139
5)
besh yilgacha ishlagan xodimlarda kasbiy tanazzul arzimas bo’lib, bu
toifa xodimlar xizmat sirini endi tushunib borayotgan- ligi bois kasbiy buzilish
past darajada;
6)
6–10 yil ishlayotganlarda – o’rtacha darajada;
7)
11–15 yil ishlayotganlarda kasbiy buzilish darajasi juda yuqori;
8)
15 yildan ortiq ishlayotganlarda esa axloqiy-kasbiy buzi- lishlar bo’lishi
aniq.
Axloqiy-kasbiy buzilishning xavfli tomoni shundaki, uning eng past
darajasi ham muxandis xodimlarining shaxsiy va xizmat qobiliyatlariga jiddiy
zarar etkazadi.
Psixologik nuqtai nazardan bu
muammoga xodimning shaxsiy
xususiyatidan kelib chiqib yondashish qabul qilingan.
Xodimlarning kasbiy buzilishida ularning shaxsiy xusu- siyatlari ta’sirini
rus psixologi A. V. Budanov quyidagicha tahlil qiladi
1
:
3)
xodimning intellekti ta’siri (ya’ni, mustaqil fikrlash va mustaqil qaror
qabul qilishi tormozlanadi, mustaqil tarzda o’z ustida ishlashi va kasb mahoratini
oshirishda layoqatsiz bo’lib qoladi, ekstremal yoki kutilmagan vaziyatda qaror
qabul qila olmaydi);
4)
shaxsiy salbiy sifatlar ta’siri (ochko’zlik, qo’pollik, tajovuzkorlik, faqat
o’z manfaatlarini ko’zlash, bilimsizlik, to’porilik, o’z shaxsiga yuqori baho
berish) kabi.
Bu xususiyatlar xizmat ta’sirida (vakolat
doirasining keng- ligi, xizmat
kiyimidan havolanish, hammaning diqqat-markazida bo’lish) xodimga yanada
o’ziga yuqori baho berishiga sababchi bo’lib qolishi mumkin.
Muxandis xodimlari faoliyatining samarasini belgilovchi shaxsiy
xususiyatlarini aniqlash uchun, avvalo, ushbu faoliyatning psixologik jihatlarini
tahlil qilish, o’ziga xos tomonlarini aniqlash,
shu orqali bu faoliyatni
takomillashtirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish va yo’lga qo’yish talab
qilinadi.
Bundan tashqari, nomzodda xizmatda uchraydigan tashqi omillar ta’siriga
140
ruhiy immunitetning rivojlanmaganligi, qaltis vaziyatda tez va aniq qaror qabul
qila olish reaktsiyasining pastligi, o’ziga yuqori baho berishi, iroda
qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi,
dunyoqarashi va madaniyat
darajasining pastligi tufayli xizmat boshlagandan keyin qisqa muddat ichida
uning axloqiy jihatdan emirilishiga sabab bo’ladi.
Kasbiy tanazzul avvalo, shaxsning o’zida, keyinchalik esa uning harakatlari
orqali kasb faoliyati va atrof-muhitidagi munosa- batlarda ifoda bo’lishni
boshlaydi. Bu holat muxandis jamoalarida ham yuz berishi mumkin. Masalan,
spirtli ichimliklarga ruju qo’yish holati shu bo’lim yoki bo’linmada xizmat
intizomining sustligiga dalil bo’la oladi.
Kasbiy tanazzulning xavfli tomoni shundaki, u «latent», ya’ni yashirin
tarzda kechadi. Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, ko’pgina holatlarda xodimning
mast tarzda xizmatga chiqishini, avvalo, rahbarlarning o’zlari (o’zlariga gap
tegmasligi uchun) yashiradilar. Xodimlar psixologik, psixoterapevtlik yordamini
psixiatriya xizmati bilan adashtiradilar va bu o’z o’rnida
psixodiagnostika
ishlarini qiyinlashtiradi.
Ularning xizmat vazifalariga quyidagilar kiritildi:
–
shaxsiy tarkibni bir yilda bir marotaba majburiy psixo- logik
diagnostikadan o’tkazish hamda jamoadagi ruhiy muhitni o’rganish,
xodimlarning individual xususiyatlari, psixologik holatlari, asab turg’unligi
darajalari, qobiliyati, xizmatga yaroq- liligi, shaxsiy
tarkibning xizmatdan
qoniqganligi va xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash va hokazo;
–
xodimlar o’rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni buzish, o’z joniga
qasd qilish (suitsid) holatlari, xizmat faoliyati davomida yuzaga keladigan turli
qiyinchiliklar va yo’l quyiladigan intizom buzilish sabablarini o’rganib, ularning
oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish yuzasidan rahbariyatga takliflar
kiritish;
–
uzoq xizmat safaridan qaytgan xodimlarni xizmatga ko’nikma hosil
qilishlariga ko’maklashish;
–
ishga yangi qabul qilingan xodimlar bilan psixologik usullarni qo’llab
141
suhbat o’tkazish va boshqalar.
Bu yangilik muxandis
xodimlarining kasbiy buzilishi, uning kelib chiqish
sabablarini tugatish yo’llaridagi muhim qadamdir. xodimlarning obro’siga putur
etkazishi mumkin. Shuning uchun kasbiy buzilishning oldini olish, unga yo’l
qo’ymaslik bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Muxandis xodimlari kasbiy buzilishlarining oldini olishda asosan qo’yidagi
yo’nalishlardagi chora-tadbirlarni qo’llash tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: