73
–
rivojlangan irodaviy xislatlar;
–
noodatiy vaziyatlarda o’zini
tuta bilish, jasurlik, mardlik, oqilona
tavakkalga moyillik;
–
yaxshi rivojlangan kommunikativlik;
–
turli toifadagi shaxslar bilan
tezda aloqaga kirisha olish, ishonchli
munosabatlar o’rnata olish va sir saqlay olish;
–
turli tezkor xizmat vazifalarini bajarishda odamlarga psixologik ta’sir
ko’rsata olish qobiliyati;
–
rolga,
boshqa qiyofaga kira olish;
–
rivojlangan, kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari: kuzatuvchanlik va
diqqatlilik, rivojlangan xotira, ijodiy tasavvur;
–
rivojlangan mantiqiy tafakkur,
murakkab aqliy ishga moyillik, farosat,
rivojlangan intuitsiya;
–
ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish.
Ushbu xislatlar insonga avvaldan xos emas. Ularni shakl- lantirish va
rivojlantirish davomli va qiyin jarayon, ammo u ichki ishlar organlari
xodimining kasbiy shakllanishi uchun zarur va shartdir.
Ushbu
xislatlarning
xodim
shaxsida
bo’lmasligi
yoki
etarli
rivojlanmaganligi uning o’z funktsional vazifalarini to’g’ri
va aniq bajarishiga
xalaqit beradi, shaxsning o’z kasbiga moslasha olmasligi va kasbiy buzilishiga
olib keladi. Shu bois ham xodimlarda ushbu xislatlarni shakllantirishga xizmat
qiladigan kasbiy-psixologik tayyorgarlik katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: