Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
69. al-Qodir - qudratli. 
70. al-Muqtadir - qudratli, qodir. 
71. al-Muqaddim - o‘ziga yaqin qiluvchi. 
72. al-Muaxxir - o‘zidan uzoq etuvchi. 
73. al-Avval - hamma narsadan avval, boshlanishi chegarasiz. 
74. al-Oxir - hamma narsadan boqiy, oxiri cheksiz. 
75. az-Zohir - borligi hamma tomonlama bayon bo‘lmish zot.
76. al-Botin - o‘zi mavjud, lekin sezgi vositalarimizdan maxfiy zot. 
77. al-Voliy - barcha ishlarni tasarruf etuvchi hokim.
78. al-Mutaol - ulug‘, oliy martabali. 
79. al-Barr - yaxshilik va ehson sohibi. 
80. at-Tavvob - tavbalarni qabul etuvchi. 
81. al-Muntaqim - gunohkor bandalaridan o‘ch oluvchi, jazolovchi. 
82. al-Afuv - gunohlarni afv etuvchi. 
83. ar-Rauf - o‘ta mehribon, rahmati keng.
84. Molikul-mulk - mulk, saltanat, hukm sohibi. 
85. Zul-jaloli val-ikrom - sharaf va karam egasi. 
86. al-Muqsit - adolatli, odil. 
87. al-Jomi’ - to‘plovchi, qiyomat kuni xaloyiqni mahshargohga jam etuvchi. 
88. al-Raniy - boy, ehtiyojsiz. 
89. al-Mugniy - boy etuvchi, kifoya qiluvchi. 
90. al-Moni’ - do‘stlarini himoya etuvchi, noloyiqlarga o‘z ne’matlarini man etuvchi. 
91. az-Zorr - xohlagan bandalariga ofat, zarar va musibat yetkazuvchi. 
92. an-Nofi’ - xohlagan bandalariga manfaat va foyda yetkazuvchi. 
93. an-Nur - o‘z-o‘zidan borligi ayon va borliqni ham ayon etuvchi. 
94. al-Hodiy - yo‘l ko‘rsatuvchi, hidoyatga soluvchi. 
95. al-Badi’ - yaratuvchi (ixtiro ila) 
96. al-Boqiy - doimiy, abadiy mavjud. 
97. al-Voris - borliqni meros qilib oluvchi. 
98. ar-Rashid - barcha ish va tadbirlari to‘g‘ri chiquvchi. 
99. as-Sabur - gunohkor-isyonkorlarga jazo berishga shoshilmaydigan zot. 
 
ALVASTI - Sharq mifologiyasi va diniy-xurofiy tasavvurlarga ko‘ra yovuz ruh. A. 
ko‘pincha sochlari yoyilgan, ko‘kraklari uzun osilgan va badbashara ayol qiyofasida 
tasavvur etilgan. Manbalarda A. dastlab yaxshilik qiluvchi, hosildorlik, uy-ro‘zg‘or, 
yovvoyi hayvonlar va ovchilik homiysi, sahiy ma’buda sifatida tasvirlangan. Rivojlangan 
mifologik tasavvurlarning keng yoyilishi bilan esa, yovuz ruhlardan biriga aylantirilgan. 
Ba’zan A. jin, ajina so‘zlarining sinonimi sifatida ham ishlatiladi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin