Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
289
musulmonlar uchun at-T. faqat nazariy ahamiyatga ega. U faqat musulmon uchun o‘lim
xavfi tug‘ilgan chog‘idagana lozim, shunda ham u fikran izoh berishi kerak bo‘ladi.
Hoz. islom olamida, shialar ozchilikni tashkil etgan mamlakatlarda (Livan, Pokiston,
Afg‘oniston va b.) at-T. tamoyili o‘z kuchini saqlab qolgan.
TAQLID (arab. - boshqaga ergashish) - islom an’anasida nufuzli ta’limot
yoki shaxsni
to‘lig‘icha e’tirof etish va unga ergashish qoidasi. Islom ilohiyotida 11-12-a.dan keyin
ulamolarga diniy ta’limot sohasida mustaqil fikr yuritish (ijtihod) man etilgan bo‘lib,
faqat ilgarigi mujtahidlar ta’limotiga ergashish, taqlid qilish huquqi qoldirilgan.
Bu qoida
T., unga amal qiluvchi ulamolar (mujtahidlardan farq qilgan holda) muqallidlar deb
yuritilgan.
TAHAJJUD (tahajjada fe’lidan - bedor bo‘lmoq, bedorlik) - tungi namoz yoki tunda
Qur’on o‘qish. T. amaliyoti, xuddi istilohning o‘zi singari Qur’onda
qayd etilgan
(17:79/81; shuningdek, q. 51:17; 25:64/65; 76:25/26; 11:114/116; 73:1-4).
Muhammad (sav)ning Makkada yashagan davrlarida tungi ibodat farz sanalgan va
musulmonlar tunning ko‘p qismini ibodatda o‘tkazganlar. Biroq Madinada T.ning farzligi
bekor qilingan (q. Qur’on 73:20). Shunga qaramasdan islomda
tungi ibodatlar saqlanib
qolgan. Ayniqsa, ramazon oyida, tarovih (birligi - tarvixa - orom olish) o‘qish maqtovga
sazovor amallardan hisoblanadi. Tungi namozga bir yoki bir necha (13 tagacha) rakaat
qo‘shib o‘kilishi (bunda umumiy rakaatlar soni toq bo‘lishi kerak bo‘lgan) ham
ma’qullangan. Bunday namozni vitr (toq, juft emas) deb atashgan.
Hanafiylar
fikricha, vitr farz sanaladi. Boshqa mazhabdagilar uni ma’qullashadi, biroq
farz emas, deb hisoblashadi. Tungi ibodat juft rakaatlardan tashkil topsa uni shaf’
("juft") deb ataladi. Vitr yoki shaf’ni tunning xohlagan paytida amalga oshirish mumkin,
lekin u bir kechaning o‘zida ikki marta o‘qilmasligi shart. Muazzin tungi ibodatga ikki
marta chaqirishi va u "ibodat uyqudan afzal" so‘zlari
bilan boshlanishi lozim
Dostları ilə paylaş: