Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
27
ma’qul edi. 656 y. iyunida Usmon (ra) o‘ldirildi va A. (kv) xalifa deb e’lon qilindi. Ammo
sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda A. (kv)ga nisbatan adovatda bo‘lgan
payg‘ambar (sav)ning bevasi Oisha (ra) tarafdorlari unga qarshi bosh ko‘tardilar. Qatl
etilgan Usmon (ra)ning qarindoshi Suriya hokimi Muoviya ham A. (kv)ga
qarshi urush
e’lon qildi. 657 y. Furot daryosi o‘ng qirg‘og‘idagi Siffin degan joyda yuz bergan jangda
A. (kv) qo‘li baland kelgan bo‘lsa-da, u raqiblari bilan kelishishga ko‘ndi.
Bundan norozi
bo‘lgan A. (kv) askarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark etdilar va xorijiylar deb
atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkil qildilar. Xorijiylar raqiblariga
nisbatan yakka terror
usulini qo‘llay boshladilar. 661 y. 19 yanv.da A. (kv) Abdurahmon ibn Muljam as-Sorimiy
degan shaxs tomonidan Kufa masjididan chiqish paytida jarohatlanadi
va ikki kundan
so‘ng vafot etdi. Jasadi ana shu masjid yaqiniga dafn etilgan,
keyinchalik Najaf
qasabasiga ko‘chirilgan. Rasulullohdan 586 ta hadis rivoyat etgan. Islomda A. (kv)
shaxsiga munosabat turlichadir. Xorijiylar unga o‘ta salbiy munosabat bildirgan bo‘lsalar,
shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborganlar. Ahli sunna A. (kv) shaxsiga mo’tadil va
to‘g‘ri baho beradi. A. (kv) tarafdorlari keyinchalik islomdagi shialik (arab. - "shia" -
guruh, bu o‘rinda "Ali tarafdorlari" mazmunida) oqimini tashkil etganlar. A. (kv)
shialarning 1-imomi va shia imomlari shajarasini boshlab beruvchi hisoblanadi. Shia
yo‘nalishining ba’zi ashaddiy firqalari A. (kv) shaxsini ilohiylashtirib,
uni Muhammad
payg‘ambardan ham yuqori qo‘yadilar. O’rta Osiyo, xususan, O’zbekistonda bir necha
qadamjo va mozorlar A. (kv) nomi bilan bog‘lanib, muqaddaslashtirilgan.
Haqiqatda esa
A. (kv) O’rta Osiyo va Eronda hech qachon bo‘lmagan.
Dostları ilə paylaş: