72
yuksak darajadagi mas’uliyat belgilab beradi. Uning o’z vakolatlarini qo’llashi
esa harakatlarining zarurligi va oqilonaligini, qonuniy asosga egaligini aniqlash
imkonini beradigan bir qator masalalarni hal qilishni taqozo etadi. Ko’pincha bu
holat qonunda belgilangan moddalardan birini tanlash zarurati bilan bog’liq
bo’ladi, shu bois bu xodimdan juda katta hissiy-irodaviy zo’riqishni talab etadi.
Berilgan vakolatdan oqilona va qonuniy ravishda foydalanish –
muxandisxodimlariga qo’yiladigan juda muhim kasbiy talab- lardan biri.
Hokimiyat vakolatidan foydalanishning qonunga va maqsadga muvofiqligi ko’p
hollarda xodimning shaxsiy fazilatlariga bog’liq.
Muxandis xodimlari kasbiy faoliyatining o’ziga
xos jihatlaridan biri keng
doiradagi kishilar bilan muomala qila olish
qobiliyatini bildiruvchi
kommunikativlikdir.
Xodim o’z faoliyati davomida turli yoshdagi, kasbdagi va
turli huquqiy maqomga ega bo’lgan shaxslar bilan muomala qilishiga to’g’ri
keladi. Bu esa
xodimdan shaxs psixologiyasini,
xususan muomalaning
psixologik asoslarini bilishni talab etadi.
Albatta, xodimning kasbiy faoliyatiga yorqin ifodalangan
Dostları ilə paylaş: