Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118
 


213 
 
aniqlab olishga yordam berish lozim.
Agar sinaluvchida u yoki bu kasbga moyillik yorqin ifodalangan bo‘lsa va u 
konkret bir kasbni tanlagan bo‘lsa, unda aynan shu kasbni tanlash motivi qanday 
ekanligini bilish zarurati ham yuzaga kelib qolishi mumkin. Bu o‘rinda psixolog 
yuqori «Kasb tanlash motivatsiyasini aniqlash» - deb nomlangan metodikadan 
foydalanishi mumkin.
 
ShAXSNING KOMMUNIKATIV VA TAShKILOTChILIK
QOBILIYaTLARI (KTQ) NI O‘RGANISh USULI 
Maqsad:
talabalarning kasbiy qiziqishlari, qobiliyatlarini aniqlashga
mo‘ljallangan bo‘lib, amaliy psixologning kasbiy proforientatsion yo‘nalishda
ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Mashg‘ulotning borishi: 
Shaxsning tashkilotchilik va kommunikativ qobiliyatlarini diagnostika qilish 
metodikasi psixologik tashhisda talabalarga kasbiy maslahat berishda keng
qo‘llaniladi. Tadqiqotni o‘tkazish uchun KTQ savolnomani va varaqasini 
tayyorlash kerak. Tadqiqotni individual va guruhda o‘tkazish mumkin. 
Tekshiruvchilarga javob varaqalarini tarqatib bo‘lgach, qo‘llanmalarni o‘qib 
berish kerak.
Quyida keltirilgan tasdiqlarni yaxshilab o‘qib chiqing va bu tasdiqlarga rozi 
bo‘lsangiz «+» belgisini, agar rozi bo‘lmasangiz «-» belgisini qo‘ying. Noaniq 
savolni suiste’mol qilmaslikka harakat qiling. Har bir detal ustida uzoq 
o‘ylamaslik, aniq holatlarni ko‘z oldingizga keltiring. Javob uchun ko‘p vaqt
sarflamang, miyangizga kelgan birinchi tabiiy javobni bering. Savollarni 
qoldirmasdan, tartibi bilan javob bering. To‘g‘ri va samimiy javob bering. O‘z 
javoblaringizni yaxshi tasavvur etishga harakat qilmang, ular haqiqiy bo‘lishi 
lozim. Har bir savolga berilgan javob umuman ko‘rib chiqilmaydi, bizni faqatgina 
umumiy ko‘rsatgichlar qiziqtiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin