Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
xalaqit beradimi? — so‘radilar Allohning rasuli. 
— Yo‘q, deyishdi. 
Shunda Rasululloh dedilar: 
— Nafsim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, Rabbingizni ko‘rishga ham hech narsa 
xalaqit berolmaydi. Banda Parvardigoriga yuzma-yuz qilinadi, Alloh taolo bandasiga 
deydi: «Seni mahluqotning eng mukarrami va sayyidi qilmaganmidim? Seni jufti xaloling 
bilan qo‘shmaganmidim, ot va tuyalarni senga bo‘ysundirmaganmidim?..» 
— Ha, shunday, deydi bandasi. 
— Menga albatta yuzma-yuzma bo‘lishingni o‘yladingmi? — so‘raydi Alloh taolo. 
— Yo‘q, deydi bandasi. Shunda Alloh taolo bandasiga: 
— Meni unutganing kabi Men ham seni unutdim, deydi» (Imom Muslim rivoyati). 
Uyla va tasavur et, ey miskin! Farishtalar yelkangdan ushlagan ko‘yi Allohning oldida 
turibsan, so‘rokqa tutilyapsan: «Yigitlikni senga ne’mat etib berdim, uni nimalarga 
sarflading? Umrni muhlat etib berdim, uni qaylarga sovurding? Senga rizq o‘laroq mol 
berdim, halol yo‘l bilan topdingmi, infoq qildingmi? Seni ilm bilan mukarram etdim, 
bilganlaringga amal qildingmi? 
Alloh O’zining ne’matlarini va sening gunohlaringni, O’zining yaxshiliklarini va sening 
yomonliklaringni birma-bir sanayotgan paytda xijolatu sharmandalikdan qanday ahvolga 
tushasan? Agar inkor qilsang, a’zolaring senga qarshi guvohlik beradi. 
Anas roziyallohu anhu dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. 
Bir payt u zot jilmayganday bo‘ldilar va daf’atan: 
— Bilasizlarmi, nega kuldim? dedilar. 
— Alloh va Uning rasuli bilguvchiroq, dedik. 
— Bandaning o‘z Parvadigori bilan bo‘layotgan suhbati meni kuldirdi. Banda: «Ey 
Rabbim, meni zulmdan qaytarmadingmi? deydi. «Qaytardim» - deydi Alloh taolo. 
Shunda banda: «Rabbim, nafsimga o‘zim tomondan bir guvoh bo‘lsin» deya so‘radi. 
«Nafsing seni bugun hisob-kitob kilishga, «kiromin kotibin» amallaringni yozib boruvchi 
farishtalar guvohlikka kifoyadir» dedi Alloh taolo. 
Keyin bandaning og‘zi muhrlanadi, a’zolarga «Gapiring!» deya amr qilinadi. A’zolar 
bandaning barcha ishlarini birma-bir aytadi. Keyin bandaga so‘zlash ixtiyori beriladi
Banda afsus-nadomatlar bilan a’zolariga qarata: «Sizlarga halokat bo‘lsin, men sizlarni 
qanday ayardim-a?!» deydi (Muslim rivoyati). 
Ey Alloh! Mo‘minning gunohini bekitib, O’zingdan o‘zgaga bildirmaslik va’dang bor. 
A’zolar egasiga qarshi guvohlik bergan paytda xaloyiq oldida sharmanda bo‘lishdan 
O’zing asra. 
Bir kishi Ibn Umardan so‘radi: «Payg‘ambar alayhissaom «najva» ( sirlashuv) haqida 
nima deganlar?» Payg‘ambar alayhissalom (bu haqda) aytadilar. Kimdir 
Parvardigoringizga yaqin boradi. Parvardigori olam u kishini himoyasiga olib: «Falon-
falon ishlarni qilding!» deydi. «Ha, qildim» deydi bandasi. «Falon-falon ishlarni ham 
qilding!» deb Alloh unga yana boshkd amallarini ham eslatadi. «Ha, qildim» deya banda 
barchasini tan oladi. Shunda Alloh taolo: «U (foniy) dunyoda gunohlaringni yashirdim. 
Bu Kun (Qiyomatda) ularni kechiraman» deydi» (Muslim rivoyati). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kimki bir mo‘minning aybini bekitsa, 
Qiyomatda Alloh taolo uning aybini bekitadi». Allohning bu marhamati odamlarning 
ayblarini bekitadigan, ularning nuqsonlariga toqat etib, yomonliklarini ovoza 
qilmaydigan, g‘iybatdan tiyiladigan mo‘min bandalar uchun umid etiladigan nasibadir. 
Zero, bunday mo‘min banda Qiyomatda ayni amaliga muvofiq mukofotlanishga 
munosibdir. 
Nega parishonsan, xayollaring qayga sochilgan? O’zingni yig‘ib, bir jiddiy o‘yla. Alloh 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin