www.ziyouz.com kutubxonasi
47
Barcha buzg’unchi, ahli fojir, fosiqlardan ham ehtiyot bo’lish parhez va taqvo hisoblanadi.
Gunoh ishlarga chaqiruvchi, bekorchi va dangasalardan nari bo’lish ham taqvo va parhezdir. Chunki,
«suhbatta’sirini o’tkazuvchidir», suhbatdosh o’z asarini qoldiradi. Bu toifa kishilar bilan muomala
qilish tez fursatlarda ularning doirasiga kirib borishi bilan yakunlanadi. Keyin bundan qutilishning iloji
bo’lmaydi.
Shuningdek, darsni qiblaga yuzlanib tayyorlash ham parhez va taqvodandir.
Janob Rasululloh (s.a.v.)ning muborak sunnati, odobu axloqlari bilan axloqlangan bo’lishi taqvo va
parhezning asosidir.
Тolibi ilm solih insonlar, duogo’y, yoshi ulug’ ota-xonu onaxonlarning duolarini olish, nazarlarini to-
pishni g’animat bilishi kerak. Albatta mazlum va bosh-qalarning qarg’ish va yomon duolaridan
saqlanmog’i shart bo’ladi.
Hikoya qilishlaricha, ikki kishi yoshlik chog’larida ilm talabida uzoq yurtlarga ketgan ekanlar. Uzoq
yurtlarda g’ariblik va qancha mashaqqatlar chekib bir necha yillardan so’ng o’z vatanlariga qaytib
kelgan ekanlar. Bu vaqt davomida bir birlaridan ajralmabdilar. Ammo birlari yetuk olim darajasiga
yetibdi, sherigi esa ilm egallay olmabdi. Shunda diyorlarining olimlari bu holdan hayron bo’libdilar.
Keyin o’zlaridan qanday o’qiganlari, takrorlari qay holda bo’lgani va qanday o’tirib ta’lim olganlari
haqida so’rabdilar.
Ilmga noil bo’lgan yigit doim qiblaga yuzlanib o’tirgani, tahorat bilan o’qiganini, takrorlari ham mana
shunday bo’lganini aytibdi.
Sherigi esa, qiblaga orqa qilib o’tirib dars va tak-ror qilar ekan. Shunda shahar olim va ulug’lari
shunday hulosaga kelibdilar:
Ka’baga yuzlanmoqlik va hurmaginie’tirof etganining barakoti bilan unga ilmdan nasibasi mustahkam
yetgan. Shundan olim va faqihlik darajasiga erishgan.
Хulqu odobi bilan kishilarning samimiy mehr va
ehtiromlarini qozongan. Duolari fazilati mana shu maqomga sohib qilgan,- debdilar. Ka’baga
yuzlanishuni ulug’lash sunnat amallardan hisoblanadi. Faqat zarurat vaqgdagina boshqa tomonga
yuzlanish joizdir.
Aytishlaricha, bir duosi mustajob inson haligi yigitni haqqiga duo qilgan ekan.
Тolibi ilm sunnat va odob hisoblangan amallarni bajarishga qattiq turishi kerak.
Hayotiy tajribalardan ma’lumki, kim sunnat va odob amallarini pisand qilmasa, ularni ixlos bilan ba-
jarmasa sunnat va uning barakotlaridan mahrum bo’ladi. Sunnatni mensimagan va fazilatlaridan
mahrum kishi, farzlardan ham, ya’ni savobu ajrlaridan benasib bo’ladi. Kim farz amallariga ahamiyat
bermasa, ix-los va e’tiqod bilan ado etmasa o’z oxiratidan mahrum bo’ladi. Mo’’minlarga berilajak
imtiyozlardan nasibasi uziladi. Ba’zilar ushbu so’zlarni barchasini janob Rasulullohning hadisi
shariflaridir deganlar.
Farz va sunnat namozlar qatorida, nafllarini ham ko’paytirish tolibning parhez va taqvosiga omillardir.
Namozni xushu’, xovf bilan va shikasta bo’lib o’qimog’i kyorak bo’ladi. Bu hol ilmiga benazir turtki
bo’lishiga shubha yo’kdir.
Shayxul islom, buyuk imom, zohid, obid, ko’p marta haj amallari bajargan Najmiddin Umar ibn
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |