www.ziyouz.com kutubxonasi
46
Birinchisi, dunyoni toatu ibodatsiz, solih amallarsiz va gunohlari mag’firat bo’lmagan holda tark etadi.
Ikkinchi, boy va behojat qilib qo’yadi. Dunyodan kam-chilik va parvardigorini eslatadigan qiyinchilik
ko’rmasdan, dunyo lazzatiga g’arq bo’lib o’tadi.
Uchinchi, sultonu amapdorlarning xizmatiga mubtalo qilib ko’yadi. Shariatningo’zigaemas, balki
Allohning ba’zi kullariga shariat nomidan xizmat qiladi,- deyilgan.
Har qanday holatda ham tolib taqvolik va parhezkor bo’lsa, ilmu amali manfaatli bo’laveradi.
Тa’limi
yengilroq va puxtaroq bo’laveradi.
Тolibi ilm parhez va taqvo qilishi uchun ba’zan kuyidagi ikii omilga rioya qilmog’i kerak:
Avvalo, haddan ziyoda to’yib ovqatlanishdan;
Ikkinchidan, ko’p uxlashdan ham saklanishi kerak. Chunki, ortiqcha taom va ko’p uxlash kishida
ishyoqmaslikni, dangasalik keltiradi va tetiklikni ketkizadi. Shuningdek, ko’p gapirish va boshqa
barcha axloqi zamimalardan saklanmog’i zarur. Bekorchi va foydasiz har qanday gap-so’zlar qiyomat
kuni qattiq azoblanishga, bu dunyoda odamlar atrofidan asta uzoqlashishlari va nafratlanishlariga
sabab bo’ladi.
Bozor uchun tayorlangan taomlardan ham saklanmog’i zarur. Chunki ulug’ zotlar bozor taomlarini
najosatga yaqin deganlar. Bir sababi, bu ovqatlar Alloh zikridan yiroq va tanovul qilgan kishini g’aflat
botqog’iga tushiradi. Unga faqirkambag’allar, yetim, bevalarning ko’zlari tushib, yeya olmaganlari
uchun ko’ngillari aziyat chekib, ko’p qiynaladilar. Bu taomning barakotini ketkizadi. Natijada shubhali
ovqatlardan bo’lib qoladi.
Hikoya qilishlaricha, shayxul islom, buyuk imom hazrati Muhammad ibn Fazl (a.r.) talabalik yillarida
bo-zorda va bozor uchun tayyorlangan taomlarni tanovul qilmas edilar. Otalari badavlat kishilardan
edilar. har juma kuni o’g’illarining taomlarini g’amlab ketar edilar. Bir kuni o’g’ilning xonasida bozor
nonini ko’rib qoldilar va bundan qattiq ranjidilar. G’azablari kelib bir necha kun gaplashmadilar.
O’g’illari ko’p uzrlar aytib:
-Uni men sotib olmadim, bunga rozi ham emasman! Uni sherigim keltiribdi. Meni avf eting!- deydi.
Otalari esa:
-Agar sen ehtiyotkor bo’lganingda edi, parhezlik va taqvodor bo’lganingda, sheriging’uni sotib olishga
jur’-at qilmas edi. Bemaza taqvoingni belgisi bo’lib, uni yemasangham xonangda turibdi,- deb
malomat qildilar.
Avvalgilar shunday taqvo va parhezkor bo’lganlar va buning sharofati bilan ilmu fiqhga va amalga
muvaf-faq bo’lganlar. Ilmni o’z o’rnilariga yetkazishga erishganlar. Shu sababdan muborak ismlari
ro’zi qiyomatga-chaboqiy qoldi.
Тaqvodor, faqih bir zot vasiyat qilgan ekanlar:
-Eng avvalo sen g’iybatdan saqlan;
-Ko’p gapiradigan kishining majlisidan zo’r berib uzoq bo’l; Qo’p gapiradigan kishi umringni,
vaqtingni zoye qiladi. Ko’p gapiruvchining barcha gaplari yolg’on va to’qima bo’ladi. Bu og’ir gunoh
bo’lib, yonida bo’lganing uning jinoyatiga sherik bo’lasan va jazosini ham birga olasan.
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |