Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Yüklə 255 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/76
tarix01.01.2022
ölçüsü255 Kb.
#50845
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

38

buyurilardi. Kasb-hunarni yaxshilab o’rganib, keyin ilm o’rganishga qo’yilar edi. Shunda tolib 



tamagirlikdan xoliy bo’lar, odamlarning ko’lidagi molu boyliklariga umid-vor bo’lishdan tiyilar edi. 

Odamlarni ko’lidagi mollariga qarab qolgan kishi, tama qilgan, albatta, o’zini faqir qiladi,- deb 

hikmatlarda bayon qilingan. 

 

Ammo olim kishi tamagir bo’lib qolsa, unda na ilmning va na shariatning hurmati qoladi. 



Тama’ 

orqasidan hamma narsani poymol qiladi va mol-mulk undirish uchun haqiqatni gapirmaydi, balki 

shariat hukmlarini noto’g’ri talqin qilib, uni dunyo topish uchun kasb qilib oladi. Mana shuning uchun, 

sohibi shariat janobimiz (s.a.v.) tamadan panoh tilaganlar: 

-Parvardigoro! Insonni pastkashlik va razillik, qabohatlarga yaqinlashtiruvchi va unga giriftor qiluv-chi 

tama’dan panoh so’rayman!- deb duo qilib, ummatlarga ham bu haqda ta’lim berganlar. 

 

Demak, imonli kishi yolhiz Allohdan umid qilmog’i, faqat O’ziga umid qilmog’i kerak ekan. Yana 



Alloxdan qo’rkuv, xavfda bo’lishi zarur. Bu, shariat chegarasida mustahkam turishi bilan bilinadi, agar 

chegaradan o’tsa, unda 

Хudodan qo’rqmagan bo’ladi. Ya’ni, birovning fikri bilan gunohga qadam 

qo’ysa, xavfini yo’qligi isbot bo’ladi. Shuning uchun ham, agar 

Хudodan qo’rqib unga osiy bo’lmasa, 

maxluqiga itoat qilmasa, 

Хudoning hududidan chiqmasa, u Allohdan qo’rkhan bo’ladi. Umid qilishda 

ham, mana shunday yo’l tutish kerakdir. 

 

Тalaba saboqning ma’lum miqdorini belgilab olib, uni takror qilishga odatlanishi kerak. Shunday qilsa, 



qalbi bu odatga qaror topib, o’ylagan maqsadiga yetishadi. 

Тakrorni ushbu tartibda amalga oshirish 

ma’qul bo’ladi: 

-kechagi saboqni besh marta

-o’tgan kungi saboqni to’rt marta; 

-o’tgan kundan avvalgi kun saboqini uch marta; 

-uch kun oldin olgan saboqini ikki marta; 

-to’rt kun oldin olgan sabog’ini esa bir marta takror qilishi maqsad sari olib boradi. Mana shu odati 

takrorlashga ham, yodda saqpashga ham mos va yengilroqdir. 

 

Тolib takror va yodlashlarini bo’shashib, past ovoz bilan va majolsiz qilmasligi kerak, bunga 



odatlanmasligi juda lozim. Darsni va takrorni g’ayratu-kuv-vat, tetiklik bilan, ziyrak bo’lib qilishi 

shartdir. Lekin o’zini qiynab, zo’rlab baland ovoz bilan ham qilmasin! Chunki, o’zini qiynab qo’ysa, 

tetikligi ham bo’shashib, keyinchalik takrordan bezib ketadi. Keyin takrorni to’xtatib ko’yadi. Zero, 

janob Rasululloh (s.a.v.): 

-Amallarning xayrlisi o’rtachasidir,- deb aytganlar. Hikoya qilishlaricha, hazrati Abu Yusuf (a.r.) doi-

mo shunday kuvvat va ziyraklik bilan muzokara o’tka-zardilar. Bu zotning kuyovlari kuch-quvvat, 

tetik va hushyorligidan hayratlanar edilar. 

 

- Men bu zotni besh kundan beri tuz totmaganini yaxshi bilaman, u kishi och, ammo bunday 



quvvatlariga men zo’r taajjubdaman,-der edilar. 

 

Тolib bo’sh qolish, dangasalik va zaiflikdan saqlanishi kerak. Chunki, bularning barchasi ilm 



ofatidandir. Shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy (a.r.) hazratlari: 

-Men ilm tahsil qilish davrimda sheriklarimdan ko’ra peshqadam edim. Chunki, o’zimga hech bo’sh 

vaqt aj-ratmadim, sustkashlik va dangasalikdan uzoq bo’ldim,-deganlar. 

Shuningdek, shayxul islom, hazrat Imbijobiy (af.) hikoya qiladilar: 

-Ilm tahsil qylish va o’rganish davrimda o’n ikki yil biron bir muddat forig’lik va ham dangasalik 

menga ro’y bermadi. Mol-mulk kifoyaligi uchun ham, sherigim bilan chiqib, munozara va muzokara 




Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

 

 




Yüklə 255 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin