Demak, odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad, istaklar, tilaklar va umumiy belgilar bo‘lishi shart.
Guruh va shaxs
Har bir shaxs o‘z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta'sirida amalga oshiradi. Har qanday kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o‘zaro ta'sirda bo‘ladi, bu ta'sir va muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro‘y beradi.
bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir.
nisbatan barqaror, tarkibi jihatidan a'zosi unchalik ko‘p bo‘lmagan, umumiy maqsad bilan bog‘langan kishilarning birlashmasi.
Kichik guruh-
Bunda kichik guruh a'zolari o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatiladi va amalga oshiriladi. Bu guruhda, umumiy maqsad mavjud bo‘lib, uning a'zolari bu maqsadga erishish yo‘lida o‘zlarining barcha kuchlarini safarbar etadilar. Kichik guruhga kiruvchi kishilar bir-birlarini shaxsan biladilar va guruh oldida turgan vazifalarni hal qilish uchun bir-birlari bilan muloqotda bo‘ladilar.
“Kichik guruhlar” psixologiyasiga oid qonuniyatlar:
1
Kichik guruh ikki kishidan tortib, to maktab sharoitida 30-40 kishigacha deb qabul qilindi. Ikki kishilik deyilganda bu-oila nazarda tutiladi
O‘zaro ta'sir nazarda tutilganda 72 kishidan iborat bo‘ladi.
2
Guruhning o‘lchami qanchalik katta bo‘lsa,shaxsning ko‘pchilikdan iborat guruhdan o‘zini tortishi va uning normalarini buzishga moyilligi ortib boradi.
3
Guruhning xajmi kichiklashib borgan sari shaxslar aro munosabatlar taranglashib boradi(yaqindan bilishi,munosabatlardagi disbalanslar ochiq xoldagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.)