Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118
Frustratsiya 
kishi maqsadga erishish yo’lida bartaraf etib bo’lmaydi deb 
hisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan to’sqinliklarga, g’ovlarga duch 
kelgan hollarda yuz beradi. 
Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va o’zini anglashida 
turli xil o’zgarishlarga olib keladi. Frustratsiya holati shaxs o’zini yo’qotib 
qo’yishi, ya’ni jabrlanuvchi jinoyatchiga qarshilik ko’rsata olmaganida, 
jinoyatchi ko’zlagan maqsadiga erisha olmaganida, kutilmaganda turli to’siqqa 
duch kelganida namoyon bo’ladi
13

Iroda 
kishining oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni 
engib o’tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va 
o’z-o’zini boshqarishidir. Iroda shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-
atvorini tashkil etishning u tomonidan qo’yilgan maqsad bilan belgilana- digan 
alohida turidir. Shu ma’noda iroda to’siqlarni engib o’tishga qaratilgan aqliy, 
maqsadga yo’naltirilgan psixik faollik bo’lib, maqsadga intilishda sodir bo’ladi 
va instinktlar manbaida shakllanadi. 
Irodaviy faoliyatda shaxs o’zini o’zi boshqaradi, o’zini qo’lga oladi, o’zi 
nazorat qiladi. 
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o’z ehtiyojlariga 
13
Левитов
 
Н

Д
. Фрустрация – один из видов психических состояний // Вопросы психологии. – 
2000. – № 6. – С. 120. 


61 
ko’ra o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladigan kishining mehnat faoliyatida 
paydo bo’ladi. 
Iroda o’zaro bog’liq ikki vazifaning bajarilishini ta’min- laydi. Birinchisi – 
undovchi, ikkinchisi – taqiqlovchi vazifalar. 
Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan ta’minlanadi. Taqiqlovchi 
vazifasi faollikning yoqimsiz ko’rinishlarini jilov- lashda namoyon bo’ladi. 
Kishining harakatga 
undovchi 
mayllari ma’lum 
bir 
yo’lga solingan tizimni – oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan 
himoyalanish ehtiyojidan tortib, to ma’naviy, estetik va intellektual his-
tuyg’ularni 
boshidan kechirish 
bilan bog’liq, yuksak niyatlarga borib 
taqaladigan motivlar ierarxiyasini tashkil etadi. Irodaning undovchi va
taqiqlovchi 
funktsiyalari
bir butun 
holdagina 
shaxsning 
maqsadga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishini ta’minlaydi. 
Odamlar qilgan ishlari uchun mas’uliyatni kimga yuklashga moyil 
bo’lishiga qarab sezilarli ravishda farqlanadilar. Kishining o’z faoliyati natijalari 
uchun mas’uliyatni tashqi kuchlar va sharoitlarga yuklashi yoki aksincha, ularni 
shaxsiy kuch-g’ayratlari va qobiliyatlariga bog’lashini belgilaydigan sifatlar 
nazoratni lokallashtirish 
deyiladi (psixologik adabiyotlarda «nazorat lokusi» 
degan atama qo’llaniladi, lotinchada «lokus» – «o’rnashgan joy» va 
frantsuzchada «controle» – «tekshirish» degan ma’nolarni anglatadi). O’z xulq-
atvori va ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va 
boshqalar)dan deb bilishga moyil bo’ladigan odamlar bor. Shunaqa paytda 
nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi to’g’risida fikr yuritiladi. 
Muxandis xodimlarida irodaviy 
fazilatlarni shakllantirish faoliyat 
samaradorligini ta’minlovchi psixologik omillardan sanaladi. Muxandis 
xodimlari o’z kasbiy vazifalarini benuqson bajarishlarini qiyinlashtiradigan, 
ba’zan xizmat faoliyatlarida maqsadga erishish uchun to’sqinlik qiladigan turli 
to’siqlarga duchor bo’ladilar. Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchiliklar va 
to’siqlarni engishga undovchi iro- daviy fazilatlarini namoyon qilishlari 
muhimdir. Irodaviy ko’nikmalarni rivojlantirish uchun mashg’ulotlar jarayoniga 


62 
qo’yilgan vazifani bajarishga to’sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to’siqlarni 
kiritish katta yordam beradi. 
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari quyidagi shartlarni o’z ichiga oladi: 
1)
irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishdan 
boshlash; 
2)
qiyinchiliklarni 
va to’siqlarni 
bartaraf 
etish
ma’lum maqsadga erishish uchun amalga oshirilishini tushunish; 
3)
qabul qilingan qaror bajarilishi kerakligi; 
4)
maqsadga erishish bosqichlarini ko’ra olish juda muhimdir. 
Irodani tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan 
boshlash kerak. Dastlab unchalik katta bo’lmagan qiyinchilikni, vaqt o’tishi 
bilan kattaroq qiyinchilik- larni muntazam ravishda enga borib, kishi o’zining 
irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi. 
Muxandisxodimlarining kasbiy faoliyatida hissiy-irodaviy holatlarning 
o’rni beqiyosdir. Chunki xodimning murakkab vaziyatlarda qulay ruhiy holatni 
saqlash qobiliyati faoliyat samaradorligini ta’minlovchi omillardan biri sanaladi. 
Xodimning hissiy-irodaviy turg’unligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: 

ekstremal vaziyatlarda harakat samaradorligini pasaytiruvchi, adashishlar 
tug’diruvchi psixologik reaktsiyalarning yo’qligi; 

psixologik jihatdan murakkab sharoitlarda kasbiy vazifalarni bexato 
bajarish; 

kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan vaziyatlarga 
nisbatan oqilona ehtiyotkorlik bilan yondashish. 
Shu nuqtai nazardan xodim faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan o’z 
xatti-harakatlarini boshqara olishi, o’z his-tuyg’ularini nazorat qila olishiga 
bog’liq. Shuningdek, muxandisxodimlarining o’zlarini irodaviy boshqara olishi, 
murakkab vaziyatlarda tezkor, oqilona qarorlar qabul qilishi kasbiy qobiliyati 
bilan belgilanadi. Ya’ni xodim o’zini irodaviy boshqarish orqali salbiy 
hissiyotlarni yo’q qilishi, o’zida ishonch hissini uyg’otishi, diqqatini bir joyga 
jamlashi va butun kuchini qo’yilgan vazifani bajarishga safarbar etishi uning 


63 
asosiy sifatlaridan sanaladi. 
Xodim o’zining psixologik holati va xatti-harakatlarini boshqara olmasligi 
uning irodasi sustligi, ijtimoiy-psixologik sharoitlarga moslashish qobiliyatining 
pastligidan dalolat beradi va bu aksariyat hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi 
barchaga ma’lum. 
Shu bois xodimlarning hissiy-irodaviy o’zini o’zi boshqarish yo’llari va 
usullarini egallashlari bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir. Xizmat 
faoliyatida kuchli irodaga ega bo’lgan, o’z hissiyotlarini boshqara oladigan, 
jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda o’zining jismoniy va
aqliy imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan xodim ko’proq 
muvaffaqiyatga erishadi. 
Shu ma’noda hissiy-irodaviy boshqarishning asosiy maqsadi ham 
xodimning o’z ichki imkoniyatlaridan yuqori darajada foyda- lanishiga, ijodiy 
salohiyatining ochilishiga, kasbiy xislatlari va qobiliyatlari namoyon bo’lishiga 
yordam beradigan alohida psixologik xususiyatlarni shakllantirishdan iborat. 
Psixologiya fanning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida shaxsning o’ziga 
xos sifatlari, ya’ni temperament, xarakter va qobiliyatga nisbatan bildirilgan 
mulohazalar, uning moddiy asosi to’g’risidagi talqinlar xilma-xil bo’lib, 
shaxsning psixo- logik xususiyatlarini o’ziga xos tarzda tushuntirish uchun 
xizmat qilib kelgan. 
Temperament 
lotincha «temperamentum» so’zidan olingan bo’lib, 
«aralashma» degan ma’noni anglatadi. Temperament to’g’risidagi dastlabki 
ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460–356-yillarda 
yashagan) yaratgan bo’lib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qo’llanilib 
kelinmoqda 
Psixikaning individual jihatdan o’ziga xos, tabiiy shart- lashgan dinamik 
ko’rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi. 
Gippokratning to’rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni 
«temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, holerik, flegmatik, 
melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo’llanilib 


64 
kelinmoqda. Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko’pligi bilan 
xarakterlanadi) 
sangvinik 
temperament (lotin tilidagi «sangvis» – «qon» 
so’zidan olingan); limfa ko’p bo’lganda
flegmatik
temperament (grekcha 
«flegma» – shilimshiq parda degani); sariq o’tning ko’payganligini 
holerik 
temperament (grek tilidagi «hola» – «o’t» so’zidan olingan); qora o’t ko’p
bo’lganda
melanxolik
temperament (grekcha «melayna hole» – «qora o’t») 
deb ataladi. 
Kishining temperamenti qanaqaligi haqida tasavvur odatda shu shaxsga xos 
bo’lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi. 
Psixik faollikka ega bo’lgan, atrofda bo’layotgan hodisalarga tez 
munosabat bildiruvchi, taassurotlarini tez-tez o’zgartirishga intiluvchi, 
ko’ngilsizliklarni nisbatan engil o’tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan bo’lgan 
kishi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin