayblarni 
bilguvchisan» deydi ular Qiyomatning xaybati bosib. Xaqiqatan ham o‘sha payt ularning 
bilganlari aqlini tark etadi va Alloh taolo quvvat bergunicha unut bo‘ladi. 
Keyin Nuh alayhissalom chaqiriladi va unga: «Haqni yetkazdingmi?» deyiladi. U: 
«Ha» deb javob beradi. So‘ngra uning ummatidan: «Sizlarga haqni yetkazdimi? deb 
so‘raladi. «Biz bu odamni tanimaymiz!» deyishadi. 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
Iso alayhissalom keltiriladi va Alloh taolo unga deydi: 
«Ey Iyso binni Maryam, odamlarga: «Allohni qo‘yib, meni va onamni xudo 
qilib olinglar!» deb sen aytdingmi..?» (Moida, Ib-oyat). Iso alayhissalom bu savol 
haybatidan bir necha yillar iztirobda qoladi. 
Ha, u ulur Kunda payg‘ambarlar ham shunday savollarga tutiladi. Keyin farishtalar 
kelib: «Ey falonchining o‘g‘li falonchi! Amallaring ko‘rsatiladigan yerga kel!» deya 
odamlarga birma- bir nido qilishadi. Ana o‘sha payt tizzalar qaltirab, jamiki a’zolar 
titroqqa tushadi, aqllar lol qoladi. Ba’zi qavm qabih amallari Parvardigori huzu-rida 
namoyish qilinishidan, yashirib yurganlari xaloyikning oldida ochilib qolishidan or etib
jahannamga haydalishni orzu qilib kolishadi. 
Savol bogalanigaidan avval Arshning nuri yorishadi: 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin