Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   118
bilish xususiyati 
xosdir. Bu esa turli xil qiyinchiliklarni, fikriy vazifalarni turlicha hal qilishnigina 
emas, balki ushbu qarorlarni amalga oshirishni tashkil etishni ham talab etadi. 
Shu nuqtai nazardan muxandis xodimlarining kasbiy faoliyatida quyidagi asosiy 
psixologik tizimlar mavjud: 
bilish faoliyati, konstruktiv, tashkilotchilik va 
kommunikativ faoliyat. 
Albatta, xodimlarning amaldagi faoliyatida ushbu 
tarkibiy qismlarning har biri sof holda uchramaydi, ularning hammasi uzviy 
birlikda namoyon bo’ladi. 
Xodim kasbiy faoliyatining asosiy psixologik xususiyatlari va tarkibiy 
elementlarini ko’rib chiqish ham uning faoliyati qanchalik murakkab va 
serqirraligidan dalolat beradi. Kasbiy faoliyat xodimga ko’plab turli xil talablar 
qo’yadi, ular orasida eng muhimlaridan biri — 
shaxsda kasbiy muhim 
xislatlarning rivojlanganlik darajasi bo’lib, 
ular quyidagilardan iborat: 
– 
xodim shaxsiga xos xislatlarning kasbiy-psixologik yo’nal- ganligi; 

xodimning psixologik tayyorgarligi; 

rivojlangan irodaviy xislatlar; 

noodatiy vaziyatlarda o’zini tuta bilish, jasurlik, mardlik, oqilona 
tavakkalga moyillik; 

yaxshi rivojlangan kommunikativlik; 


133 

turli toifadagi shaxslar bilan tezda aloqaga kirisha olish, ishonchli 
munosabatlar o’rnata olish va sir saqlay olish; 

turli tezkor xizmat vazifalarini bajarishda odamlarga psixologik ta’sir 
ko’rsata olish qobiliyati; 

rolga, boshqa qiyofaga kira olish; 

rivojlangan, kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari: kuzatuvchanlik va 
diqqatlilik, rivojlangan xotira, ijodiy tasavvur; 

rivojlangan mantiqiy tafakkur, murakkab aqliy ishga moyillik, farosat, 
rivojlangan intuitsiya; 

ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish. 
Ushbu xislatlar insonga avvaldan xos emas. Ularni shakl- lantirish va 
rivojlantirish davomli va qiyin jarayon, ammo u ichki ishlar organlari 
xodimining kasbiy shakllanishi uchun zarur va shartdir. 
Ushbu 
xislatlarning 
xodim 
shaxsida 
bo’lmasligi 
yoki 
etarli 
rivojlanmaganligi uning o’z funktsional vazifalarini to’g’ri va aniq bajarishiga 
xalaqit beradi, shaxsning o’z kasbiga moslasha olmasligi va kasbiy buzilishiga 
olib keladi. Shu bois ham xodimlarda ushbu xislatlarni shakllantirishga xizmat 
qiladigan kasbiy-psixologik tayyorgarlik katta ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin