Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Yüklə 255 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/76
tarix01.01.2022
ölçüsü255 Kb.
#50845
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

25

munosabat ya muomala o’rnatinglar! 



Ya’ni, dinga yumshoqlik va kenglik bilan kirishinglar. O’z joningizga ibodatlarni mashaqqatlik 

qilmanglar! Dinda mo’’tadil o’rin topinglarki, agar toatga cha-qirilsangiz gazab kelmasin. 

 

Zero, barcha narsaning o’z o’rni, uslubi va mohiyati bor. Shu o’rni, uslubi va mohiyatidan ajratib



boshqa maqsadda ishlatish joiz emas. 

 

Yana janobimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: 



-Bilki, bu nafs va jasad o’zingni markabingdir, ya’ni uzoq va yaqin manzillarga eltuvchi ara-vangdir. 

Shunday ekan, unga yumshoqlik bilan, mu-loyimlik bilan, quvvati va imkoniyatlari doirasida 

muomalada bo’l! 

 

Mazkur hikmatli ma’nolarni xalq maqoli ham chi-royli ifodalagan: «Az zuri behuda miyona 



meshikanad». Ya’ni, kuchi yetmaydigan, aqlu-idroki hazm qilmaydigan ishga zo’r berib chiranishlik 

belni sindiradi, kishini mayib-majruh qiladi. 

 

Oliyhimmatli, serg’ayrat, irodali, qat’iy xulq so-hibi bo’lmoq ilm tapab qilishda zarur bo’lgan insoniy 



fazilat hisoblanadi. Kishi o’z himmatu g’ayrat qanoti ostida kushdek uchadi. Ya’ni, ozod qush o’z 

makoniga to’si-qsiz yetib olganiga o’xshash, inson ham o’z g’ayrat-shijoati bilan o’ylagan orzu-

umidiga erishadi. 

Shoir Abu 

Тoyyib fikrlarini shunday ifodalabdilar: 

 

Hayot ishlari misoli bir tarozu, 



Niyat qaroricha bo’lur umidu orzu. 

Mumtoz bo’lsang muruvvatu saxovatda, 

Egam ustun qilar izzatu karomatda. 

Donolik ulug’ ne’mat, yet qadriga har soat, 

Noshukrlik chaqirur shanoatu malomat. 

Qutlik bil yoshlardagi beg’ubor yoshlikni 

Shu bilan yoshi ulug’lar. ulug’ligin bil buyuk. 

Yoshlarda bor qobiliyat, quvvatu zo’r intilish 

Boshqasida chukur tajribayu ogohlik. 

 

Insonga orzulari azmu-qarori, qat’iyatligiga qarab beriladi. Allohtaolo insonning saxovat va 



muruvvatiga qarab fazilat, izzat-ikrom va boshqa yaxshiliklarni beradi. Sen yoshlardagi yoshlikni ulug’ 

bil va kattalarning ulug’ligini yoshlar oldida arzimas bil! Yoshlikdagi imkoniyat, zehn, kuch-quvvat va 

sihatsalomatlik bebaho boylik sifatida insonga ulug’ligini namoyon qiladi. 

 

Har qanday maqsadga erishish uchun insonga jiddi-jahd qilish, himmatli va serg’ayrat bo’lmish asosiy 



omildir Agar biron kishi Imom Muhammad ibn al-Hasanning kitoblarini hammasini yod olishni iroda 

qilib, bunga kirishsa, ya’ni himmat va g’ayrat ko’rsati-shi kerak. Himmat, g’ayratiga muvozabat - 

bardavom va izchil shug’ullanishni ham qo’shsin. Mana shunda maqsadiga erishadi. Ammo bu 

xislatlarni jamlamasdan harakat qilsa, maqsadlariga deyarli erishmaydi yoki orzulari komil amalga 

oshmaydi. 

 

«Makorimul ahloq» kitobida shayxul islom, ustoz Rizouddin annishopuriy a.r. yod eturlarki, hazrat Zu-



lqarnayn butun dunyoni, mag’ribu mashriq mulkini tasarrufiga olishni iroda etganlar. Shunda 

atrofidagi olimu donishmandlarga mashvarat qilgan. Ulardan: 




Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

 

 




Yüklə 255 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin