Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118
Itoatgo‘ylik
– o‘zidan kattalarga bo‘ysunish yoki ularning izidan 
chiqmaslikdan iborat ijobiy xarakter xislati yoki odat. 
Ixtiyoriy harakatlar
– impulsiv va avtomatlashgan harakatlardan farq qilib, 
maqsadga muvofiq ravishda bajariladigan ongli harakatlar. 
Ish qobiliyati
– shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga 
oshirish uchun zarur bo‘lgan jismoniy hamda psixik funksiyalari yig‘indisi. 
Iroda kuchi
– shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadining aniqligi uni amalga 
oishirish uchun intilishi, maqsad yo‘lida ma’lum bir qaror qabul qilish teziligi va 
uni o‘z vaqtida ijro yetishi bilan belgilanadigan iroda sifati. 
Irodasi bo‘shlik
– shaxsning biror faoliyat turini bajarish uchun o‘zini 
majbur qila olmaslik yoki o‘z harakatlarini o‘z maqsadlariga bo‘ysundira 
olmaslikdan iborat salbiy xarakter xislati. 
Insoniylik
– o‘zaro muomala va munosabatlarda insonga xos bo‘lgan barcha 
ijobiy fazilatlarga rioya qilishdan iborat xarakter xislati. 
Irodaviy zo‘r berish
– maqsadni amalga oshirish uchun ob’ektiv va sub’ektiv 
qiyinchiliklarni bartaraf qilishda namoyon bo‘ladigan nerv hamda iroda kuchi. 
Kuchsiz tip
– nerv tizimining arzimagan yoki minimal qo‘zg‘ovchilar 
ta’siriga ham bardosh bera olmasdan himoyaviy tormozlanishga o‘tishidan iborat 
sifat ko‘rsatkichi.


226 
Kamtarlik
– shaxsning atrofdagi kishilar bilan oddiy muomalada o‘ziga 
tanqidiy munosabatda bo‘lishi, o‘zgalarni hurmat qilishi maqtanmasligi kabi bir 
qancha ijobiy sifatlar bilan belgilanadigan xarakter xislati. 
Kuzatuvchanlik
– shaxsning kuzata bilish qobiliyatidan iborat individual 
xislati. 
Kasbni tasvirlash
– mehnat psixologiyasi sohasidagi ilmiy tekshirish 
ishlarida muayyan kasbni texnologiya va psixologik jihatidan tasvirlashdan iborat 
tekshirish metodi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin