11-FASL. ILM OLISHDA PARHEZ VA
ТAQVO HAQIDA
Janob sarvari Koinot (s.a.v.):
-Hikmatning boshi taqvodir, -deganlar.
Hikmatning avvaliyu oxiri, barchasi foyda, kattayu kichigining qiymati yo’q boylikdir. Bu hadisi sharif
hukmi bilan foyda va boylikning kalitini qo’lga kiritish yo’lini bildirdilar.
Hazrati Ali karramallohu vajhahul karimdan quyidagi hadis sharif keltirilgan:
-Qaysi bir inson qirq kun halol taomlar tanovul qilib, qirq kun namozlarini jamoat bilan o’qisa, par-hez
va har qadamini taqvo bilan bossa, Alloh qalbiga xotirjamlikni nozil qilib, tiliga hikmatlarni joriy qilib
qo’yadi.
Janob Rasululloh (s.a.v.) yaxshiliklar asosi ta-qvo va parhez ekanini bildirganlar. Parhez va taqvo
deganda:
-shubha, makruh;
-qilsa gunoh, beadab bo’ladigan;
-oqibati yomonlikka keladigan;
-ko’ngilda nafrat kabi tuyg’ularni uyg’otadigan;
hamda Alloh o’z Kalomi majidida, paygambarimiz muborak hadislarida
-qilmoqlikka buyurganlarni bajarishga zo’r berish;
-qilma, deb qaytarganlaridan;
-gunohligi bayon etilgan ishlardan tiyilish tushuniladi.
Demak, taqvo, parhez qilgan kishi Allohga bo’ysungan, janob payg’ambarimizga to’liq ergashgan
bo’ladi. Bu barcha foydalarning tuganmas bulog’idir.
Shuning uchun ham talaba, taqvo va parhezni o’zining yo’ldoshi qilmog’i kerak. Bir muborak hadisda:
- kim ilm talab qilayotgan vaqtida parhez va taqvoga rioya qilmasa, Alloh unga uchta og’ir balo
yuboradi. O’zi bilmagan holda qattiq imtihon qiladi:
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |