Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   118
stenik 
hislar deb ataladi. Boshqa bir holatda 
emotsiya (
astenik 
deb atalmish emotsiyalar) faollikning sustligi yoki loqaydligi 
bilan ajralib 
turadi, his-tuyg’ularning boshdan kechirilishi kishini bo’shashti- rib yuboradi. 
His-tuyg’ular hissiyot (emotsiya), kayfiyat, kuchli hayajonlanish tarzida 
boshdan kechirilishi chog’ida ma’lum darajada seziladigan tashqi belgilarga ham 
ega bo’ladi. Masalan, yuzlarning ifodali (mimika), qo’l va gavdaning ma’noli 
harakatlari, turq-tarovat, ohang, ko’z qorachiqlarining kengayishi yoki torayishi 
kabilar shular jumlasiga kiradi. Bu ifodali harakatlar ba’zan shaxsga o’ziga o’zi 
hisob bermagan tarzda yuz bersa, boshqa bir holatda ongning nazorati ostida 
sodir bo’ladi
11

Affekt (hissiy portlash) – kishini tez chulg’ab oladigan va shiddat bilan 
o’tadigan jarayon. U ongning anchagina o’zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat 
qilishning buzilganligi, odamning o’zini o’zi idrok qila olmaslik, shuningdek
shaxsning hayoti va faoliyati o’zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affekt 
holatida birdaniga katta kuch sarf qilinishi sababli ham u qisqa muddatli bo’ladi. 
Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, affekt bo’rondir. 
11
Ғозиев
 
Э

Умумий психология. –Т., 2002. – Б. 188–190. 


59 
Hissiy portlash ro’y berganda kishi o’zini nazorat qila olmay qoladi, 
qilayotgan ishining oqibatini o’ylamaydi va aql-hushini yo’qotib qo’yadi. 
Tormozlanish miya qobig’ini egallab, kishining tajribasi, uning madaniy va 
ma’naviy asoslarda mustahkamlangan muvaqqat bog’lanishlarning tarkib topgan 
tizimini ishlatmay qo’yadi. Hissiy portlashdan keyin holdan toyish, majolsizlik, 
barcha narsalarga befarq munosabatda bo’lish, harakatsizlik, ba’zan esa mudroq 
bosish boshlanadi. 
Kayfiyat
. Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga 
muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. 
Shaxsning hayoti va faoliyati davomida shodlik, hazilkashlik, umidsizlik, 
jur’atsizlik, zerikish, qayg’urish singari his-tuyg’ular ruhiy holatining umumiy 
tizimiga aylanadi. Ushbu vaziyat ba’zi emotsional taassurotlarning vujudga 
kelishiga qulay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug’diradi. 
Inson xafa, ma’yus hissiy holat hukmronligida bo’lsa, tengdoshlarining hazili, 
keksalarning pand-nasihatlari, masla- hatlariga, quvnoq kayfiyat chog’dagiga 
nisbatan, boshqacharoq muno- sabat bildiradi. Shuning uchun ishlab chiqarish 
va xalq ta’limi tizimi jamoalarida, rasmiy doiralardan ishchanlik, o’zaro yordam, 
hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhit yaratish, samimiy muomalani 
shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy mehnat samaradorligini oshirishning 
kafolatidir. 
Stress, 
psixologik ta’rifiga ko’ra, affektiv holatga yaqin turadigan, lekin 
davomiyligiga ko’ra kayfiyatga yaqin bo’lgan his- tuyg’ular boshdan 
kechirilishining alohida shakli bo’lib, kuchli hayajonlanish (stress) holati 
(inglizcha «
stress»
– tazyiq ko’rsatish, zo’riqish degan so’zdan olingan)dan 
yoxud hissiy zo’riqishdan ibo- ratdir. Hissiy zo’riqish xavf-xatar tug’ilgan, kishi 
xafa bo’lgan, uyalgan, tahlika ostida qolgan va shunga o’xshash vaziyatlarda 
ro’y beradi. Psixologiya faniga «stress» tushunchasini olib kirgan olim kanadalik 
fiziolog G. Sele hisoblanadi. Uning talqini bo’yicha «stress – inson organizmiga 
qo’yilgan ortiqcha talabdir»
12

12
Селье
 
Г
. Стресс и дистресс. – М., 1999. – С. 25. 


60 
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari keskin tarzda o’zgaradi, 
qo’zg’alishning umumiy reaktsiyasi paydo bo’ladi, harakatlari tartibsiz ravishda 
amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi esa teskari reaktsiyaga olib keladi, 
natijada sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Stress holatida 
fiziologik o’zgarishlar tashqi tomondan qariyb ko’zga tashlanmasligi mumkin, 
biroq muammoni echishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalikni 
stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilish mumkin. Shaxs stress holatida telefon 
raqamini adash- tiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati engil 
buziladi, idrok ko’lami torayadi va boshqa holatlar kuzatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin