10
ishlab chiqarish munosabatlariga mos holda amalga
oshadi.
Bozor iqtiso diyoti sharoitida har qanday ishlab
chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatni (naflilikni)
yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va
mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi,
boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir.
Har qanday mahsulot, shu jumladan bozor sharoitidagi
yoki unga o‘tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil
xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni ma’lum bir
naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli va buyumlashgan
mehnat sarfining ma’lum miqdorini o‘zida
mujassamlashtiradi. Bu tovarning o‘zaro bog‘liq va
hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu
haqda keyingi mavzuda batafsilroq to‘xtalamiz).
Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha
uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qarala di. Ishlab
chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli
foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning
samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat
jihatdan o‘sishida ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan
olganda ishlab chiqarish jarayoni hami sha naflilikni,
ya’ni iste’mol qiymatni yaratish, ko‘paytirish va
qiymatlarning o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy
maqsadi esa, iste’mol qiymatni, ya’ni nafli tovarni
yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan
foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga
qaratilishi va shunga zarur bo‘lgan sifat va miqdorda
iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo‘yishi
11
uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy
ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilarning, tadbirkorla rning
manfaati bilan bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o‘tish davrida har bir
mulk egasi yoki tadbirkor m a’lum miqdorda foyda
olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag‘lariga
nisbatan ko‘proq qiymatga ega bo‘lishni maqsad qilib
qo‘yadi. Shuning uchun ishl ab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, iste’mol qiymatlarini
yaratish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning
o‘sish jarayoni bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: