Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə39/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#41554
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62
19tom2011yilpdf

KOLLEKTIV XAVFSIZLIK SHARTNOMASI TASHKILOTI (ODKB) KOLLEKTIV XAVFSIZLIK KENGASHINING

MAJLISIDA SOZLANGAN NUTQ
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10 dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashining majlisida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Quyida ana shu nutq matni chop etilmoqda.
* * *
Muhtaram davlat rahbarlari.

Sizlarni qutlashga va Rossiya tomoniga, Rossiya Prezidenti Dmitriy Anatolevich Medvedevga samimiy qabul va an’anaviy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysizlar.

Bugungi sammit kun tartibidagi asosiy masala – ODKB kollektiv xavfsizlik tizimini yanada takomillashtirishdir.

Biz ODKB qarorlarining samaradorligi va ularning tezkorlik bilan qabul qilinishini ta’minlash, Tashkilotning mojaroli vaziyatlarga samarali munosabat bildirish imkoniyatlarini mustahkamlash borasidagi tashabbuslarni asosli hamda o‘z vaqtida ilgari surilgan, deb hisoblaymiz.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning bu boradagi qat’iy pozitsiyasini yana bir bor alohida ta’kidlamoqchiman: ODKBning vazifasi – bu, ODKB davlatlari o‘rtasidagi va MDH makonidagi turli qarama-qarshiliklar va mojarolarni hal etishda qatnashish emas, balki, avvalo, Tashkilotga a’zo mamlakatlarni tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iboratdir.

Biz, shuningdek, ODKBga a’zo u yoki bu davlatlar ichida «zo‘ravonlik xatti-harakatlari» yuzaga kelgan hollarda unga Tashkilotning aralashuvi yoxud ta’sir ko‘rsatishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik zarur, deb hisoblaymiz. Bizning prinsipial pozitsiyamiz shundan iborat va Tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlar to‘g‘risidagi bitimni imzolamaganimizning sababi ham shunda.

Bunda u yoki bu mamlakat ichidagi «zo‘ravonlik xatti-harakatlari» turli ssenariylar bo‘yicha, tashqi kuchlarning bevosita aralashuvi va moliyalashtiruvi orqali yuzaga kelishi mumkinligini e’tiborga olish darkor.

Shu bois «zo‘ravonlik xatti-harakatlari»ning haqiqiy tashkilotchilarini aniqlab olish zarur. Shundan keyingina muayyan qaror qabul qilish mumkin.

Joriy yil 10-14 iyun kunlari Qirg‘iziston janubida ro‘y bergan voqealar barchamiz uchun ko‘p jihatdan saboq bo‘lishi kerak. Ushbu voqealar mamlakat ichidagi qarama-qarshiliklar va mojaroli vaziyatlarning haqiqiy sababini sinchkovlik bilan o‘rganmasdan, bu jarayonlarga aralashish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini har tomonlama o‘ylamasdan, ularni hal etish uchun Tashkilotning aralashuviga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini yana bir bor ko‘rsatdi.

11-12 iyun kunlari o‘zbek millatiga mansub 100 mingdan ziyod qochqinlar, avvalambor, yordamga muhtoj xotin-qizlar, bolalar va qariyalar Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod viloyatlarida ro‘y bergan millatlararo xunrezliklardan qochib, O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysidagi chegarasini kesib o‘tdi.

Men hozir bu odamlarni joylashtirish, oziq-ovqat bilan ta’minlash, chegara hududida tartibni saqlash va ular o‘zini himoyalangan deb his qilishi uchun zarur shart-sharoit yaratish borasida yuzaga kelgan ulkan muammolar, buning uchun sarf etilgan resurs va mablag‘lar haqida gapirib o‘tirmayman.

Bu odamlar chegaradan o‘z xohishi bilan yoki Qirg‘iziston janubida yashash yoqmagani uchun o‘tgani yo‘q. Ular u yerda yuz yillar mobaynida qirg‘izlar bilan yonma-yon yashab kelgan va bundan keyin ham yashaydi. Bunga bizning ham, Qirg‘iziston Prezidenti Roza Otunboyevaning ham ishonchi komil. Qirg‘iziston janubida hamon saqlanib turgan keskin vaziyatdan chiqishning yo‘li shundan iborat ekaniga ishonaman.

Agar aholimiz o‘rtasida osoyishtalikni saqlay olmaganimizda va turli g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olmaganimizda O‘zbekistonning qariyb 300 ming qirg‘iz millatiga mansub aholi yashaydigan Farg‘ona vodiysi hududida qanday fojiali voqealar ro‘y berishi mumkinligi haqida gapirmasam ham bo‘ladi.

Roza Otunboyeva tashabbusiga binoan 11 iyun erta tongda men u bilan telefon orqali uzoq gaplashdim. Shunda men uni har qanday holatda ham

biz tomondan birorta ham odam Qirg‘iziston chegarasidan o‘tmaydi, deb ishontirdim va o‘z so‘zimning ustidan chiqdim.

O‘sh Andijon shahridan uzog‘i bilan 40 kilometr, chegaradan esa bor- yo‘g‘i 15 kilometr masofada joylashgan. Agar ushbu qaltis paytda vaziyatni nazoratda saqlab turmaganimizda, Qirg‘iziston janubidagi millatlararo qarama-qarshilik O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlatlararo qarama-qarshilikka aylanib ketgan bo‘lur edi.

Boshqacha aytganda, Qirg‘iziston janubida ro‘y bergan qonli voqealar oqibatlarini oldindan aytish qiyin bo‘lgan ulkan fojiaga aylanib ketishi hech gap emasdi.

Ushbu qonli voqealarning sababi nimada, ularning buyurtmachilari, tashkilotchilari va ijrochilari kimlar ekani – bu alohida masala.

Sizlarning e’tiboringizni quyidagi masalaga yana bir bor qaratmoqchiman. Agar bitta bo‘lsa ham harbiy xizmatchi, O‘zbekiston, Qozog‘iston yoki Rossiya harbiy xizmatchisi bo‘lishidan qat’i nazar, Qirg‘iziston chegarasidan o‘tganida, bu keyinchalik jilovlash qiyin bo‘lgan katta mojaroga olib kelishi mumkin edi.

MDH hududida bunga misollar ko‘p. Masalan, Armaniston va Ozarboyjon 20 yildan ortiq vaqt mobaynida o‘zaro maqbul bo‘lgan kelishuvga erisha olmayotir. Mojaro ro‘y bergan dastlabki yillardayoq uning yoyilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak edi. Ehtimol, shunda tomonlar bugun yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etib, o‘zaro murosaga kelgan bo‘lar edi.

Men bu misollarni har bir alohida vaziyatda biz “zo‘ravonlik xatti- harakatlari” deb atayotgan voqealarning haqiqiy sabablarini nihoyatda jiddiy o‘rganib chiqish kerakligining dalili sifatida keltirmoqdaman.

Aynan shu sababli O‘zbekiston mojaroli vaziyatlarga ODKB

munosabat bildirishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomni imzolamayotir.

Biz, shuningdek, ODKBning tinchlikparvar kuchlari to‘g‘risidagi bayonotni ham imzolamaymiz. Bizning qarorimizning mohiyati shundan iboratki, bunday tinchlikparvar kuchlarda ishtirok etish har doim ixtiyoriy xususiyatga ega bo‘lgan va O‘zbekiston o‘z hududidan tashqaridagi tinchlik o‘rnatish operatsiyalarida ishtirok etmaydi.

E’tiboringiz uchun tashakkur.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
Shu yil 17 dekabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

Samarqand zamini xususida so‘z yuritganda, biz uning qadimiyligi, dunyodagi eng ko‘hna o‘lkalar qatorida turishi, shu bilan birga, go‘zal va betakror tabiati, umumbashariy sivilizatsiya rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida, ulug‘ mutafakkir zotlar, olimu fuzalolar va jasur sarkardalar haqida gapirishimiz odat tusiga kirib qolgan, dedi Yurtboshimiz. Lekin bugun Samarqand vohasining ana shunday buyuk tarixini yana bir marta e’tirof etgan holda, viloyatning yer osti va yer usti boyliklari, uning ulkan salohiyati, bunday noyob imkoniyatlarni ishga solish va ularni el-yurtimiz manfaati yo‘lida oqilona ishlatish xususida fikr yuritishimiz ayni muddao bo‘ladi. Bunda, avvalambor, bu sohada qilayotgan ishlarimizga tanqidiy ko‘z bilan qarash va xolisona baho berish asosiy vazifamiz bo‘lishi kerak. O‘z faoliyatimizga chuqur va atroflicha baho bermasdan, boy berilgan imkoniyatlarni to‘g‘ri tahlil qilmasdan va tegishli xulosalarni chiqarmasdan turib, hammamiz yaxshi tushunamizki, boshlagan ishlarimizni davom ettirish, eng muhimi, har qaysimiz o‘z joyimizda xalqimizning bizga bildirgan ishonchini oqlashimiz qiyin bo‘ladi.

Bu haqda gapirar ekanmiz, bir haqiqatni esimizdan chiqarmasligimiz lozim: Samarqand viloyati, shu yurtda yashayotgan mehnatkash xalq hech qachon oqsoqlar qatorida bo‘lmagan, doimo ilg‘orlar safidan munosib o‘rin egallab kelgan, lo‘nda qilib aytganda, hech kimdan kam bo‘lmagan va kam bo‘lmaydi, dedi Islom Karimov.

Davlatimiz rahbari butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi, Samarqand vohasida ham keyingi yillarda viloyat ahlining fidokorona mehnati bilan ko‘pgina ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani haqida to‘xtalib, quyidagi misollarga alohida e’tibor qaratdi.

Joriy yilning 9 oyi davomida viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi

112 foizga o‘sgan, sanoatda 116 foiz, qishloq xo‘jaligida 108,5 foiz, qurilish sohasida 140 foiz o‘sishga erishilgan. Viloyat mehnatkashlari paxta va g‘alla, qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari bo‘yicha ham shartnoma rejalarini muvaffaqiyatli ado etib, Samarqand dehqonlarining mirishkorlik fazilatlarini amalda namoyon etib kelmoqda.

Kapital qurilish sohasida ham salmoqli natijalarga erishilmoqda. Ayniqsa, Samarqand shahrini 2009-2012 yillarda obodonlashtirish va

ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi to‘g‘risidagi hukumat qarori asosida bu azim shaharda ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda. Shaharning 5-10 yil burungi qiyofasi, tangu tor ko‘chalari, rejasiz, pala-partish qurilgan ko‘rimsiz binolarini Samarqandning bugungi manzarasi bilan solishtiradigan, qiyoslaydigan bo‘lsak, yer bilan osmoncha farq borligini ko‘rish qiyin emas. Xususan, Samarqand aeroportini rekonstruksiya qilish uchun katta sarmoya jalb qilinib, bu yerda bajarilgan qurilish va obodonchilik ishlari natijasida aerovokzal kompleksi eng zamonaviy talablarga javob beradigan, go‘zal qiyofaga ega bo‘ldi. Xuddi shunday o‘zgarishlar Samarqanddagi temir yo‘l vokzali va uning yon-atrofida ham amalga oshirildi.

Ayni vaqtda 14 milliard 700 million so‘m mablag‘ hisobidan shahar ko‘chalarining katta qismi kengaytirilib, kapital ta’mirlandi. Jami 450 ta obyektda, jumladan, 42 ta ko‘p qavatli uy, 165 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 60 ta ijtimoiy soha obyekti, bir qator ma’muriy va xususiy turar-joy binolarida keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Bu maqsadlar uchun korxona va tashkilotlar mablag‘lari, banklarning krediti hisobidan qariyb 152 milliard so‘m sarflandi.

Dunyoga mashhur, ko‘pchilik bir ko‘rishni orzu qiladigan, Samarqand ahlining eng sevimli maskani bo‘lmish Registon maydoni, Bibixonim, Shohi Zinda, Hazrati Xizr ziyoratgohlari oxirgi yillarda har tomonlama obod qilinib, butun jahondan keladigan mehmon va sayyohlarning havasini tortmoqda. Imom Buxoriy majmuasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, bunday muqaddas qadamjolarning yanada obod bo‘lib borayotgani ko‘pgina musulmon mamlakatlari davlat arboblari va jamoatchiligi, minglab ziyoratchilarning yuksak e’tibori va hurmatiga sazovor bo‘lmoqda.

Shu kunlarda 6 milliard 500 million so‘m mablag‘ sarflanib, Siyob dehqon bozorini rekonstruksiya qilish va uning hududini obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Shular qatorida, salkam 4 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi hududida yangi muzey binosi, keng maydon va so‘lim xiyobon barpo etildi, buyuk bobomizning muazzam haykali o‘rnatilib, bugungi kunda bu maskan Samarqand tarixining yana bir yorqin ko‘zgusiga aylandi.

Samarqand shahri bilan bir qatorda Pastdarg‘om, Jomboy va Urgut tumanlarida, uzoq-yaqin qishloqlarda ham ana shunday ko‘plab bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, Samarqand vohasida keyingi yillarda qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun barcha manbalar hisobidan qariyb 200 milliard so‘m kapital mablag‘ yo‘naltirildi. Bularning barchasi Samarqand shahri, viloyatdagi tuman va qishloqlarimizning yanada ko‘rkam va obod bo‘lishida, shu yurtda yashayotgan insonlarning ehtiyojini ta’minlashda salmoqli qadam bo‘lib, ayni vaqtda xorijiy sayyoh va mehmonlarning hayrat va havasini uyg‘otmoqda.

Sessiyada bunday keng ko‘lamli ishlarga xolisona baho berilgan holda, Samarqand viloyatining katta salohiyatini, eng muhimi, bu yerda istiqomat qilayotgan aholining tobora o‘sib borayotgan talab va ehtiyojlarini inobatga olib, bu talablarni qondirish, viloyatda mavjud bo‘lgan resurs va imkoniyatlarni oqilona ishlatish bo‘yicha hali qilinadigan ishlar ko‘pligi alohida ta’kidlandi.

Ma’lumki, hozirgi kunda iqtisodiyot taraqqiyotini investitsiyalar, avvalambor, xorijiy investitsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu borada Samarqand viloyatidagi mavjud ahvolga nazar tashlanadigan bo‘lsa, viloyat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalasiga yetarli darajada e’tibor berilmayapti. O‘tgan yili to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etilgan investitsiyalar miqdori 10 million dollarni tashkil etgani holda, bu yil ushbu ko‘rsatkich 6 million dollarga tushib qolganini afsus bilan qayd etish lozim.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokida barpo etilgan qo‘shma korxonalarning 14 tasi mutlaqo ishlamayapti, 6 tasi joriy yilda o‘z faoliyatini tugatgan va yana 4 tasi to‘xtash arafasida turibdi.

Samarqand vohasida mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masala – ya’ni, viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish hajmini oshirish, shu orqali valuta tushumini ko‘paytirish va korxonalarni modernizatsiya qilish ishlari ham talab darajasida emas. Birgina joriy yilning 9 oyi mobaynida mahsulot eksporti

56 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 million dollarlik mahsulot kam eksport qilingani ham buni isbotlaydi.

Yurtboshimiz sanoat sohasidagi muammolar haqida gapirar ekan, nomi bir paytlar butun mintaqaga mashhur bo‘lgan «Samarqand liftsozlik zavodi», «8 Mart», «Nafis» chinni fabrikasi kabi korxonalar deyarli

faoliyat ko‘rsatmayotgani, «Sino», «Alpomish», «Kinap» kabi yirik zavodlar esa 35-40 foiz quvvat bilan ishlayotgani viloyat rahbariyatini tashvishga solmayotganini afsus bilan qayd etdi.

Viloyat bo‘yicha ro‘yxatga olingan qariyb 15 ming kichik biznes subyektining 4 mingga yaqini umuman faoliyat ko‘rsatmayapti. Bunday korxonalarning aksariyati Samarqand shahri, Nurobod, Paxtachi tumanlariga to‘g‘ri keladi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda, jumladan, Samarqand viloyatida qishloqlarimizni har tomonlama taraqqiy toptirish maqsadida katta ishlar amalga oshirilayotgani, ayni paytda bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, mavjud muammolar va ularning yechimi haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Samarqand viloyatida namunaviy loyihalar bo‘yicha zamonaviy uy- joylar barpo etish uchun joriy yilning o‘zida 21 ta qishloq massivida qariyb

44 milliard so‘mlik kapital mablag‘ hisobidan 650 ta uy-joy qurish va ularni shu yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirish belgilangan edi. Lekin, afsus bilan aytish kerakki, bunday yangi, odamlarning intilishini tortayotgan, qishloqlarimizni obod qilish, qishloq hayotini shahar darajasiga ko‘tarishda istiqboli katta bo‘lgan muhim masalaga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Buning natijasida ana shu uylarni qurishda sustkashlikka va ularni topshirish muddatlarini asossiz ravishda cho‘zib yuborishga yo‘l qo‘yilmoqda.

Hammamizga yaxshi ma’lum bo‘lishi kerakki, joylardagi barcha yangi qurilishlar yoki obodonchilik ishlari bo‘ladimi, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni o‘z vaqtida berish bo‘ladimi, muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘ladimi – bularning hal qiluvchi eng muhim manbai viloyat, shahar va tumanlarning moliyaviy ahvoliga bevosita bog‘liqdir, dedi Yurtboshimiz.

Shu borada Samarqand viloyatidagi ishlar tahlil qilindi. Avvalo, 2009 yilda dotatsiyaga tushib qolgan 8 ta tumanning hanuzgacha dotatsiyada qolib kelayotgani qayd etildi. Ayniqsa, Qo‘shrabot, Bulung‘ur, Payariq, Ishtixon, Pastdarg‘om va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida dotatsiya ulushi yuqoriligicha qolayotganiga e’tibor qaratildi.

2010 yilning 1 oktabriga qadar viloyat bo‘yicha debitorlik qarzlar qariyb 830 milliard so‘mni, kreditorlik qarzlar esa deyarli 950 milliard so‘mni tashkil etgan. Xususan, Samarqand shahrida, Bulung‘ur, Nurobod,

Payariq, Urgut va Qo‘shrabot tumanlarida debitorlik va kreditorlik qarzlar yil boshiga nisbatan kamayish o‘rniga o‘sib bormoqda.

Ahvol shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu muammoning yechimi bo‘yicha na viloyat, na ushbu hududlar rahbarlari tomonidan aniq amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmagan.

Viloyatda sanoat korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish borasida ham yetarlicha chora-tadbirlar ko‘rilmayapti. Buning natijasida shu yilning

1 oktabrigacha 7 ta korxona o‘z faoliyatini zarar bilan yakunlab, ko‘rilgan zarar miqdori 3 milliard 460 million so‘mdan oshib ketgan.

Prezidentimiz har tomonlama o‘rinli ta’kidlab o‘tganidek, bunday korxonalarda ishlayotgan odamlarning hayoti, taqdiri nima bo‘ladi, ular oilasini qanday boqadi, ishsizlikning ko‘payishi ertaga qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida viloyatda o‘zini rahbar degan, yetakchi degan shaxslar umuman o‘ylayaptimi-yo‘qmi, degan savol, afsuski, javobsiz qolmoqda.

Mamlakatimizda aholini, avvalambor, hayotga kirib kelayotgan yoshlarimizni ish bilan ta’minlash masalasi qanday o‘tkir va dolzarb bo‘lib turgani, bu muammoni yechish bo‘yicha keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu masala davlatimiz, jamiyatimiz, barcha-barcha idoralar, faollarning e’tibor markazida turgani haqida ham fikr yuritildi.

Davlatimiz rahbari yurtimiz bo‘yicha 2010 yilning o‘zida 940 mingdan ko‘proq yangi ish o‘rni tashkil etilgan bo‘lsa, ularning yarmidan ko‘pi qishloq joylarda ochilganini qayd etdi va quyidagilarni ta’kidladi.

Ma’lumki, Konstitutsiyamiz bayramiga bag‘ishlangan majlisdagi Prezident ma’ruzasida bu masalaga alohida e’tibor qaratildi. Eng muhimi, bu yo‘nalishdagi muammolarni yechishda birinchi navbatda rahbarlar – bu vazirlik va markaziy idoralar rahbarlari bo‘ladimi, viloyat, shahar, tuman hokimlari bo‘ladimi – ularning zimmasiga qanday katta mas’uliyat yuklatilgani haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Samarqand viloyati kengashining sessiyasida ham bandlik masalasining naqadar muhim va hal qiluvchi, ham siyosiy, ham ijtimoiy- iqtisodiy, ham ma’naviy nuqtai nazardan qay darajada dolzarbligi yana bir bor o‘rtaga qo‘yildi.

Albatta, bunday muammolarni yechishda Samarqand viloyatida, shahar va tumanlarda ancha ishlar qilinyapti. Lekin bu masala bo‘yicha Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan dasturning Samarqand viloyatida 97 foizga bajarilganini nima bilan izohlab bo‘ladi?

Sessiyada ta’kidlanganidek, ushbu masalaga javobgar bo‘lgan rahbar va xodimlarning – bu viloyat darajasida, shahar yoki tuman darajasida bo‘ladimi – birinchi navbatda ularning mas’uliyatini alohida ko‘rib chiqish zarur. Qaysi tuman, qaysi shahar, qaysi rahbar bu masalaga sovuqqonlik bilan qarayotgani bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarish darkor. Axir, har qaysi ishsiz yurgan odam uchun, eng muhimi, endi hayotga kirib borayotgan yoshlarimiz uchun bu masala o‘zining kasbu hunariga qarab munosib ish topish, munosib haq olish, o‘z hayotini, oilasini tebratishi uchun, ertangi kunini ko‘rishi uchun naqadar muhim, naqadar o‘tkir savdo ekanini avvalambor biz, xalq ishonchiga sazovor bo‘lgan rahbarlar tushunishimiz, anglashimiz, yurakdan o‘tkazishimiz zarur emasmi, dedi Prezident.

Shuni ochiq aytish mumkin: bugungi kunda har qaysi shahar va tuman rahbaridan ular boshqarayotgan hududda qancha odam ishsiz yurgani va ish qidirayotgani, kim doimiy ish bilan, kim vaqtinchalik ish bilan bandligi haqida, ishsizlikning darajasi va ulushi haqida so‘rasangiz, aniq-ravshan javob ololmaysiz. Vaholanki, bugungi kunda, joylardagi mavjud vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazadigan sabablar haqida gapirganda, aynan shu masala eng o‘tkir bo‘lib turganini anglash, mas’uliyatni sezish vaqti kelmadimi?

Bu masalaga bo‘lgan munosabatni mutlaqo o‘zgartirish zarurligini bugun zamonning o‘zi talab qilayotgani qayd etildi.

Viloyatning bir qator shahar va qishloqlarida vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash masalasi mutlaqo e’tibordan chetda qolayotgani, bu sohada oxirgi yillarda yetarli darajada mablag‘ ajratilmagani sababli 70 kilometrdan ortiq quvurlarni almashtirish talab etilayotgani hech kimni, avvalambor, tegishli rahbar va mutasaddilarni tashvishga solmasdan kelmoqda. Aynan shu tufayli hozirgi kunda aksariyat ko‘p qavatli uylarga ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti yetib bormayapti.

Bugungi kunda aqlga sig‘maydigan ba’zi holatlar haqida faqat afsuslanib gapirish, xususan, vodoprovod tarmoqlarining ishdan chiqishi oqibatida odamlarning quduq suvidan foydalanishga majbur bo‘layotganini Bulung‘ur va boshqa tumanlarda kuzatish mumkin.

Tabiiy gaz bilan ta’minlash haqida gapirganda, bu masalada ham shu kabi noxush misollar kam emasligini aytish lozim. Jumladan, Samarqand, Urgut, Tayloq, Payariq, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida bu nuqsonlar ko‘zga

tashlanmoqda. Ayni qish paytida bunday holat odamlarning haqli e’tirozini uyg‘otmoqda.

Bu kabi kamchiliklar, ayniqsa, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar ayrim qishloq vrachlik punktlarida uchrashini hech chidab bo‘lmaydigan hol deb baholash kerak.

Sessiyada viloyatda huquq-tartibot sohasida olib borilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritilib, jinoyatchilik va qonun buzilishlariga qarshi kurash bo‘yicha hali qilinadigan ishlar ko‘pligi ta’kidlandi.

So‘nggi ikki yil davomida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etish, bosqinchilik, talonchilik, qasddan odam o‘ldirish kabi jinoyatlar ko‘rsatkichi yuqori darajada bo‘lib qolayotgani kuzatilmoqda. 2009 yilda ochilmagan jinoyatlar soni 443 ta bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilning o‘n oyi davomida bu ko‘rsatkich 311 tani tashkil etgan.

Bu borada ko‘zga tashlanayotgan noxush bir holat odamda tashvish uyg‘otmasdan qolmaydi. Ya’ni, viloyatda 2008–2010 yillar davomida

1391 nafar mansabdor shaxs poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va o‘zganing mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning 6 nafarini hokim va hokim o‘rinbosarlari, 83 nafarini ichki ishlar xodimlari va boshqa bo‘g‘indagi mansabdorlar tashkil etadi. Masalan, viloyat hokimining xotin- qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G.Shodiyeva, Samarqand shahar hokimining birinchi o‘rinbosari SH.Husanov, Ishtixon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari J.Hamroyev, Kattaqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari E.Doniyorova turli jinoyatlar bilan ayblanib, javobgarlikka tortilgan.

Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida ko‘zga tashlanayotgan, chidab bo‘lmaydigan eng noxush holatlar – bu ko‘zbo‘yamachilik, salbiy ko‘rsatkichlarni sun’iy ravishda pasaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning shaxsiy tarkibi tomonidan xizmat vazifasini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq. Xususan, pora olish va ta’magirlik tufayli jinoiy javobgarlikka tortilganlar orasida 21 nafar ichki ishlar xodimi, 6 nafar prokuratura va sud xodimi borligi viloyatda bu borada tartib-intizom, talabchanlik va nazoratning bo‘shashtirib yuborilganidan darak beradi.

Yuqorida zikr etilgan kamchilik va muammolarning barchasi oxir- oqibatda bir masalaga, ya’ni Samarqand viloyatining boshqaruvi, avvalambor birinchi rahbar faoliyatiga, uning ish uslubidagi kamchiliklarga borib bog‘lanadi, albatta.

Ma’lumki, bundan ikki yarim yil oldin O‘ktam Barnoyevga katta ishonch bildirilib, u Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi. O‘z faoliyatining dastlabki davrida vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida O‘.Barnoyev tomonidan birmuncha harakatlar bo‘ldi. Lekin keyinchalik uning faoliyatida ishga mas’uliyatsizlik bilan yondashish, viloyatdagi mavjud muammolarni hal etishda beparvolik va sustkashlik, erishilgan natijalardan qoniqish holatlari ko‘zga tashlana boshladi.

Ishga bunday loqayd munosabat qanday salbiy oqibatlarga olib kelganini yuqorida zikr etilgan misollar yaqqol tasdiqlaydi. Bu misollarni davom ettirib, kadrlar masalasida, ya’ni viloyat, shahar va tuman darajasidagi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda, avvalambor, ularning qobiliyati, bilim va tajribasi, ishni bilishi, salohiyati va istiqbolini har tomonlama o‘rganib, bamaslahat qaror qabul qilishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani haqida ko‘p faktlarni keltirish mumkin. Masalan, o‘z vazifasiga noloyiq, ishni uddalay olmayotgan, xalq ishonchini yo‘qotgan ayrim viloyat tashkilotlari rahbarlari, tuman va shahar hokimlari faoliyatiga baho berishda O‘.Barnoyev qat’iyatsizlik va sustkashlikka yo‘l qo‘yib, ularning kamchiliklaridan ko‘z yumib kelgan. Bunday noloyiq kadrlar asosan Prezident devoni tashabbusi bilan almashtirilgan.

Viloyatda zamonaviy bilim va professional malakaga, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan yosh kadrlarga ishonch bildirish, ularning yo‘lini ochib berish o‘rniga mas’ul lavozimlarga bugungi kun talablariga javob bermaydigan nomzodlarni tavsiya etishdek nomaqbul tajriba qo‘llanib kelgan.

Majlisda ta’kidlanganidek, viloyat hokimining ish faoliyatida kuzatilgan yana bir jiddiy kamchilik shuki, Samarqand zaminidagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, madaniyat muassasalarida mehnat qilayotgan, o‘z hayotini ilm-ma’rifatga bag‘ishlagan zahmatkash olimlar, san’at va madaniyat namoyandalari, shu yurtning haqiqiy fidoyilari bo‘lgan insonlarga, ularning dardu muammolariga e’tibor berib, ilmiy-ijodiy izlanishlari, boy salohiyatini viloyatni ravnaq toptirish yo‘lida birlashtirish, safarbar etishga uning qurbi yetmadi. Holbuki, o‘ziga nisbatan katta ishonch bildirilgan har qaysi rahbar, shu jumladan, Samarqand viloyatini boshqarishdek o‘ta mas’uliyatli vazifaga tayinlangan

shaxs, avvalambor, bu ishga kirishishni ko‘p millatli, ko‘pni ko‘rgan, qanchadan-qancha sinovlardan o‘tgan xalqning o‘ziga xos va o‘ziga mos tabiati va mentaliteti, dunyoqarashi, bu viloyatning sir-asrori, tarixi bilan, o‘z faoliyati, halol mehnati va xizmati tufayli katta obro‘ qozongan, yetakchi, kayvoni bo‘lib tanilgan odamlar bilan yaqindan tanishish, ularning fikr-mulohazalari, maslahat va tavsiyalariga quloq solish va tegishli xulosalar chiqarishdan boshlashi lozim.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining 2008 yil aprel oyidagi O‘.Barnoyev viloyat hokimi etib saylangan sessiyada unga aynan shunday maslahatlar berilgan edi. Bu shaxsning o‘z faoliyatida eng boshdan xatoga yo‘l qo‘yganini ayni shu tavsiyalarga jiddiy qaramagani, ularni e’tiborga olmaganida ko‘rish mumkin. Ya’ni, Barnoyev o‘ziga ortiqcha bino qo‘yib, atrofidagi muovinlari va faollarning fikrini mensimasdan, manmanlikka, o‘zboshimchalikka berilib ketgani oxir- oqibatda uning obro‘siga putur yetishiga olib keldi.

Barnoyevda bugungi rahbardan zamonning o‘zi talab qilayotgan muhim xususiyatlar, avvalambor, keng miqyosda fikrlash, yon-atrofidagi faollarga suyanib-tayanib, ularning boshini qovushtirib ishlash, bag‘rikenglik alomatlari va hayotiy tajriba yetishmasligi namoyon bo‘ldi. Bularning barchasi viloyatda bir yoqadan bosh chiqarib, bir-biriga yelkadosh bo‘lib ishni boshqarish o‘rniga ko‘pgina xato, nuqson va kamchiliklarga yo‘l qo‘yishga sabab bo‘ldi.

Viloyat oldida turgan o‘ta muhim va mas’uliyatli vazifalarni, avvalambor, shahar va tumanlarning iqtisodiyotini, sotsial sohani rivojlantirish, aholining og‘irini yengil qilishda bunday yaroqsiz ish uslubi o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.

Yurtboshimiz shu munosabat bilan barcha rahbarlarga daxldor bo‘lgan haqiqatni yana bir bor eslatib o‘tdi: sen boshqargan, senga ishonch bildirgan aholi, el-yurt, jamoatchilik hamma narsani kuzatadi, hamma narsadan xabardor, hamma narsani anglaydi va vaqti kelganda tegishli xulosa chiqaradi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘.Barnoyev Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tavsiyasiga ko‘ra, Samarqand shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Zoyir Mirzayev Samarqand viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

Bu dunyoda har qaysi inson baxtli bo‘lishni, munosib hayot kechirishni istaydi. Xalqimizning shu boradagi ezgu orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, el-yurtimiz uchun hech kimdan kam bo‘lmagan hayot darajasini ta’minlash yo‘lida o‘zimizni ayamasdan mehnat qilish biz – rahbar va faollarning nafaqat vazifamiz, ayni vaqtda muqaddas burchimizdir, dedi pirovardida davlatimiz rahbari.

Sessiyada so‘zga chiqqan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Xo‘jayorov, «Mahalla» jamg‘armasi Qo‘shrabot tumani bo‘limi raisi Normo‘min Usmonov, «El- xolding» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi boshqaruvi raisi Rustam Sattorov, «Ayollar kengashi» respublika jamoat birlashmasi raisi Xadicha Ja’farova, Pastdarg‘om tumani hokimi Abdumo‘min Jo‘rayev, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Sobir Boboyev, Samarqand tumanidagi «SamRosXolod» qo‘shma korxonasi rahbari o‘rinbosari Shavkat Yo‘ldoshev va boshqalar Prezidentimiz nutqida bayon etilgan tanqidiy fikrlardan zarur xulosalar chiqarib, ko‘rsatib o‘tilgan kamchilik- nuqsonlarni bartaraf etish, viloyat oldida turgan muhim va dolzarb vazifalarni bajarish, islohotlarimiz samarasini oshirish uchun butun Samarqand ahli belni qattiq bog‘lab, astoydil mehnat qiladi va ko‘zlangan marralarga albatta erishadi, deb ta’kidladilar.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin