Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Tafakkur va uning muxandis xodimlar faoliyatida tutgan o’rni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118
Tafakkur va uning muxandis xodimlar faoliyatida tutgan o’rni. 
Tafakkur atrof-muhitdagi voqealikni nutq yordamida bevosita, umumlashgan 
holda aks ettiruvchi psixik jarayon, sotsial sababiy bog’lanishlarni anglashga, 
yangilik yaratish va bashorat qilishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir
8
.
Insonning bilish faoliyati voqealikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok 
7
Ғозиев
 
Э
. Тафаккур психологияси. – Т., 1990, – 15-б. 
8
Теплов
 
Б

М

Проблемы индивидуальных различий. – М., 1998.– С. 328. 


52 
qilishdan boshlanadi, so’ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yo’l 
bilan aks ettirishga o’tadi. 
Tafakkur jarayonida inson hissiy bilish qobig’idan tashqari chiqib, sezgi va 
idroklarda bevosita aniqlash imkoniyati mumkin bo’lmagan murakkab holatlarni 
anglay boshlaydi. Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tasavvur obrazlari 
bilan tafakkur uzluksiz bir-birlarini boyitib turadi. 
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi mutlaqo 
mumkin emas. Shuning uchun shaxsning tafakkuri rivojlanishi bilan birga nutq 
faoliyati ham o’sadi. Bu esa shaxsda o’z fikrini to’g’ri, aniq ifodalash 
malakasini tarkib toptiradi, 
nutqining tuzilishini takomillashtiradi va lug’at boyligini oshiradi. 
Muxandis faoliyatida tafakkur kasbiy masalalarni echishga oid holat va 
hodisalarning mohiyatini tez anglash, turli tuman axborotlar ichidan zarurini 
ajratib olish, ular o’rtasidagi farq va tafovutlarni oson aniqlash, ko’pchilik ilg’ay 
olmaydigan mayda narsalarni ko’rish bilan ularni turli harakat, shakllarda 
obrazlashtirish, jonlantirishda namoyon bo’ladi. 
Muxandis xodim oldida turgan vazifalarni hal etishi uchun uning kasbiy 
tafakkurini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Idrok va tasavvurda aks etadigan 
narsa tafakkurda taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumlashtiriladi. 
Umumiy psixologiya asoschilari talqinida esa tafakkur voqelikning 
umumlashtirilgan, bevosita, to’liq hamda eng aniq ifodasi hisoblanadi. 
Tafakkur, 
xususiyatiga ko’ra, shaxs faoliyatida vujudga kelgan muammo va 
masalalarni hal qilishga yordam beradi, muammoning echimini topish bilan bir 
qatorda, muammoli vaziyatga aloqador narsa va hodisalarning noaniq 
xususiyatlari, ayni vaziyatdagi munosabatlariga ham aniqlik kiritadi. Tafakkur 
yuritishdan ko’zlangan asosiy maqsad muayyan vaziyatdagi turli munosabatlar, 
holatlar yuzasidan avval alohida, so’ngra umumlashtirilgan holda olingan 
manbalarni o’zaro solishtirish orqali masalaga oydinlik kiritish usullarini ongda 


53 
shakllantirishdir
9

Kasbiy tafakkur 
nafaqat harakatga keltirish zarur bo’lgan aqliy imkoniyat, 
balki inson omilini faollashtirish qurolidir. Shu nuqtai nazardan
muxandisxodimlarining kasbiy tafakkuri deganda, o’z xizmat vazifalarini 
bajarishlarida muhim ahamiyat kasb etadigan voqea, hodisa va holatlardagi 
umumiylikni ko’ra olish, analiz va sintez qilish, taqqoslash, asoslash va tax- 
miniy xulosalar chiqarish jarayoni tushuniladi. 
Kasbiy rivojlangan tafakkur 
xodimning muhim xislati bo’lib, narsalar, 
odamlar va ularning xatti-harakatlaridagi muhim jihatlarini bilish, ular 
o’rtasidagi qonuniyatli aloqalarni topish qobiliyatida namoyon bo’ladi. 
Xodimning tafakkuri murakkab tezkor xizmat vazifalarini bajarish, amaliy 
muammo- larni hal etishning yangi yo’llarini topish qobiliyati. 
Kasbiy tafakkurni faollashtirishning asosiy usullari quyi- dagilardan 
iborat
10

Kasbiy vazifani tushunish usuli. 
Dastlab umumiy vazifani oddiy vazifalarga 
bo’lish zarur. Ishning tafsilotlari, ikir- chikirlariga e’tibor berish, hech narsani 
nazardan qochirmaslik, vazifani bajarishning bir necha variantlariga ega 
bo’lishga harakat qilish kerak. 
Masalaning echimini topish usuli. 
Avvalo, izlanishning dast- labki nuqtasi 
ajratib olinadi, bunda izlash chegaralari aniqlanadi va tartibga solinadi. Izlash 
yo’nalishlari tanlanadi, uyg’unlashtiriladi va qayta ko’rib chiqiladi. 
Tekshirilayotgan hodisaning manzarasini fikran shakllan- tirish usuli. 
Xodimdan umumiy manzara va undagi elementlarning obrazli ishlovini amalga 
oshirish hamda shu asosda tekshi- rilayotgan hodisaning qolipi (sxemasi)ni 
shakllantirish talab etiladi (bu tezkor yoki taxminlar (timsollar) shaklida amalga 
oshirilishi mumkin). Hodisaning elementlari o’rtasidagi aloqalarni ko’rib chiqish 
va ishlash, ularni bir butun ko’rinishga birlashtirish hamda asosiy bo’g’inni 
9
Рубинштейн
 
С
.
Л

О мышлении и путях его исследования. – М., 1999. – С. 14. 
10
Рубинштейн
 
С
.
Л

О мышлении и путях его исследования. – М., 1999. – С. 14. 


54 
topish zarur. 
Tafakkurni yo’naltirish usuli 
tadqiq etilayotgan vaziyatda ruhiy yo’nalish 
olish (masalan, gumon qilinuvchining xatti-harakatlari motivlarini tushunishga 
harakat qilish), shuningdek psixologik tahlil o’tkazish va uning asosida 
vaziyatning bundan keyingi rivojlanishini bashorat qilishdan iborat. Ba’zi 
murakkab vaziyatlarda refleksiya usulidan, ya’ni raqib nuqtai nazaridan 
mulohaza qilishdan foydalaniladi. 
Tafakkur jarayonida nazoratni kuchaytirish usuli. 
Xodim o’zini nazorat 
qilishning so’zda ifodalangan formulalaridan («Men buni qanday qilib bajara 
oldim?», «Nima uchun men bunday xulosaga keldim?» va h.k.) foydalangan 
holda tekshirib turishi zarur. O’z xulosalari va baholarida sub’ektivlikka yo’l 
qo’ymas- likka, shaxsiy moyillik va xusumatni yo’q qilishga harakat qilishi 
kerak. 
Tafakkurni shakllantirish usullari: 
1)
mustaqil fikr yuritish, javobgarlik hissini anglash kabi shaxsiy 
xususiyatlarni rivojlantirish; 
2)
kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko’nikma va 
tajribani egallashga harakat qilish; 
3)
kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko’nikma va 
tajriba egallashga harakat qilish; 
4)
bir-biriga qarama-qarshi fikrlar chigalini echish, qiyin, mavhum 
vaziyatlarda echim topish mashqlarini mukammallashtirish
5)
mantiqiy 
fikrlash, 
tafakkur 
operatsiyalar
mohiyatini anglash, masalani echishdagi g’ayritabiiy usullar bilan 
tanishish; 
6)
aqliy imkoniyatlarni takomillashtirish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin