Birinchi. Mintaqamizdagi zamonaviy tahdidlar va xavfsizlikka qarshi qaratilgan xatarlarni tizimli va chuqur tahlil qilib borish, ularning o‘rta va uzoq kelajakda olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini inobatga olgan holda, yuz berish ehtimoli bo‘lgan harbiy harakatlar teatrini kuzatish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib borishimiz zarur.
Allaqachon o‘z umrini o‘tab bo‘lgan bir qolipdagi yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligiga raxna soladigan har qanday xatti-harakatlarga qarshi Qurolli Kuchlarimizning munosib va samarali zarba berish imkoniyati va tayyorgarligini tanqidiy baholab borishimiz darkor.